Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuv


Download 45.36 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi45.36 Kb.
#1454495
Bog'liq
Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuv


SHAXSNI O‘RGANISHGA TURLICHA YONDASHUV
Reja:
1. Psixologiyada shaxs tushunchasi.
2. Shaxs haqidagi nazariyalar.
3. Shaxs strukturasi.
4. Shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari.

1. Psixologiyada shaxs tushunchasi. Psixologiya fanida inson tushunchasini ochib beruvchi bir necha tushunchalar mavjud – sub’ekt, individ, shaxs. Bu tushunchalar insonning har xil qirralarini anglashga imkon beradi. Birinchidan, psixologiya insonni bir butun tarixiy va ijtimoiy jarayonning sub’ekti (ishtirokchisi, bajaruvchisi) hamda ob’ektiv reallikni o‘zgartiruvchi va bilish manbai sifatida namoyon bo‘luvchi aniq faoliyat sub’ekti sifatida tushunadi. Faoliyat esa inson faolligining shakli sifatida namoyon bo‘lib, insonga atrofdagi olamni va o‘z-o‘zini bilishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, psixologiya insonni individ sifatida o‘rganib va quyidagilarni nazarda tutadi:


• inson boshqa tirik mavjudotlarning o‘ziga xos vakili bo‘lib, hayvonlardan filo- va ontogenez rivojlanishi bilan farq qiladi;
• insonlar jamoatining alohida vakili bo‘lib, faqat o‘ziga xos bo‘lgan psixika va xulq-atvorga ega; Uchinchidan, psixologiyada har bir insonning individualligi alohida ta’kidlanadi.
Individuallik deganda insonni boshqa odamlardan ajratadigan xususiyatlar tushuniladi. Har qanday inson individual, lekin kimningdir individualligi yorqin namoyon bo‘lsa, kimningdirniki esa bilinmaydi. To‘rtinchidan, psixologiya fani insonni shaxs sifatida o‘rganib, uning ijtimoiy mohiyatini ko‘rsatadi. Jamoa, ijtimoiy va kasbiy guruh tashqarisida inson shaxs bo‘la olmaydi. Tabiat insonni yaratadi, jamiyat esa shaxsni shakllantiradi. Inson shaxsi turli xil munosabatlar ta’sirida shakllanadi:
1) Ciyosiy munosabatlar. Shaxs psixologiyasi shaxs mustaqilligi, o‘z huquqlariga ega ekanligi, jamiyat hayotini muhokama eta olishi yoki hukmronlik qilayotgan sinfning buyruqlarini bajarishi bilan bog‘liq;
2) Mafkuraviy munosabatlar. Mafkura jamiyat haqidagi g‘oyalar majmui sifatida shaxsga ta’sir etadi va uning psixologiyasi, dunyoqarashi, individual va ijtimoiy ustanovkalarini shakllantiradi;
3) Shaxs a’zo bo‘lgan guruhdagi insonlar munosabati. O‘zaro hamkorlik va muloqot jarayonida insonlar bir birlariga ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida esa ularning qarashlari, ijtimoiy ustanovkalari hamda jamiyat, mehnat, insonlar, o‘z xususiyatlariga bo‘lgan boshqa munosabatlari shakllanib boradi. Shu bilan birga shaxs guruhda ma’lum bir avtoritetga ega bo‘lib, o‘ziga ajratilgan maxsus rollarni bajaradi. SHaxs ijtimoiy munosabatlarning nafaqat ob’ekti, balki sub’ekti, ya’ni faol bir qismi hamdir. SHaxslar o‘zaro munosabatlarga kirishib, ob’ektiv ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirida insoniyat tarixini yaratadi. Shunday qilib, shaxs – ma’lum bir mamlakat, jamiyat va guruh (ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa guruhlar) a’zosi bo‘lib, atrofdagi olam va ijtimoiy borliqqa o‘z munosabatini bildiradigan, maxsus faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan hamda individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan insondir.
Shaxs rivojlanishi har xil omillarga bog‘liq. Ular ichiga odatda quyidagilar kiradi: oliy nerv tizimning o‘ziga xosligi, anatomik va fiziologik xususiyatlar, atrofdagi olam va jamiyat, ijtimoiy-foydali faoliyat. Bu omillarning har biriga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Oliy nerv tizimning o‘ziga xosligi butun nerv tizimining ishida, miyadagi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining nisbatida, temperament, his-tuyg‘ular, xulq-atvorda namoyon bo‘ladi.
2. Shaxsning anatomik va fiziologik xususiyatlar – psixika va xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ko‘zning yaxshi ko‘rmasligi yoki quloqning yaxshi eshitmasligini muloqot va o‘zaro hamkorlik jarayonida inobatga olish kerak. Anatomik-fiziologik xususiyatlarning amalga oshirilishi asosida inson layoqati yotadi. Layoqatlar organizmning tug‘ma anatomik-fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, qobiliyatlar rivojlanishiga yordam beradi.
3. Atrofdagi olam va jamiyat.
YUqorida aytib o‘tganimizdek shaxs faqat jamiyatda shakllanadi. Tabiat ham shaxs shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq shimolda o‘sgan odamlar o‘z xulq-atvorini boshqara olishi, vaqtdan samarali foydalanishi bilan ajralib turadi. Individning tabiiy xususiyatlari, shu jumladan, faolligi va emotsionalligi tug‘madir. Inson faolligi har xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga moyillik, psixik jarayonlar kechishining tezligi va kuchliligi sifatida namoyon bo‘ladi. Emotsionallik individning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini aks ettiruvchi xis-tuyg‘ulari va emotsiyalari dinamikasida namoyon bo‘ladi. Makromuhit, ya’ni jamiyat ham shaxs shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, totalitar jamiyatda o‘sgan insonning rivojlanishi va tarbiyasi, demokratik jamiyatda o‘sgan inson rivoji va tarbiyasidan keskin farq qiladi. Mikromuhit, ya’ni guruh, mikromuhit, oila va h.k. ham shaxs shakllanishidagi muhim omildir. Aynan mikromuhitda insonning eng muhim axloqiy va axloqiy-psixologik xususiyatlari shakllanadi. Bu xususiyatlarni bir tomondan inobatga olish kerak. Ikkinchi tomondan esa ularni ta’lim va tarbiya jarayonida takomillashtirish zarur.
4. Ijtimoiy-foydali faoliyat, ya’ni mehnat jarayonida inson boshqa insonlar bilan muloqotga kirishadi, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlari insonning eng muhim shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Shaxs haqidagi nazariyalar. Shaxs haqidagi asosiy psixologik nazariyalar uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan. Zamonaviy psixologiyada shaxs haqida shakllangan nazariy va metodologik qarashlar tahlil etilib, qayta o‘rganilmoqda. SHaxs haqida to‘g‘ri psixologik bilimlarni olish uchun chet el psixologiyasining yutuqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shaxs haqidagi nazariyalarni uch qismga ajratishimiz mumkin: I. Shaxs haqidagi an’anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V. Shtern, 3.Freyd, K. YUng va boshq.); II. Yangi nazariyalar (G. Ayzenk, D. Kettel, A. Maslou, G Ollport, K. Rodjers, K. Xorni va boshq.); III. Eng yangi nazariyalar (E. Bern, K. Leongard, D. Mid, G. Salliven, Sire, E. Fromm va boshq.). І. Shaxs haqidagi an’anaviy nazariyalar ichida freydizm etakchi o‘rin egallaydi. Bu nazariyaga avstriyalik olim Z. Freyd asos solgan.
Freydizm shaxs rivojlanishi va strukturasini ongimiz uchun irratsional va antogonistik bo‘lgan psixik dalillar bilan tushuntiradi va shu asosida psixoterapiya texnikasini qo‘llaydi. Z. Freyd o‘zi davolayotgan kishilardagi kasallik sabablarini ularning yoshligidan qidirgan. Ma’lum bir ruhiy kasalliklar (yoki komplekslar) insonning yoshlik davridagi voqea va hodisalarga bog‘liq deb hisoblaydi. Bu komplekslar insonlar tomonidan anglanmaydi, lekin ularning xulq-atvoriga qattiq ta’sir ko‘rsatadi va salbiy oqibatlarga olib keladi. Har xil metodlar (erkin assotsiatsiyalar metodi, gipnoz, xato harakatlar metodi va boshq.) yordamida Z.Freyd psixik nuqsonlarning sabablarini anglash ijobiy davolovchi effektga ega ekanligini isbotlagan. Bu esa Freydga shaxs psixik hayotining uch darajasini aniqlashga yordam bergan: ongsiz, ong oldi, ongli.
Ongsiz – barcha instinktlarning manbai Ong oldi – uning mazmuni inson tomonidan oson anglanishi mumkin. Ongli – doimiy ravishda ongsiz bilan to‘qnashadigan ijtimoiy norma va ijtimoiy normaga zid bo‘lgan harakatlarni o‘z ichiga oladi. 40 Freyd shaxs rivojlanishida bolalalik davri muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Bu davrda insonning psixik xususiyatlari shakllanishini ta’kidlaydi. Psixoanaliz vazifasi – keyinchalik psixozga olib keladigan nuqsonlarni vaqtida aniqlashdan iborat. SHunday qilib, shaxsni o‘rganishda Z.Freydning tadqiqotlarini inobatga olishimiz kerak. Lekin freydizmning faqat bir tomonlama o‘rganilgan va bugungi kunda o‘z echimini topmagan g‘oyalari ham bor. Gustav Yung (1875-1961 gg.), shveysiyalik psixiatr, psixolog, analitik psixologiya asoschisi. Bazel universitetida tahsil olgan va 1901-1912 yillarda Z. Freydning eng yaqin xodimi bo‘lgan. Xalqaro psixoanalitik jamoaning birinchi raisi (1911-1914 y.) bo‘lib saylangan. YUngning psixologik qarashlari inson psixikasida «ongli» va «ongsiz» ni ajratishga yo‘naltirilgan edi. Uning fikricha ongsiz xulq-atvorni belgilashda etakchi rol o‘ynaydi. Olimning fikricha ongsiz ikki shaklda mavjud: A) individual (shaxsiy) B) jamoaviy – oldingi avlodlar tajribalari singdirilgan psixik fond. Bu fondning mazmunini instinktlar, qiziqishlar, arxetiplar tashkil etadi. Agar instinkt va qiziqishlar K. Yung tomonidan ma’lum bir xulq-atvorni keltirib chiqaradigan tug‘ma ehtiyoj va turtki sifatida ko‘rilsa, arxetiplar ijod, tushlar, miflar asosini tashkil etadi. K.Yung shaxslarni introvert va ekstravertlarga ajratgan. Introvertlar o‘z xulq-atvorlarining ichki sabablarni aniqlashga harakat qiladi. Ular kamgap, ijtimoiy passiv, o‘zo‘zini tahlil qilishga moyil, muloqotga kirishmaydigan bo‘ladilar. Ekstravertlar esa o‘z nazarlarini tashqi atrofdagi olamga qaratadilar. Ular impulsiv, muloqotga oson kirib keta oladigan va har qanday sharoitga ham osonlikcha kirishib keta oladigan bo‘ladilar. Psixikaning u yoki bu funksiyasining etakchiligiga qarab K. YUng shaxsning quyidagi tiplarini aniqlagan:
a) fikrlovchi;
b) emotsional;
v) his etuvchi;
g) intuitiv.
K. Yung tomonidan olib borilgan yuqoridagi tadqiqotlar inson psixikasini tizimli ravishda tushunishga yordam berdi. SHaxs haqidagi an’anaviy nazariyalardan yana biri Kurt Levin tomonidan taklif etilgan «maydon nazariyasi»dir. Nazariyaning asosiy holatlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, sub’ekt hodisalar olamini nisbiy tushunchalar orqali tizimlashtiradi. Bu erda dunyo asosiy xususiyatga ega bo‘lgan - yaxlitlik fenomeni sifatida tushuniladi. Bundan kelib chiqib, tashqi fizik maydon va shaxsning «psixik maydon»ini ajratishimiz mumkin. Psixik maydonda (har xil psixik valentlikka ega bo‘lgan) tortuvchi va itaruvchi kuchlar mavjud. Shaxsiy yadroni turg‘un istaklar tashkil etib, motivatsion komponentlar siljishi bilan o‘zgarib boradi. Motivlarni aniq bir ob’ektlar – «hayotiy maydon»ning har xil hududlari tashkil etadi. K. Levinning «maydon nazariyasi» shaxs xulq-atvorining dinamik tizimi haqidagi konsepsiyasini ishlab chiqishga yordam berdi. Shuningdek, Levin tomonidan shaxsning guruhdagi holati, liderlik, nizolar va boshqa muammolar o‘rganilgan. Bu nazariyalardan tashqari V. Dilteemning (1833-1911 y.) shaxsning har xil dunyoqarashlari turlari haqidagi nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Shaxs haqidagi bilimlarni takomillashtirishda V. Shternning (1871-1938 y.) shaxs xulosalari ham muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, an’anaviy nazariyalar shaxs psixologiyasi haqidagi fundamental bilimlarga ega. Ularni bilish har bir insonning ichki psixik xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. P. SHaxs haqidagi yangi nazariyalar shaxs antropologizatsiyasi va psixologizatsiyasiga taalluqli g‘oya, qarashlar va konsepsiyalarni qamrab oladi. SHaxs haqidagi yangi nazariyalar ichida ko‘p olimlar harakatlari bilan vujudga kelgan gumanistik psixologiya etakchi o‘rin egallaydi. Gordon Olport (1897-1967) tomonidan shaxsni tizimli o‘rganish nazariyasi taklif etilgan. Bu nazariya shaxsni rivojlanuvchi va ochiq psixofiziologik tizim sifatida ko‘rib chiqishga yordam beradi. Karl Rodjers (1902-1987) gumanistik psixologiya sardorlaridan biri bo‘lib, shaxsning fundamental komponenti sifatida o‘z hayotiy konsepsiyasi yotadi deb hisoblaydi. U «Men Konsepsiya»ning asosiy holatlarini taklif etgan. U ishlab chiqqan nazariyaga ko‘ra quyidagi holatlar muhim ahamiyatga ega:
− normal insonlarning muloqoti inderektiv, ya’ni shaxsiyatga tegmaydigan, har bir insonning individual yondoshuvini hurmat qiladigan bo‘lishi kerak;
−shaxs markazi yoki ildizi atrofdagilar bilan o‘zaro hamkorlik natijasida shakllanadigan o‘z-o‘zini baholashga asoslanadi;
− «Men-konsepsiyasi» organizmdagi va ijtimoiy sezgilarning kelishilgan kompozitsiyasi sifatida shakllanadi;
−Shaxsning etakchi motivi sifatida ijtimoiy muhitda tezlashadigan va tormozlanadigan «Men»ning o‘sishi hisoblanadi; «Men-konsepsiyasi» va ideal «Men» o‘rtasidagi qarshilik insonni shaxsiy o‘sishiga olib keladi.
3. Shaxsning psixologik xarakteristikasi va strukturasi. Shaxsning psixologik xarakteristikasi o‘z ichki strukturasiga ega bo‘lib, individual-psixologik va ijtimoiy psixologik xususiyatlardan iborat. Shaxsning individual-psixologik tomoni psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar va psixik tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. SHaxsning ijtimoiy-psixologik tomoni esa shaxsga jamiyatdagi ma’lum bir rollarni bajarishga imkon beradigan xususiyatlar va sifatlarini ochib beradi. SHaxsning individual-psixologik tomoni quyidagilardan tashkil topadi: SHaxsning ijtimoiy rollari – boshqa insonlarning ishonchini oqlashga va o‘z obro‘sini ko‘tarishga imkon beradigan hamda individual-ijtimoiy-psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan shaxs xulq-atvorning usullaridir. Ijtimoiy pozitsiyalar – shaxsning boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarida amalga oshiriladigan va himoya qilinadigan qarashlari va e’tiqodlaridir. Ijtimoiy ustanovkalar – boshqa insonlar va jamiyatga bo‘lgan ma’lum bir munosabatlarni aks etuvchi tushuncha. Shaxs dunyoqarashi uning ustuvor ijtimoiy sifat va xususiyatlarini aks etib, hayotidagi muhim maqsadlar, manfaatlar, munosabatlar va pozitsiyalarini belgilaydi. Shaxsning axloqiy ko‘rinishi – shaxsdagi axloq haqidagi tasavvurlar majmuasi bo‘lib, shaxs harakat va xulq-atvorlarida o‘z aksini topadi.
Shaxsning ma’naviy ko‘rinishi – jamiyatda inson munosabatlari normalari va o‘zaro hamkorligiga bo‘lgan qarashlarning turg‘un tizimidir. Shaxs psixologik strukturasining poydevorini uning psixik xususiyatlari tashkil etadi: shaxsning yo‘nalganligi, temperamenti, xarakteri va qobiliyatlari. 1. Shaxsning yo‘nalganligi. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lganligi uchun o‘zi yashayotgan ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z maqsadi va vazifalariga ko‘ra jamiyatdan oladi. Inson faoliyati, uning jamiyatdagi xulq-atvori doim sub’ektiv xarakterga ega bo‘lib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu ehtiyojlarda shaxsning hayoti va tarbiyasi jarayonida shakllangan xususiyatlari aks etib, shaxsning jamiyatga va o‘z faoliyatiga bo‘lgan munosabatlarini, maxsus ijtimoiy muhitdagi xulq-atvorini belgilaydi. SHaxsning yo‘nalganligi yuqoridagi xususiyatlarini mujassamlagan holda namoyon bo‘ladi. SHaxs yo‘nalganligida shaxs ehtiyojlari, motivlari, dunyoqarashi, ustanovkalari, hayot va faoliyat maqsadlari aks etadi. Shaxs ehtiyojlari – deganda shaxs tomonidan nimagadir ehtiyoji tushuniladi. Har qanday tirik organizm yashashi uchun tashqi olamdan etkaziladigan ma’lum bir sharoit va vositalarga ehtiyoj sezadi. Masalan, o‘simlikning normal rivojlanishi uchun quyosh nuri, issiqlik, namlik va oziq moddalar kerak. Inson esa tashqi olam bilan muloqotga kirishishga, oziqa olishga, kitob o‘qishga, ijod qilishga va boshqa ko‘plab narsalarga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar ehtiyojlari asosan turg‘un bo‘lib, biologik ehtiyojlar bilan cheklanadi. Insonning ehtiyojlari esa kundan kunga ko‘payib, hayot davomida o‘zgarib boradi: jamiyat o‘z a’zolari uchun oldingi avlodlarda bo‘lmagan yangi ehtiyojlarni ishlab chiqaradi. Ehtiyojlarda insonning ma’lum bir sharoitga bog‘lanib qolish darajasi va xarakteri aks etadi. Ehtiyojlarning o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: − har qanday ehtiyoj o‘z mazmuniga ega bo‘lishida.
Inson ma’lum bir narsaga yoki faoliyatga (masalan, o‘zi yoqtirgan ish bilan shug‘ullanish, o‘yin, o‘qish va h.k.) ega bo‘lish ehtiyojini sezadi. Bunda ehtiyojning aniq mazmunli xarakteri aks etadi; −ma’lum bir ehtiyojning anglanish darajasi turli hil emotsional holatlar bilan kechishida (ehtiyoj seziladan narsa ko‘zga yaxshi ko‘rinishi, ehtiyojning qondirilmasligi yomon kayfiyatga olib kelishi yoki aksincha);
− aniq anglanmaydigan emotsional-irodaviy holatning mavjudligida. Bu holat insonni o‘z ehtiyojini qondirish uchun har xil yo‘llarni topishga undaydi.
− bu holatlarning susayishi yoki butunlay yo‘qolib ketishida (masalan, haddan tashqari to‘yib ovqatlanganimizdan so‘ng, taomlarga qaragimiz kelmaydi).
− ehtiyojning takrorlanishida (har qanday ehtiyoj ma’lum bir vaqtdan keyin yana paydo bo‘lishi mumkin). Shaxs ehtiyojlari rang-barangdir. Ehtiyojlarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga ajratishimiz mumkin. Moddiy (ovqatga, kiyimga, turar joyga, issiqlikka va h.k.) ehtiyojlar. Ma’naviy ehtiyojlar insonning ijtimoiy borlig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlardir. Inson ijtimoiy faoliyatga, mehnatga bo‘lgan ehtiyojlarni sezadi, chunki u o‘z moddiy ehtiyojlarini instinktiv emas, balki mehnat orqali amalga oshiradi. Shuningdek, inson boshqa insonlar bilan muloqot qilish (boshqa insonlar bilan muloqot qilmasdan inson yasholmaydi), bilimlarni egallash, ijod qilishga ehtiyoj sezadi. Motivlar – shaxsning anglangalik ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va shaxsni aniq bir faoliyatga undovchi ichki kuchlardir. Ular biror bir narsaning yo‘qligida paydo bo‘lib, psixik va fiziologik faollikning dastlabki bosqichida aks etadi.
Motivatsiya – motiv orqali ma’lum bir faoliyatga undash. Harakatlarning maxsus yo‘nalganligi asoslarini tanlash jarayonidir. Motivatsiya ma’lum bir psixik holat, ijobiy yoki salbiy emotsiyalar (xarsandchilik, qoniqish, qo‘rquv, xayajon va h.k) bilan birgalikda kechadigan jarayon. Motivlar quyi (biologik) va yuqori (ijtimoiy)larga ajratiladi. Biologik motivlar asosini fiziologik ehtiyojlar tashkil etadi. Ijtimoiy motivlar inson hayotida muhim o‘rin tutadigan qiziqishlar, ideallar va ishonchlarni o‘z ichiga oladi. Qiziqishlar atrofdagi olam hodisalarini bilishga qaratilgan maxsus yo‘nalganligini aks etadigan shaxs motivlaridir. Qiziqishlar ma’lum bir faoliyat sohalariga moyillikni ham belgilab beradi. Qiziqishlarning quyidagi xususiyatlari mavjud: − inson faoliyatining har xil sohalaridagi nafaqat bilish jarayonlarini, balki ijodiy harakatlarini ham faollashtirish;
−faoliyat maqsadlari va operatsiyalarga aniqlik kiritish;
− insonning maxsus sohadagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish;
−ma’lum bir faoliyat bilan uzoq vaqt shug‘ullanishga undaydigan o‘ziga xos emotsional holatni keltirib chiqarish.
SHaxs hayotining barcha tomonlarini qamrab olib, faoliyatning barcha turlari va qiziqishlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan, qiziqishlar bir biridan o‘z mazmuni bilan farq qilib, bilish va faoliyatning turli sohalariga taalluqli bo‘ladi: matematika, kimyo, tarix, adabiyotga bo‘lgan qiziqish; texnik, konstruktorlik, ilmiy, sport, musiqa, jamiyat hayotiga bo‘lgan qiziqishlar va boshqalar. Ikkinchidan, qiziqishlar turg‘un va turg‘un bo‘lmagan, chuqur va yuzaki, kuchli va kuchsiz, faol va passiv bo‘lishi mumkin. Qiziqishlar asta sekin shakllanib borilishi kerak.
SHaxs motivatsiyasining asosini shaxs dunyoqarashi tashkil etadi. Shaxs dunyoqarashi shaxs ongida ma’lum bir hayotiy maqsadlar va manfaatlar, munosabatlar va pozitsiyalar ko‘rinishida shakllangan tabiat, jamiyat, insoniy munosabatlarga ilmiy qarashlar, ishonchlar tizimidir. Har bir alohida olingan shaxsning dunyoqarashi aniq tarixiy davr va ijtimoiy ong bilan aniqlanadi. Jamiyatda oldin turmushning moddiy shart-sharoitlari, ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari o‘zgarib, insonlar dunyoqarashining o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Temperament. Temperament – psixik jarayonlarning kechish dinamikasi bilan xarakterlanadigan shaxsning psixik xususiyatlaridir. Taniqli psixolog Merlin temperamentni tez va sekin oqadigan daryolar bilan taqqoslagan. Temperament insonning ilk bolalik davridan boshlab namoyon bo‘ladi. Temperament inson faoliyati va xulq-atvorining dinamik xususiyatlarini aks etadi. I.Pavlovning fikricha temperament nerv tizimining tug‘ma, tabiiy o‘ziga xosligidir. Temperament asosiy ikki nerv jarayoni – qo‘zg‘alish va tormozlanish – ta’sirida shakllanadigan inson oliy nerv faoliyatining natijasidir. Xarakter insonning individual xususiyatlariga kiradi. Xarakter qadimiy Yunonistonda ham ma’lum edi. Platon o‘quvchisi Teofrast o‘zining «Xarakter» asarida o‘ttizta xarakter turlarini yoritgan. YUnon tilidan tarjima qilinganda «xarakter» – bu «zarb qilish», «belgi» demakdir. Haqiqatdan ham xarakter – kishining jamiyatda yashab egallaydigan alohida belgilaridir. SHaxsning individualligi psixik jarayonlarning o‘tish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zehni o‘tkirlik va boshqalar) va temperament xususiyatlarida namoyon bo‘lishiga o‘xshab, xarakterning hislatlarida ham ko‘rinadi. Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlari bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi. Xarakter – shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borliqqa, odamlarga, faoliyatga hamda o‘z-o‘ziga munosabatini ifodalaydi.
Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F.Lomovning ta’biricha, xarakter shaxs ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Munosabatlarning xarakterdagi o‘rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning mazmunida ikki sohani ajratadi: a)emotsional kognitiv – borliq muhitning turli tomonlarini shaxs qanday emotsional his qilishi va o‘zida shu olamning emotsional manzarasini yaratishi; b)motivatsion-irodaviy – ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar.
Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum mazmun va ma’no kasb etgan munosabatlar bo‘lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo‘ladi. Xarakter shaxsning «tanasi», borlig‘idir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan farqi shuki, bu xususiyatlar ancha o‘zgaruvchan va dinamik, orttirilgandir. SHuning uchun ham maktabdagi ta’limdan oliy o‘quv yurtidagi ta’limga o‘tish faktining o‘zi ham o‘spirinda ma’lum va muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Umuman, aniq bir shaxs misolida olib qaraydigan bo‘lsak, har bir alohida ob’ektlar, narsalar, hodisalarga mos tarzda xarakterning turli qirralari namoyon bo‘lishining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Masalan, uyda katta yoshli ota-onalar oldida o‘ta bosiq, ko‘nuvchan, har qanday buyurilgan ishni e’tirozsiz bajaradigan kishi, o‘z kasbdoshlari orasida doimo o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan, gapga chechan, kerak bo‘lsa qaysar, dadil bo‘lishi, ko‘chada, jamoatchilik joylarida beg‘am, loqayd, birov bilan ishi yo‘q kishiday tuyulishi, o‘ziga nisbatan esa o‘ta talabchan, lekin egoist, o‘z-o‘ziga bahosi yuqori bo‘lishi mumkin.
Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, uning borliqdagi ob’ektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Qobiliyat. Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko‘nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin shu xususiyatlarning o‘zlari mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarga taalluqli bo‘lmaydi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashda namoyon bo‘lsa ham, bilimlar va ko‘nikmalarni egallash bilan bog‘lanib qolmaydi. Qobiliyatlar va bilimlar, qobiliyatlar va ko‘nikmalar, qobiliyatlar malakalar aynan bir-biriga o‘xshash emas. Malakalar, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tuproqqa tashlangan don, ana shu dondan unib chiqishi mumkin bo‘lgan boshoqqa nisbatan atigi imkoniyat bo‘lib hisoblangani singari (lekin urug‘ tuproqning tuzilishi, tarkibi va namligi, ob-havo va boshqalar qulay sharoit yaratsagina unib chiqadi) kishining qobiliyati bu bilimlar va ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat hisoblanadi, xolos. Bu bilim va ko‘nikmalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo‘qmi, bularning hammasi ko‘plab sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
SHartsharoitlar jumlasiga, masalan, quyidagilar kiradi: tevarak atrofdagi odamlar (oilada, maktabda, mehnat jamoasida) kishining bu bilim va malakalarni egallab olishdan manfaatdor bo‘ladimi yoki yo‘qmi; unga qanday ta’lim beradilar, ana shu malaka va ko‘nikmalar kerak bo‘ladigan va mustahkamlanadigan mehnat faoliyati qanday tashkil etiladi va hokazo. Qobiliyatlar – bu imkoniyat, u yoki bu ishda mahoratning zarur darajasi esa voqelikdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqiy qobiliyat uning musiqachi bo‘lishi uchun biron bir darajada garov bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun unga maxsus ta’lim berilishi, pedagog va bola namoyish qilgan qat’iylik, salomatlikning yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘plab shart-sharoitlar bo‘lishi zarur. Bularsiz qobiliyatlar rivojlanmay turiboq so‘nib ketishi mumkin. Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan. Odamlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatgichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni, so‘zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan) ko‘rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘liq jihatlarni ham qo‘shganlar.
SHaxs ijtimoiylashuvi jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari Inson tug‘ilishi bilan boshqa insonlar bilan ijtimoiy xamkorlikka kirishadi. Muloqot qilishning birinchi tajribasini hali gapirmasdan turib o‘zlashtiradi. Boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishib, ma’lum bir ijtimoiy tajribani orttiradi va bu tajriba uning sub’ektiv ajralmas qismiga aylanadi. SHaxs ijtimoiylashuvi – ikki tomonlama xususiyatga ega. Bir tomondan individ o‘zi yashayotgan jamiyatning ijtimoiy tajribasini singdiradi, ikkinchi tomondan esa o‘zi o‘zlashtirgan ijtimoiy aloqa va munosabatlar tizimini faol ravishda qayta tiklaydi va rivojlantiradi. Inson nafaqat ijtimoiy tajribani orttiradi, balki bu tajribani o‘z shaxsiy qadriyatlari, ustanovkalari, qarashlariga aylantiradi va ijtimoiy munosabatlarga o‘z fikrini bildiradi. Bunda shaxs turli xil ijtimoiy munosabatlarga sub’ektiv tarzda kirib, o‘zini qamrab turgan ijtimoiy olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Ijtimoiy tajriba quyidagi ikkita asosiy narsani o‘z ichiga oladi: − ijtimoiy muhitning normalari, qoidalari, qadriyatlari, munosabatlari va boshqalarni; −mehnat, ishlab chiqarish va faoliyatning boshqa turidagi madaniyatini. SHaxs rivojlanishini ijtimoiy tajribani orttirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ikki bosqichdan iborat bo‘lgan jarayon. Birinchi bosqichda insonning asosiy ijtimoiy va psixologik qadriyatlari shakllanadi: mehnat, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, ekologik, oilaviy va boshq. Bu bosqich shaxsning umumiy ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ikkinchi bosqich shaxs tomonidan u yoki bu kasb yoki mutaxassislikni egallash bilan bog‘liq. Bu shaxsning kasbiy ijtimoiylashuvi jarayonidir. Har ikkala bosqich ham o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish doim sub’ektiv xarakterga ega. Bir xil ijtimoiy vaziyatlar har xil shaxslar tomonidan har xil qabul qilinadi. Bundan tashqari bu vaziyatlar insonlar psixikasi, ruhiyatida har xil izlar qoldiradi. SHunday qilib, ijtimoiylashuv jarayonida ijtimoiy tajribani egallash jarayoni shaxs individuallashuvining manbai hisoblanadi.
SHaxs ijtimoyilashuv jarayonining faol sub’ektidir. SHaxs ijtimoiy adaptatsiyasini nafaqat faol ko‘nikuvchi, balki faol rivojlantiruvchi jarayon sifatida ko‘rish mumkin. Ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning yoshi ulg‘aygandan keyin ham davom etaveradi. Ijtimoiylashuv jarayoni aniq maqsadga ega bo‘lsa ham, «noaniq yakun» jarayonlari turiga kiradi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, ijtimoiylashuv jarayoni hech qachon tugamaydi va hech qachon to‘liq shakllanmaydi. SHaxs ijtimoiylashuvi atrofdagi muhit va ijtimoiy munosabatlarga moslashuv jarayonida amalga oshiriladi.
Moslashuvning ikki turini ajratishimiz mumkin: biofiziologik va psixologik. SHaxsning biofiziologik moslashuvi deganda organizmning atrof muhitdagi turg‘un va o‘zgaruvchan sharoitlariga (harorat, atmosfera bosim, namlik, va boshqa tashqi jismoniy sharoit va ta’sirlarga) hamda insonning o‘zida paydo bo‘lgan o‘zgarishlariga moslashuvi tushuniladi. Insonlar turli xil yordamchi vositalardan foydalanishlari mumkin (masalan, issiq 53 kiyim, uy va boshq.). Bundan tashqari inson ayrim biologik jarayon va holatlarini psixik boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun, o‘z moslashuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Psixologik moslashuv esa ma’lum bir ijtimoiy rollarni bajarish maqsadida shaxs ichki dunyosining atrof-muhitdagi ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik talablariga, insonlar ijtimoiy hayotining sharoitlari va mazmuniga yaqinlashishidir. Psixologik moslashuv shaxs ichki va tashqi hayot va faoliyatini uyg‘unlashtiradi, tabiat va ijtimoiy muhitning rang-barangligini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Ijtimoiylashuv va psixologik moslashuv bir biriga yaqin, bir-biriga bog‘liq, lekin bir-biridan farq qiladigan jarayonlardir. Birinchisi –ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish orqali shaxs shakllanishini ta’minlash, ikkinchisi esa shaxs ijtimoiylashuvining asosidir.
SHaxs ijtimoiylashuvida davlat, jamiyat, u mansub bo‘lgan insonlar guruhi katta ahamiyatga ega. Jamiyatning har bir rivojlanish bosqichi shaxsga o‘zining talablarini qo‘yadi. Ko‘p narsa shaxsning qanday sharoitda rivojlanishiga va ijtimoiylashuviga bog‘liq. Amerikalik olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning turg‘un (stabil) rivojlanish davrlarida 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar axloqiy rivojlanishi dokonvensional darajada bo‘lib, ularning xulq-atvori jazodan qochish yoki rag‘batlantirish olish bilan xarakterlanadi. 13 yoshdan boshlab maktabni bitirganga qadar ko‘pchilik bolalar o‘z hatti harakatlarini o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lgan guruh a’zolarning nuqtai nazari asosida baholaydilar. Ijtimoiy krizis sharoitida esa ijtimoiylashuv jarayoni boshqacha kechadi. Bunda shaxs o‘zining shaxsiy, boshqalardan farq qiladigan qadriyatlar tizimi yaratadi, ko‘p hollarda boshqalarning fikrini qabul qilmaydi. Bolalar ijtimoiylashuvi kattalar, ayniqsa qariyalar ijtimoiylashuvi jarayonidan farq qiladi. Bola shaxsining ijtimoiylashuvi individual xarakterga ega bo‘lib, uning fiziologik, anatomo-fiziologik, sensor, emotsional, bilish, va ijtimoiy rivojlanishiga bog‘liq.
Ijtimoiylashuv mazmuniga inson bevosita ko‘rgan, eshitgan narsalar kirmaydi. Inson bir narsani ko‘rishi, ikkinchi narsani eshitishi, uchinchi narsani gapirishi va to‘rtinchi narsani o‘ylashi mumkin. SHuning uchun ijtimoiylashuv mazmunini bir tomondan ijtimoiy ta’sirlar majmui (siyosiy dasturlar, axborot vositalari, madaniyat), ikkinchi tomondan esa individning bularning barchasiga munosabati belgilaydi. Bu munosabatlar faqat shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga emas, balki u tushib qolgan ijtimoiy vaziyatga (moddiy sharoitlar, yuqori lavozimga ko‘tarilish bilan bog‘liq vaziyat va boshq.) ham bog‘liq. SHaxs ijtimoiylashuvi mazmuni uning verbal xulq-atvorida aks etmasligi ham mumkin. Masalan, shaxs ma’lum bir ijtimoiy normaga rioya qilishi, lekin ich-ichidan unga qarshi bo‘lishi mumkin. Psixologiya nuqtai nazaridan shaxs ijtimoiylashuvi ikki doirada amalga oshiriladi: uning hayoti doirasida hamda kasbiy, o‘quv-bilish va boshqa aloqa va munosabatlar doirasida. SHuning uchun birlamchi va ikkilamchi ijtimoiylashuvni ajratishimiz mumkin. Birlamchi ijtimoiylashuv voqelikni umumlashgan obrazining shakllanishi bilan bog‘liq. Ikkilamchi ijtimoiylashuv xarakteri mehnat va unga yarasha olinadigan bilimga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, ikkilamchi ijtimoiylashuv mehnat taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy rollarga oid bilimlarni aks ettiradi. Ijtimoiylashuv jarayonini boshqa nuqtai nazar doirasida ham ko‘rib chiqishimiz mumkin. Bunda ijtimoiylashuvning ikki yo‘nalishi ajratiladi – insonning shaxs sifatida shakllanishi va insonning faoliyat sub’ekti sifatida rivojlanishi. Bunday ijtimoiylashuvning oxirgi natijasi individuallikni shakllantirishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T., 2008.
2. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: - T.: Sharq, 1997.
3. Ivanov P., Zufarova M. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2008
4. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. – T., 2008.
5. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. – T, 2005.
6. Karimova V.M. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. – T.: Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti, 2002. – 205
7. Antipova I. i dr. Psixologiya. Uchebnoe posobie dlya studentov vuzov, obuchayuщixsya po ped. spetsialnostyam. – M., 2005 – 591 s
8. Nemov R.S. Psixologiya. V 3-x kn. – M., 2005.
9. Obщaya psixologiya i psixologiya lichnosti / pod red. A.A. Reana. – M., 2009. – 639 s.
10. G‘oziev E.G. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). - T.:O‘qituvchi, 1995.
11. Andreeva G.A. Sotsialnaya psixologiya. – Moskva: izdatelstvo Mir, 1992
12. Karimova V.M. Targ‘ibotning psixologik uslublari. – T.: Ma’naviyat, 2000 – 16 b.
13. Abdullaeva R.M., Raxmonov A. Shaxsning kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan psixologik xususiyatlarni aniqlash usullari. – T, 2001
14. Nishonova Z. Psixologik xizmat. – T., 2007.
15. Nishonova Z. Eksperimental psixologiya. – T., 2007.
16. Abdullaeva SH. va boshq. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2004.
17. Abdullaeva SH., Xolmamatova L.A. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2005.
18. Ochilov M. Oliy maktab pedagogikasi. – T., 2008.
19. Mirkomilov M . Pedagogika nazariyasi. – T., 2008.
20. Askarova O.M. Pedagogika. – T., 2008.
21. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs v 2-x kn. – M.: Vlados, 1999. 239
22. Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika.Uchebnoe posobie: – Spb.: Piter, 2009– 304 s.
23. Pidkasistыy P. Pedagogika. Uchebnoe posobie. – M., 2008 – 430 s. 24.
www.psycho.all.ru
24. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm
25. http://dl.nw.ru/theories/technologies
26. www. ziyonet . uz.
27. www . avlony –library. connect uz.
Download 45.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling