O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ma`ruza(davomi). Nutq sintaksisi va lisoniy sintaksis.
Tayanch tushunchalar: sintaksis, o`rganish manbayi va predmeti, sintaksisning
bo`limlari, tizim, tilshunoslik bo`limlari va til sathi, sintaktik birliklar va qolip. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Абдураҳмонов Ғ., Xолиѐров X. в.б.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1979. 2. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т., 1995. 3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. – Т.1993. 4. Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари. – Т., 1999. 5. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. – Т., 2006. 6. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976. 7. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Sintaksisning tadqiq manbayi nima? 2.Asosiy sintaktik birliklarga nimalar kiradi? 3.Formal va sistemaviy (struktur) sintaksisning tadqiq usullari haqida ma‘lumot bering. 1-ma`ruza(davomi). Nutq sintaksisi va lisoniy sintaksis. Reja: 1. Sintaktik aloqa. 2.Sintaktik aloqani yuzaga chiqaruvchi vositalar. 3. LSQ tushunchasi. 4. LSQning turlari. Sintaktik aloqa. Mustaqil so`zlarning nutq jarayonidagi erkin bog`lanishi sintaktik aloqa deyiladi: Suvlar tiniq, toza havo. Sintaktik birliklar bir necha a‘zoli bo`ladi. Faqat gap bir a‘zoli bo`lishi mumkin. Nutqda so`zlarning bir-biri bilan bog`lanishi har bir tilning LSQlari, leksemalarning birikish imkoniyatlari asosida sodir bo`ladi. So`zlarning sintaktik munosabatga kiriShuvi natijasida hosil bo`lgan sintaktik qurilma so`z qo`shilmasi deyiladi. Bu so`zlarning bir-biriga ergashishi (a‘lochi o`quvchi) yoki tenglashishi (olma va anor) shakllarida bo`lishi mumkin. A‘lochi o`quvchi birikmasida bir so`z ma‘noviy qobiliyatini namoyon qilish uchun boshqasiga ehtiyoj sezadi. Aniqrog`i, (o`quvchi) uzvi izohlanishga muhtoj. Shu boisdan (a‘lochi) so`zi unga ergashib, izohlab keladi. Bu tobelanish aloqasidir. Tobelanish aloqasi natijasida so`z birikmasi va gaplar hosil bo`ladi: tiniq suv, Salim o`qidi. O`zbek tilida keyin kelib, ma‘nosi izohlanayotgan so`z hokim (bosh) so`z, hokim so`zga ergashish yo`li bilan bog`lanib, uning ma‘nosini izohlaydigan so`z tobe (ergash so`z) deyiladi. (Tiniq suv), (Salim o`qidi) birikuvlarida (tiniq) va (Salim) so`zlari tobe, (suv) va (o`qidi) so`zlari hokim a‘zolardir. Nutqda so`zlarning barchasi ham tobe aloqada bog`lanavermaydi. So`zlar (olma va anor), (nok va anjir), (o`qidi va yozdi) shaklida biri ikkinchisiga bo`ysunmay, teng holda ham bog`lanishi mumkin. Bu so`z qo`shilmalari a‘zolari teng huquqli bo`lib, biri ikkinchisining ma‘nosini izohlamaydi. Demak, so`zlar orasidagi aloqa ikki xildir: tenglashish va tobelanish. Ular esa uch xil hosilani beradi: so`z birikmasi, so`z tizmasi va gap. Tenglashish aloqasi asosida so`z tizmasi hosil bo`lsa, tobelanish aloqasi asosida so`z birikmasi va gap shakllanadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling