O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar. Erkin birikmalarda so`zlar bir-biri
bilan har xil bog`lanadi: bu bog`lanishlarda sintaktik aloqa turli vositalar asosida amalga oshadi: a‘lochi o`quvchi, o`qituvchini tabriklamoq, paxtani mashina bilan termoq, kitobning varag`i va h. kabi. So`zlarning turli vositalar yordamida bog`lanishi ularning qaysi lug`aviy- grammatik tip (so`z turkumi) ga kirishiga, lug`aviy-grammatik xususiyatlariga bog`liq. Zero, ayrim lug`aviy-grammatik tip so`zlar, asosan, tobe a‘zo vazifasida kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son, ravish, sifat): besh o`quvchi, tez gapirish, a‘lochi bola kabi. Shuning uchun ular so`z birikmasida tobe a‘zo mavqeida kelish uchun ma‘lum bir grammatik ko`rsatgichni talab qilmaydi. Ayrim so`z turkumlari (masalan, ot, fe‘l) asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non, kitobni keltirmoq. Shu boisdan ular tobe a‘zo sifatida nutqda ishtirok etishi uchun o`ziga xos grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq, terilgan paxta. Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalar sintaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar, yordamchi so`zlar, so`z tartibi va ohangdir. Aloqa-munosabat (sintaktik ) shakllari. Bular sintaktik shakl hosil qiluvchi vositalar - kelishik, egalik, kesimlik shakllaridir. Aloqa-munosabat shakllari so`zlarni erkin biriktirishning eng faol vositalaridan hisoblanadi. Men qishloqqa bordim gapida -ga shakli qishloq so`zini bormoq fe‘li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m ko`rsatgichi men so`zini bormoq fe‘liga tobelash vazifasini o`tamoqda. Egalik qo`shimchalari mustaqil so`zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, uning tobe so`zga munosabatini ko`rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog`lash bilan birgalikda, hokim va tobe so`zning shaxs va sonda moslashishini ham ta‘minlaydi. Kelishik mustaqil so`zlarning barchasi uchun tobelikni ta‘minlovchi formal ko`rsatgichdir. Masalan, bosh kelishik egani, tuShum kelishigi to`ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo`lakka tobelaydi. Shaxs-son qo`shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o`zi hosil qilayotgan hokim bo`lakni tobe bo`lak -egaga bog`laydi. Yordamchi so`zlar. Sintaktik aloqalarni ifodalashda qo`llanadigan yordamchilar ko`makchi, bog`lovchi va bog`lamalardir. Ko`makchilar bir so`zni ikkinchi so`zga tobelovchi vositadir. Ular ma‘no va vazifalari jihatdan kelishiklarga o`xshaydi (telefonda gaplashmoq - telefon orqali gaplashmoq). Shuningdek, ko`makchi so`zlarni sintaktik aloqaga kiritishda o`zi bilan birga ularning ma‘lum bir kelishik shaklida bo`lishini ham talab qiladi: Marraga qadar bir tekisda yugurib borishdi. Bog`lovchilar odatda, so`z tizmalarining, gaplarning a‘zolarini bog`lash uchun xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o`qidim va yozdim. Teng bog`lovchi birinchi misolda so`z tizmasi a‘zolarini, ikkinchi misolda esa qo`shma gap a‘zolarini bog`lash uchun xizmat qilgan. Bog`lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a‘zolar bilan bog`lash uchun xizmat qiladi: Biz o`tgan yili talaba bo`ldik. Bunda bo`ldik bog`lamasi shaxs-son va zamon ma‘nolarini ifodalagan va kesimni uning shaxs (biz) va zamon (o`tgan yili) kengaytiruvchilari bilan bog`lagan. So`z tartibi. So`zlar erkin birikuvlarda grammatik shakllar asosida bog`langanda so`z tartibi o`zgarsa-da, u ma‘noviy munosabat yoki bog`lanishga ta‘sir qilmaydi: Sen kitobni keltirdingmi? Kitobni sen keltirdingmi? Keltirdingmi sen kitobni? Birikuvlaridagi so`zlar o`rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so`z shakli hokim, sen va kitobni so`z shakllari tobe a‘zo sifatida qolavergan. Chunki ular sintaktik mavqelarini ta‘minlovchi vositalar - morfologik ko`rsatgichlarga ega. So`zlarning hokim-tobeligi (sintaktik mavqei)ni ko`rsatuvchi vositalar bo`lmaganda so`z tartibining qimmati oshadi (aChChiq olma). Bunda so`zning gapdagi funktsiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib o`zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat ham o`zgaradi: Hayot go`zal (egaQkesim), go`zal hayot (aniqlovchiqaniqlanmish). Gapda uslubiy maqsadlarda so`z tartibi o`zgarishi mumkin. O`qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida o`qituvchi gapirdi. Tartibning bunday o`zgarishi a‘zolarning hokim-tobeligiga ta‘sir qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatlariga ma‘nodagi, fikrdagi ottenkaga ta‘siri mavjud. Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvlarning tabiatini ko`rsatuvchi nisbiy vosita hisoblanadi. Gap tugallangan ohang bilan aytilsa, gap tarkibidagi ayrim birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari ko`tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega bo`ladi. Ohang (pauza) birikuvlarning sintaktik bo`lishini ko`rsatadi. Masalan, Ko`p qavatli uy birikmasini ikki xil ko`p + qavatli uy va ko`p qavatli + uy tarzida aytish mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog`liq ravishda mazmuniy boshqalikni ifodalashda ohangning o`rni bor. Ya‘ni, ko`pg`g`qavatli uy tarzida birinchi so`zdan keyin pauza qilinishi natijasida (ko`p) so`z shakli tobe va (qavatli uy) birikmasi unga hokim, mavqeda bo`lib, bunda qavatli uylarning ko`pligi ma‘nosi anglashiladi. Ikkinchi holatda (ko`p qavatliqquy) esa ko`p qavatli birikmasi tobe, uy so`z shakli esa hokim mavqeda bo`lib, birikmadan uyning qavatlari ko`pligi ma‘nosi anglashildi. Sanash ohangi bir xil bo`laklarning aloqasini ifodalaydi: oltin, kumush tosh bo`lar. Qo`shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham maxsus-qarama-qarshilik (Kunduzi issiq - kechasi sovuq), shart (Sen kel - u boradi), sabab (Kecha borolmadim - mehmonlar kelib qoldi) mavjud. Ko`rinadiki, ayrim o`rinlarda so`zlarni va gaplarni bog`lashni ohangning o`zi bajaradi. Bog`lashni boshqa vositalar o`z zimmasiga olganda ohangning roli kuchsizlanadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling