O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Gapni shakllantirishda ohangning roli


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Gapni shakllantirishda ohangning roli. Nutqiy gapning muhim belgilaridan 
biri uning tugallangan ohangga ega bo`lishidir. 
Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni 
taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib 
turadi. Zero, gap va gap bo`lmagan nutqiy hodisa (so`z, SB) larning muhim 
farqlaridan biri ham tugal bo`lmagan ohangga ega bo`lishidir. Masalan: 1.Kelgan 
o`quvchi. 2.Kelgan-o`quvchi. Bu nutqiy hodisalarning birinchisida ohang 
ko`tariluvchi, ikkinchisida esa tuShuvchidir. Ko`rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-
aniqlanmish tipidagi birikma bo`lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo`lmagan 
ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan 
oldingi hosilaga o`xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma‘nosi borligi uchun 
tugal ohang bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, 
ikkinchisi yopiq va tugallangandir. Bir so`zning o`zi ham goh tugal, goh 
tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. qiyoslang:1.qish. 2.qish ...
Demak, so`z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega 
bo`lib, gap tusiga kiradi.
Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tiplarini belgilashda 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol sifatida bir so`zni olaylik. qiyoslang:
A‘lochi...q A‘lochi.q A‘lochi!q A‘lochiqq A‘lochi. !? 
Ma‘lum bo`ladiki, bu so`zning atov birligimi yoki gap, gap bo`lsa, qanday 
tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko`rsatmoqda. So`z yoki SB atov birligi 
sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning tiplarini 
farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! 
gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko`rsatmoqda. Voy, jonim! 
gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda 
maqsadiga ko`ra tiplari (darak, so`roq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko`ra 
turlarini belgilashda, leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi 
ham mumkin, lekin fonetik omilning bo`lishi shart. 
Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. 
Men shaharga boramanmi? Men shaharga boray. Bu gaplarda so`zlovchining 
maqsadi turlicha bo`lganligi bois, ular turlicha 
shakllangan va 
gapning darak, 
so`roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohanggiga ega 
bo`lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo`lganda ham ularni 
ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo`lsa-da, 


so`zlovchining maqsadi va ohanggi har doim muvofiq bo`ladi.
Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo`lishi 
mumkin. Masalan, Shaharga boraman! Gapida darak bilan so`zlovchining shodlanishi 
ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan». Ohang qo`shma gap tarkibiy 
qismlarini bog`lashda ham namoyon bo`ladi. Ko`pincha u grammatik vositalar 
o`rnini bosish darajasiga ko`tariladi: Biz ishonamiz - ko`nglimiz to`q. Bunda ohang 
(pauza) ergashtiruvchi bog`lovchi vazifasida qo`llangan.
Gap bo`laklari orasidagi munosabatni ko`rsatishda ham ohang muhim rol 
o`ynaydi. Men - men, Sen - sen gaplarida gap bo`lak (ega-kesim) larini farqlashda va 
ular orasidagi munasabatni ko`rsatishda ham ohang hal qiluvchi rol o`ynaydi. YOki: 
Salim, ukam o`qishga kirdi va Salim ukam o`qishga kirdi gaplarida Salim so`zining 
(1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og`zaki nutqda ohang orqali 
bilinib turadi.
Gapning sintagmalarga bo`linishi va aktual bo`linish hodisalarda ham ohangning 
roli katta. 
Ohangning sintaksisdagi ahamiyatini bundan-da kengroq bayon qilish mumkin. 
Tilshunoslikdagi bu muammo bilan nutqiy sintaksisning bir yo`nalishi bo`lgan 
sintaktik fonetika Shug`ullanadi. 
Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni 
ko`rsatish mumkin:
1.Gap nisbiy tugal fikr anglatadi. 
2. Gap grammatik shakllangan bo`ladi. 
3.Tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo`ladi.
4.Axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling