O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Semantik-funksional shakllangan gaplar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Semantik-funksional shakllangan gaplar. Semantik-funktsional shakllangan
gaplar to`rtga bo`linadi: Modal so`z- gaplar (Kelasizmi?- Albatta) Undov so`z- gaplar (Beh-beh! Oh-oh) Tasdiq inkor so`z- gaplar (Ha, yo`q) Taklif-ishora so`z-gaplar (Ma. ) Bu so`z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma‘nosi (TMZSH ) so`zning lug`aviy ma‘nosida mujassamlashgan bo`ladi. Shuning uchun bunday so`z- gaplar: a) hech qaChon kesimlik qo`shimchalarini qabul qila olmaydi. b) nutqda alohida gap bo`lib kela oladi. v) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo`lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o`z mustaqilligini saqlab qolaveradi. Semantik-funktsional shakllangan so`z-gaplarda kesimlik ma‘nosi atov birligi (W) ning lug`aviy ma‘nosi tarkibida mujassamlashgan bo`lib, bunday gaplar kesimi Wm ramzi bilan beriladi. Semantik-funktsional shakllangan gaplarda kesimlik ma‘nosi so`z-gaplarning lug`aviy ma‘nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi uchun xos bo`lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH) ma‘nolarining rang-barangligi yo`q. Bunda kesimlik kategoriyasining barcha ma‘nolari uchburchak burchaklarining yig`indisiga o`xshaydi. Ma‘lumki, uchburchak burchaklarining yig`indisi 1800 teng bo`lib, bir burchak kattaroq bo`lsa, buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funktsional shakllangan gaplarda ham kesimlikning to`rtta ma‘nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol) ga teng bo`ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma‘nolarining har biri uchun alohida alohida so`zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat‘iy bo`lishlilik» ma‘nosi (Ya‘ni mayl ma‘nosining ko`rinishi) albatta so`zi bilan ifodalansa, kesimlik shaklidagi - ma qo`shimchasi ifodalaydigan Shunday bo`lishsiz ma‘no mutlaqo so`z gapi bilan beriladi. Ha, so`zida tasdiq, yo`q so`zida inkor ma‘nosi mavjud. Kesimlik kategoriyasi ma‘nolari kesimdagi atov birligi lug`aviy ma‘nosiga singganligi tufayli so`z-gaplarda bu ma‘nolarning har biri alohida-alohida va rang- barang ko`rinishlarda ifodalash imkoniyatlari Cheklangan. Shu boisdan o`zbek tilida kesimlik qo`shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha ma‘nolarini ifodalay oladigan, lug`aviy ma‘nosi kesimlik qo`shimchalariga befarq bo`lgan, Ya‘ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so`z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va olmosh ) lardan lug`aviy ma‘nosida kesimlik kategoriyasi qo`shimchalarini biriktira olmaydigan, lekin ularning ma‘nolaridan birini o`z lug`aviy ma‘nosi bilan ko`Chaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o`ta kuchsiz holda voqelantiruvchi so`z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling