O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

LSQ tushunchasi. Fonetika, leksika va morfologiyada bo`lganligi kabi 
sintaksisda ham lisoniy va nutqiy jihatlar farqlanadi. Ma‘lumki, lisoniy hodisalar 
bevosita kuzatishda berilmaganlik (moddiylikdan xolilik), miqdoran cheklilik, 
takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik va majburiylik belgilariga ega bo`lib, bevosita 
kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik, betakrorlik, individuallik
ixtiyoriylik sifatlariga ega bo`lgan nutqiy hodisalarga qarama-qarshi turadi. 


Nutqiy sintaktik birliklar sifatida nutqda qo`llaniladigan, sezgi a‘zolariga ta‘sir 
qiladigan o`qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo`lgan so`z birikmalari va gaplar 
tushuniladi. Lisoniy sintaktik birliklar esa so`z birikmasi va gap hosil qilish 
qoliplaridir. Biz ularni lisoniy sathga tegishli bo`lganligi uchun lisoniy sintaktik qolip 
(qisqacha LSQ) lar deb ataymiz. 
LSQ nima? 
G`isht quyuvchi usta g`isht quyishda qolipdan foydalanadi. Loyni qolipning 
kataklariga joylashtirib, u qolip shaklini olgaCh, qolipdan Chiqarib to`kadi. qolip 
asosida qancha g`isht quyilsa ham, g`ishtlarning barchasi bir xil shaklga ega bo`ladi. 
Bu bir xillik g`ishtlarning o`ziga bog`liq bo`lmay, qolipning xususiyatlari bilan 
aloqadordir. 
LSQlar ham g`isht qoliplariga o`xshaydi. Inson ongida ham so`zlash, nutqni 
shakllantirish maqsadida leksemalarni so`z birikmalari shakliga keltirish, gap hosil 
qilish qoliplari mavjud. Ular LSQlar, modellar, konstruktsiyalar, qurilmalar tarzida 
nomlansa-da, aslida, bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o`qimoq kabi 
cheksiz birikmalarni Chiqaradigan [ot + fe‘l] so`z birikmasi qolipi, qanday 
nomlanmasin, bu uning mohiyatiga ta‘sir qilmaydi. 
Qolip va nutqiy hosila (so`z birikmasi va gap) lar dialektik birlikdadir. qolip 
nutqiy hosilasiz o`lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo`lishi mumkin emas. 
quyida LSQ va nutqiy so`z birikmasi hamda gaplarning bir-biriga o`xshamaydigan, 
farqli xususiyatlarini bayon etamiz. 
1.LSQning moddiylikdan xoliligi va nutqiy hosilaning moddiylikka egaligi. 
LSQlar jamiyat a‘zolari ongida mavjud bo`lib, kishilarning erkin birikmalar hosil 
qilish ko`nikmasi sifatida uzoq vaqtlar davomida shakllanadi. Bu ko`nikmalar 
bo`lmasa, inson birikmalar hosil qila olmaydi. Bunga quyidagi dalil asosida amin 
bo`lishimiz mumkin. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o`rganmoqchi bo`lgan 
kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko`nikmasi - LSQ shakllanmagan bo`lsa, 
o`zbekCha kitob va o`qimoq so`zlarining ingliz tilidagi a book va to read 
muqobillarini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o`zbek tiliga xos [ot - fe‘l] 
qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o`qimoq 
birikmasini hosil qiluvchi LSQ [to V- the N] ko`rinishida bo`lib, undan to read the 
book, to write the letter kabi hosilalar paydo bo`ladi. 
Ma‘lum bo`ladiki, LSQlar jamiyat a‘zolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga 
ega emas. Uni sezgi a‘zolari asosida bilib bo`lmaydi. qoliplardan Chiqqan nutqiy
hosilalarni esa aytish, eshitish, yozish va o`qish mumkin ekan, bu ularning 
moddiylikka egaligidir. 
1.LSQlarning ijtimoiyligi va nutqiy birikmalarning individualligi. LSQlar bir 
kishi tomonidan emas, balki Shu tilda so`zlashuvchi jamiyatning barcha a‘zolari 
tomonidan uzoq vaqtlar davomida shakllangan. Shuningdek, ular bir kishi uchun 
emas, balki jamiyatning Shu tilda so`zlashuvchi barcha a‘zolari uchun birday xizmat 
qiladi. Bu LSQlarning ijtimoiy tabiatga egaligini ko`rsatadi. 
LSQlar asosida vujudga keluvchi nutqiy hosilalar har bir kishi nutqida o`ziga 
xosdir. Masalan, kitobni o`qimoq so`z birikmasi har bir so`zlovchi nutqida 
o`zgachadir. Bu nutqiy hosilalar kimning nutqiga tegishliligi, aytilgan o`rni va 
zamoni, aytilish maqsadi va sharoiti kabi qator belgilari bilan bir-biridan farqlanadi. 


Hatto bir kishi nutqida aytilgan ikkita (kitobni o`qimoq va kitobni o`qimoq) so`z 
birikmasidan ikkinchisi birinchisining aynan takrori emas. Zero, bu nutqiy hosilalar 
hech bo`lmaganda zamoni bilan farqlanadi. Nutqiy hosilalarning individualligi 
(alohidaligi)ni ana Shunday tushunmoq lozim. 
2.LSQlarning takrorlanuvchanligi va nutqiy hosilalarning betakrorligi. Qolip har 
bir g`ishtda o`z izini qoldiraverganligi kabi LSQ ham har bir so`z birikmasi va gapda 
takrorlanaveradi. Lekin ikkinchi g`isht birinchi g`ishtning takrori bo`lmaganligi kabi, 
nutqiy hosilalarga ham betakrorlik xos. Aslida, borliqda bevosita kuzatishda berilgan 
birorta hodisada takroriylik yo`q. Kesilgan daraxtni qayta ekib bo`lmaganligi kabi, 
qolipdan Chiqqan so`z birikmasini qayta aytish, yozish mumkin emas.Qayta 
aytilgandek tuyulgan so`z birikmasi, aslida, boshqa hosiladir.
3.LSQlarning Cheklanganligi va nutqiy hosilalarning Cheksizligi. G`isht qolipi 
bitta, undan Chiqqan g`ishtlarning hisobiga yetib bo`lmaydi. Shuningdek, deylik, 
[ot+t.k.-fe‘l] qolipi bitta bo`lib, undan kitobni o`qimoq, qalamni sotmoq kabi so`z 
birikmalarini ming-minglab hosil qilish mumkin. Bugungi kunda o`zbek tilida so`z 
birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi aniqlangan. (Ular haqida ―So`z 
birikmasi‖ faslida bahs yuritiladi.) Bu qoliplar asosida yuzaga chiqqan, Chiqayotgan 
va Chiqadigan nutqiy so`z birikmalari miqdorini tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Gap 
qoliplari va ularning hosilalari ham xuddi Shunday. 
4.LSQlarning majburiyligi va nutqiy hosilalarning ixtiyoriyligi. O`zbek tilida 
so`zlashuvchi kishilar nutq jarayonida so`z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, 
bunda LSQning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning 
LSQlarni o`zgartirishga, yangi-yangi LSQlar tuzishga til ―qonunChiligi‖ tomonidan 
yo`l qo`yilmadi. Biroq nutqiy so`z birikmasi hosil qilish-qilmaslik, qanday so`zlarni 
tanlash so`zlovchining ixtiyorida bo`lib, xohlasa, tuzib, xohlamasa, tuzmasligi 
mumkin.
LSQ umumiylik va nutqiy hosila yakkalik sifatida. LSQ umumiylik sifatida 
ko`plab nutqiy hosilalardagi umumiy belgi-xususiyatlarni o`zida jamlaydi. Masalan, 
kitobni o`qimoq, gulni uzmoq va uyni sotmoq birikmalaridagi kitobni, gulni, uyni 
tobe a‘zolari quyidagi umumiy belgilarga ega: 
ot turkumiga mansublik; 
tuShum kelishigi bilan shakllanganlik; 
tobe a‘zolik. 
Bu uch umumiylik [ot - fe‘l] LSQining ot uzvida mujassamlangan. LSQning 
keyingi uzvi haqida ham Shunday fikrni aytish mumkin. Nutqiy hosila esa boshqa 
nutqiy hosilalarga mutlaqo o`xshamaydigan yakkalikdir. Aytilganidek, muayyan 
nutqiy hosilada muayyan lug`aviy ma‘noli birliklar muayyan makon va zamonda 
erkin nutqiy birikma hosil qilgan bo`ladi. 
2.LSQ mohiyat va nutqiy hosila hodisa sifatida. LSQ nutqiy hodisalar zamirida 
yashiringan, ularning ichki, barqaror, o`zgarmas mohiyati bo`lib, u nutqiy 
hosilalardagi rang-barangliklarga befarqdir. Nutqiy hosila esa bu mohiyatni turli nutq 
sharoitlariga mos ravishda rang-barang ko`rinishlarda aks ettiruvchi, biroq mohiyat 
Chegarasidan tashqariga chiqa olmaydigan vaqtinchalik hodisadir. Masalan, [ot Q 
fe‘l] qolipi o`zgarmasdan turadi. Ammo uning hosilalari uyni supurmoq, qog`ozni 
yirtmoq, xatni jo`natmoq, derazani bo`yamoq kabi turfa ko`rinishlarda bo`ladi. Bu 


rang-baranglikning barchasi, u qancha ko`p bo`lmasin, tuShum kelishigidagi tobe ot 
va fe‘l doirasidan chetga chiqa olmaydi. Nutqiy hosila LSQning o`zgarmasdan, 
turlicha namoyon bo`lishini ko`rsatsa, LSQ nutqdagi xilma-xil hosilalarni bir asosga 
birlashtiradi. 
3.LSQ imkoniyat va nutqiy hosila voqelik sifatida. LSQlar voqelikka 
aylanmagan, namoyon bo`lishi uchun zarur shart-sharoit va ehtiyoj talab etiladigan 
imkoniyatdir. Nutqiy hosilalar esa ana Shu imkoniyatning yuzaga chiqishi, voqelikka 
aylanishidir. 
4.LSQ - sabab, nutqiy hosila uning oqibatidir. LSQ - bu o`ziga muvofiq 
keladigan biror natija keltirib chiqaruvchidir. Chunki sabab biror ta‘sirning 
boshlanish nuqtasi bo`lib, u ma‘lum bir natija, oqibatni yuzaga keltiradi. LSQ 
natijasida kelib chiqadigan oqibat Shunday hosiladir. Sabab oqibatdan oldin 
kelganligi kabi LSQ ham nutqiy hosiladan oldin kelib, uning qanday bo`lishini 
belgilaydi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling