O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


So`z birikmasi LSQ larida birikuv omillari


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

So`z birikmasi LSQ larida birikuv omillari. Sbning ichki tuzilishi, tashkil 
etuvchi a‘zolarning o`zaro munosabatini o`rganish jarayonidabirikishning ichki 
qonuniyati ochiladi. Sbda bog`lanish a‘zolardan birining faolligi asosida emas, balki 
har ikki a‘zoning ham bir-biriga, avvalo, ma‘noviy, qolaversa, shakliy joylashuv 
jihatdan moslashishlari asosida yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning 
birikish imkoniyati voqelanishga, hokim a‘zoning biriktirish talabi esa qondirilishga 
intiladi. Sbdagi a‘zolarning goh bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining 
ham (maktabning bog`i) grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki bir 
tomonlama aloqa, ikki tomonlama aloqa turlarini farqlash maqbul emas. Unda 
bitiShuvli (keng dala) birikmalarning hech qanday aloqasiz birikma deyishga to`g`ri 
kelgan bo`lur edi. YUqoridagi aloqaning ikki ko`rinishi bog`lovchi vositalarga qarab 
belgilangan, xolos. 
So`z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a‘zolarining ikki 
yoqlama-birikish imkoniyati (tobe a‘zo) va biriktirish talabi (hokim a‘zo) aloqadorligi 
bevosita a‘zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi. 
SB a‘zolari orasidagi bog`lanish har bir so`zda yaxlit holda mavjud bo`lgan 


ma‘noviy (M), shakliy (SH), joylashuv (J) omillarining o`zaro muvofiqligiga 
tayanadi. Masalan, kitobni o`qimoq birikmasidagi kitobni so`z shaklida hokim so`zga 
birikishini ta‘minlaydigan M, SH, J omillari bo`lganligi kabi o`qimoq so`zshaklining 
ham tobe a‘zoga bog`lanishini ta‘minlaydigan M, SH, J omillari mavjud. xatni 
yozmoq SBsida tobe so`z (xatni)ning hokim so`z (yozmoq) bilan birikishini uning 
shakli (-ni), ma‘nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) bilan ko`rsatsa, hokim so`z 
tobe so`z bilan bog`lanishini ma‘nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi) 
bilan ko`rsatadi. 
So`zda bu uch omil yaxlit holda bo`lib, ma‘lum birikish jarayonida birortasi 
ustunlik qilsa, boshqa holda u kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi 
tobe so`z (xatni) da shakliy omil (-ni) tobelikni ko`rsatuvchi yetakchi omil bo`lsa, 
hokim so`z (yozmoq) da ma‘noviy omil ustunlik qilgan. 
Ma‘noviy omil deganda so`zlarning bog`lanish uchun muhim sanalgan lug`aviy 
ma‘nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug`aviy ma‘no ayon bo`lib, so`zning 
grammatik ma‘noviy xususiyatlariga bir oz sharh berish lozim bo`ladi. So`zlarning 
muayyan turkumga xosligi nihoyatda keng ko`lamli tushuncha bo`lib, mustaqil so`z 
turkumlari doirasida narsa predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe‘l), 
holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumiy 
ma‘nolarni qamrab oladi. Bu ma‘nolar so`z turkumi (masalan, ot), uning ichki 
bo`linishlari (masalan, modda-ma‘dan oti, o`rin-joy oti kabi) bilan bog`liqdir. 
Shuning uchun tosh ko`prik birikmasida tosh so`zining ot turkumiga mansubligi, 
modda-ashyo nomi ekanligi, ko`prik so`zining ma‘lum bir harakatning mahsuli
bo`lmish predmetni ifodalashi, so`rida yotmoq birikmasida esa so`ri so`zining joy 
nomini atab kelishi, yotmoq fe‘lining o`timsizligi kabilar ma‘noviy omilni tashkil 
etadi. 
SHakliy omil deganda so`zlarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladigan 
aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakllar birikmadagi 
qaysi a‘zoni shakllantirishiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 
1)tobega xoslar (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko`rsatgichlari va 
ko`makchilar); 
2)hokimga xoslar (egalik, nisbat, kesimlik ko`rsatgichlari). 
Joylashuv omili so`zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida 
jipslashuvidan (2) iborat. 
O`zbek tilining me‘yoriy nutqida tartib qat‘iy bo`lib, tobe oldin, hokim keyin 
keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a‘zolarni bir-biridan ajratish, 
«uzish», ular orasiga boshqa bo`laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda 
tutiladi. Masalan, kecha keldi, kitobni o`qimoq, shahrimizning ko`Chalari kabi 
SBlarda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a‘zoni bir-biridan 
ajratish, «uzish» (Kecha uyga keldi, kitobni tez o`qidi, shahrimizning keng 
ko`Chalari), hatto teskari joylashtirish (keldi kecha, ko`Chalari shahrimizning) 
mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a‘zoni bir-biridan «uzish» mumkin 
emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko`prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o`qimoq 


birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko`prik birikmasidagi 
so`zlarning o`rni almashtirilsa, birikma mohiyati o`zgarib ketadi: ko`prik tosh. 
Demak, bu so`zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustivor 
ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa uning 
kuchliligini bildiradi. 
Har qanday SBda so`zning mavjud imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bunda har bir 
a‘zodagi mazkur (M, J, SH) omillar o`zaro va boshqa a‘zodagi Shunday omillar bilan 
muvofiqlashadi. So`zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi 
evaziga sodir bo`ladi. Buni uchburchak burchaklarining o`zaro aloqadorligiga 
qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig`indisi 180 gradusga teng. Bir 
burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy 
yig`indisi 180 gradusga teng bo`lib turaveradi. Xuddi Shuningdek, tobe yoki hokim 
so`zdagi bir omil kuchaysa, bu boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo`ladi. 
Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to`la voqelanishiga yo`l 
qo`ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: [SHMJ-
SHMJ]. Chunki har ikki a‘zo ham - biriktiruvchi-tobe a‘zo tobega xos, hokim a‘zo 
hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana Shu shakllar 
ko`rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a‘zoda ham shakliy omil ustuvordir. 
Birikma a‘zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi 
uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta‘sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining 
o`ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma‘noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari 
oralig`ida bo`ladi. shoshilib gapirmoq SBsidagi a‘zolarning birikuv omillari 
muhimligi quyidagicha: SHMJ-MSHJ. Birinchi uzvda shakliy omilning birinchi 
o`ringa chiqishi uning ravishdosh shaklidaligi sabablidir. Ravishdosh shakli shoshilib 
so`zshaklining tobeligini ta‘minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a‘zoda ham 
oxirgi planga o`tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning 
mavjudligidir. Ikkinchi a‘zo (o`qimoq) da ma‘noviy omilning kuchayishi, uning 
hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi 
evazigadir. mart oyi birikmasidagi a‘zolarning birikuv omillari munosabati esa 
quyidagicha: JMSH-SHMJ. SBlar a‘zolarida ma‘noviy omilning oxirgi o`ringa o`tishi 
mumkin emas.Chunki SB uchun dastlabki talab a‘zolarning ma‘noviy muvofiqligidir. 
O`zbek tilida har bir a‘zo birikuv omillarining o`rin almashish natijasida6 xil 
kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a‘zo: MSHJ, MJSH, SHMJ, SHJM, JMSH, 
JSHM. Hokim a‘zo: MSHJ, MJSH, SHMJ, SHJM, JMSH, JSHM. Har bir a‘zoning 6 
xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma‘lum bo`ladi. Olti xil tobe 
a‘zo va olti xil hokim a‘zoni ko`paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi. 
Quyidagi jadvalni har bir SB turiga ayrim misollar bilan beramiz: 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling