O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Asosiy sintaktik birliklar. So`z birikmasi va gap sintaksisning asosiy
birliklaridir. Shunga ko`ra, sintaksis uchga bo`linadi; so`z shakli sintaksisi: so`z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So`zlarning nutqda o`zaro aloqaga kiriShuvidan so`z qo`shilmalari vujudga keladi. So`z qo`shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so`z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So`z birikmasi fikr emas, balki so`z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so`z birikmasi ifodalagan tushuncha so`z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko`rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo`lib, so`z birikmasi so`z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so`z birikmalari – so`zlarning qo`shilishidan hosil bo`lishi, bu qo`shilishning esa turli vosita (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko`rsatadi. Demak, nutqda: 1.So`z boshqa so`z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog`lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga ega bo`ladi (uyga bormoq, a‘lochi o`quvchi). Grammatik shakllangan so`z sintaksisi so`z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So`zlar o`zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik - so`z birikmasi(SB) vujudga keladi. So`zlarning o`zaro birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, SBlarda tobelanish va uning yo`llarini o`rganuvchi bo`lim SB sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko`rinishidir. So`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o`rganadigan bo`lim gap sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo`limlar o`zaro aloqadorlikda bo`lib, bir butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo`lim o`rganish obyektiga ko`ra mustaqil soha bo`lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis sohasiga birlashtiradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling