O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ma’ruza. Sintaksisning tadqiq manbayi va bo`limlari.
- Sintaksis va uning tadqiq manbayi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA МАХSUS ТА’LIМ VAZIRLIGI BУХОRО ДАVLAT UNIVERSITETI O`zbek filologiyasi kafedrasi «Hozirgi o`zbek аdabiy tili (Sintaksis)» fanidan МА’RUZA MATNLARI Тузувчи6: ф.ф.н, доц. Назарова С. Buxoro - 2014 1-ma’ruza. Sintaksisning tadqiq manbayi va bo`limlari. Reja: 1. O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi. 2. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis. 3. So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi. Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari lug`aviy ma‘nosi yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so`z ma‘nolari umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so`z turkumlaridir. Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga bo`linadi: 1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar; 2) sintaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar. Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, o`qigan bola birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo`lakChasiga ega bo`ladi. Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda. Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy umumlashtirish, so`zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa, grammatik ko`rsatgichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik jihatlar birligidir. Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta‘limotdir. Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so`zlarning bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini yalagan, yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan Chetda qoladi. Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling