O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Hokim a’zoning ifodalanishiga ko`ra SBning turlari
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
- Bu sahifa navigatsiya:
- SBning tuzilishiga ko`ra turlari
Hokim a’zoning ifodalanishiga ko`ra SBning turlari. SB o`z tarkibidagi
hokim a‘zoning qaysi so`z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko`rinishlarga ega bo`ladi. Ismli birikmada hokim a‘zo ot, sifat, son, olmosh turkumlaridan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o`quvchilarning hammasi (olmosh). Fe‘lli birikmada hokim a‘zo fe‘ldan bo`ladi: vazifani bajarmoq, tez o`qish, uyalgani uyalgan. SBning tuzilishiga ko`ra turlari. Biz yuqorida ko`rib o`tgan so`z birikmalari ikki so`zli birikmalardir. So`z birikmalari uch va undan ortiq so`zli bo`lishi ham mumkin: bepoyon yashil maydon, o`nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko`ra so`z birikmasi ikki turga bo`linadi: sodda birikma va murakkab birikma. Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so`zdan tuzilgan bo`ladi: oq qog`oz, ko`m- ko`k osmon kabi. Besh qavatli bino, o`n yashar bola, o`rta bo`yli yigit tipidagi qo`shilishlar ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o`n yashar, o`rta bo`yli unsurlari ajralmas birikmalar bo`lib, bir butun holda tobe uzv sifatida namoyon bo`ladi. Shuningdek, SBning a‘zolari ibora yoki boshqa turg`un birikma bilan ifodalanganda ham birikma sodda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi uchib ketgan + bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh + ertagi), qush qo`nmas o`simligi (qush qo`nmas + o`simligi) Murakkab birikma sodda birikma a‘zolarining kengayishidan tuziladi. qiyoslang: uch → o`rdak osmondagi → uch o`rdak ilg`or → terimChilar xo`jalikdagi → ilg`or terimChilar a‘lochi → o`quvchilar hammadan → a‘lochi o`quvchilar Osmondagi uch o`rdak ((osmondagi+(uch+o`rdak)), xo`jalikdagi ilg`or terimChilar ((xo`jalikdagi+(ilg`or+terimChilar)) SBlarida hokim so`z kengayishi natijasida, hammadan a‘lochi o`quvchilar ((hammadan Qa‘lochi) Qo`quvchilar)) birikmasida esa tobe a‘zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo`lgan. Ba‘zan har ikkala a‘zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a‘lochi peshqadam talabalar: ((hammadanQ ‗lochi) Q(peshqadam Qtalabalar)) Murakkab birikmalarda oldin turgan so`zlar oxirgisiga to`g`ridan-to`g`ri bog`lanib birikma hosil qilmaydi, Ya‘ni katta semiz qora qo`y birikmasidagi a‘zolar ushbu birikmaning o`zida katta qo`y, semiz qo`y, qora qo`y kabi birikuvlarni bermaydi. Chunki bunda tobe so`zlar hokim so`z ifodalagan narsaning turli belgilarini ko`rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligini ko`rsatadi. Uyushmagan tobe uzvlar esa o`ziga xos ohang bilan aytiladi. qiyoslang: A‘lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so`zlar) Katta semiz qora qo`y (uyushmagan tobe so`zlar) Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling