O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Nutq sintaksisi nimani o`rganadi? 
2. Sintaktik aloqa nima?
3. Qanday vositalar sintaktik aloqani yuzaga chiqaradi?
4. LSQ nima?
5. LSQning qanday turlarini bilasiz?
2-ma’ruza. Sintaksis – voqelangan semantik yoki grammatik
 imkoniyat sifatida. 
 
Reja: 
1. Birikuvchanlik haqida tushuncha.
2. Ma`noviy birikuvchanlik (semantik valentlik).
3. Sintaktik birikuvchanlik.
4. Morfologik birikuvchanlik grammatik shakl valentligi. 
Birikuvchanlik haqida tushuncha. Birikuvchanlik aslida ximiyaviy atama 
bo`lib, tilshunoslikda lisoniy birliklarning amalga oshmagan birikuvchanlik-
biriktiruvchanlik imkoniyatlari sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan 
qo`llanadi. birikuvchanlik ning ximiyaviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod (O) 
atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning 
elektron qavatidagi ikkita atomning bo`sh o`rniga qarab belgilanadi. Suv molekulasi 
(N2O)da bu bo`sh o`rinlar to`ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod 
(N) ham valentlikka ega bo`lib, uning bo`sh o`rni bittadir. Demak, ko`rinadiki, suv 
molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham valentlik imkoniyatlari voqelikka 
aylangan bo`lib, ular kislorod biriktiruvchi, vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. 
Har ikkal atom (vodorod va kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo`lgandagina birikma 
hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil qila 
olmaydi. 
Atomlarning valentligi ro`yobga chiqmagan, namoyon bo`lishi uchun sharoit 
talab etiladigan imkoniyatdir. Lisoniy birliklar ham ana Shunday birikish-biriktirish 
imkoniyatiga ega bo`lib, bu (Ya‘ni valentlik) ham lisoniy birliklarning o`zi bilan 
muayyan til jamiyati a‘zolari ongida yashaydi. Masalan, [o`qi] leksemasi kishi ongida 
8 ta bo`sh o`rniga ega holda mavjud bo`ladi va 
nutqda voqelanib, bir vaqtning o`zida o`ziga 8 ta birikuvchini ham torta olishi 
mumkin. Uni Chizmada quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 
kim 
kimga 
qanday
qachon
nima bilan 
nima sababdan
qancha 
o`qiydi 


8 ta so`roq olmoshi [o`qi] leksemasiga birikish imkoniyatiga ega bo`lgan 
so`zlarga ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita kuzatishda berilmagan bo`lib, [o`qi] 
leksemasining mohiyatida yashiringandir. Lekin (kitobni o`qimoq), (har kuni 
o`qimoq), (ko`p o`qimoq) nutqiy birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta 
voqelangan. quyidagi birikuvlarning birinchisida bir vaqtning o`zida bu imkoniyatdan 
ikkitasi, ikkinchisida esa uchtasi voqelikka aylangan, so`z birikmasi hosil qilingan: 
kitobni tez o`qimoq; kutubxonada kitobni tez o`qimoq; [o`qi] leksemasining ongdagi 
birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqiy voqelanishi sintaktik aloqa 
hisoblanadi. Demak, valentlik lisoniy, sintaktik aloqa esa nutqiy hodisa sifatida 
qaraladi. Ular lison va nutqning barcha qarama-qarshi belgilarni o`zida aks ettiradi. 
Lisoniy birlikning valentlik o`rinlarini to`ldiruvchi birliklar aktantlar deb ham 
yuritiladi. 
Yuqorida aytilganidek, kislorod atomi bilan birga vodorod atomi ham 
valentlikka ega bo`lganligi kabi [o`qi] leksemasiga birikuvchi leksemalar ham 
valentlikka ega. Biroq [o`qi] leksemasi hokim, tortuvchi mavqeda bo`lganligi sababli 
uning valentligi hokim valentlik, unga birikuvchi leksemaning valentligi esa tobe 
valentlik deyiladi: 
Turli atomlar bir-biriga mos bo`lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birliklar ham 
ma‘no va grammatik jihatdan muvofiq bo`lmog`i lozim. Boshqacha aytganda, 
biriktiruvchi leksema birikishi lozim bo`lgan leksemani nafaqat ma‘no jihatdan, balki 
uning ma‘lum bir grammatik shaklda bo`lishini ham talab etadi. Shunga ko`ra, 
valentlik lug`aviy va sintaktik qatlamlarga ajraladi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling