O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
[W
qk ~ W ek ]=qaratuvchi-qaralmish. Bu qolipda a‘zolar W belgisi bilan berilgan bo`lib, bu muayyan so`z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to`ldiruvchi a‘zolar sifatida turli xil mustaqil so`z turkumlari qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo`linishlari uning tegishli so`z turkumlari tomonidan to`ldirilishi asosida bo`lib, ular quyidagilardir; [Oq.k – O e.k] = ot qaratuvchi-ot qaralmish (kitobning varag`i) [Oq.k – Sf e.k] = ot qaratuvchi-sifat qaralmish(daraxtning mo`rti) [Sf q.k – Oe.k] = sifat qaratuvchi- ot qaralmish (yaxshining qilig`i) [Sf q.k – Sf e.k] = sifat qaratuvchi-sifat qaralmish(aChChiqning Chuchugi) [Ot q.k – S e.k] = ot qaratuvchi-son qaralmish(gulning bittasi) [S q.k – Se.k] = son qaratuvchi-son qaralmish(mingtaning bittasi). [O q.k – Hn e.k] = ot qaratuvchi-fe‘l qaralmish(Otabekning qaytishi). [Hn q.k – O e.k] =fe‘l qaratuvchi-ot qaralmish(uyalishning o`rni). [Hn q.k – Hn.e.k] =fe‘l qaratuvchi-fe‘l qaratuvchi (olmoqning bermog`i). [O q.k – Sd e.k] = ot qaratuvchi-sifatdosh qaralmish(yurakning to`xtagani). [Sd q.k – Oe.k] = sifatdosh qaratuvchiqot qaralmish (qo`rqqanning ko`zi). [Sd q.k – Sd e.k] = sifatdosh qaratuvchi-sifatdosh qaralmish (yig`laganning kulgani). [O q.k – R e.k] = ot qaratuvchi-ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi) [Ol q.k – O e.k] = olmosh qaratuvchi-ot qaralmish(mening vatanim). [R q.k – O e.k] = ravish qaratuvchi-ot qaralmish(hozirning huzuri). Umumiy [Wq.k – We.k] qolipining bu ko`rinishlari ham bevosita kuzatishda bo`lib, ular o`zaro a‘zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, ular lug`aviy mohiyatlar tajallilari asosida bo`lingandir. Biroq baribir qoliplar lisoniy sathga mansubligicha qolaveradi. Ammo o`rni jihatdan bu sathning quyi pog`onalaridan joy oladi. [Wq.k–We.k]=qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma‘noviy munosabatlarni namoyon qiladi. Demak, SBlarning tarkibiy qismlari orasidagi ma‘noviy munosabatlarni tahlil qilmoq lozim bo`ladi. Birinchi SBda yuzaga chiqqan (Karim) va (kitob) leksemalari orasidagi borliqda va kishilar ongida qanday bog`lanish bo`lishi mumkin? Ma‘lum bo`ladiki, ushbu leksemalar asosida qator SBlarni tuzish mumkin bo`ladi va ularning har biri borliqdagi har xil - «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu ob‘ektiv munosabatlarning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo`shimchalar bilan belgilanadi. qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma‘noviy munosabatni voqelantiradi: ega-egalik qilinuvchi narsa va muallif-uning asari. Lekin [Wq.k– We.k]=qaratuvchi-qaralmish LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Demak, ayon bo`ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a‘zolari orasidagi ma‘noviy munosabat [Wq.k–We.k]=qaratuvchi-qaralmish qolipiga daxldor bo`lmay, balki uni to`ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa-predmetlar orasida bo`ladigan munosabatlarning tajallisi bo`lib, bu munosabatlar leksemalarning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo`lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo`lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma‘noviy munosabatlar qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchalarining ma‘nolari ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud bo`lib, u SBda ham aks etgan. SBlardagi turli-tuman ma‘noviy munosabatlar bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchalari ma‘nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so`zni hokim so`zga, egalik qo`shimchasi hokim so`zni tobe so`zga bog`lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma‘nolar qolipni to`ldirayotgan leksemalarning ma‘noviy mohiyati bilan bog`liq bo`lib, mazkur qo`shimchalar ularni namoyon qiluvchi vositalardir, xolos. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling