O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Gapning shakllanishida leksik omil
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Gapning shakllanishida leksik omil. Fikr tushunchalarsiz bo`lmagani kabi
gapning ham asosida, avvalo, so`z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo`laklari va so`z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan bir sifatida qaraladi. Gap bo`laklari turli mustaqil so`z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo`lagi uchun ma‘lum bir so`z turkumi ko`proq xoslangan bo`ladi - semantik va grammatik xossalari bilan ma‘lum bir gap bo`lagi vazifasiga mos so`zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko`proq fe‘l xoslangan»(I.I. MeshChaninov.) Ega, to`ldiruvchi vazifasiga, asosan, ot va ot vazifasidagi so`zlar keladi. Bu so`z turkumlarining umumiy ma‘noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko`proq tobe bo`lak (ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelvchi vosita bo`lgan kelishik qo`shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko`proq fe‘l kelganligi bois kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg`otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko`proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamChi» tasavvurlardir. Aytilganlar asosida Shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so`z turkumi muayyan gap bo`lagi vazifasiga ko`proq hoslangan bo`lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so`zlari ham kelaverganligi kabi, ma‘lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so`zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bulagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo`lmagan asos vazifasini o`taydi. Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so`z, so`z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko`rsatgich - kesimlik qo`shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O`qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o`qituvchi, ishla) dan mahrum etilsa, bu o`z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl - (-dim) qoladi. So`z birikmasida Shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so`z, SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tuShum kelishiklari ravishdagi qo`shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to`ldiruvchi vazifasidagina kelish tuShum kelishigi shakli uchun qanchalik qat‘iy va xususiy bo`lsa, «kelay», «o`qituvchiman» kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish Shunchalik qat‘iy va xususiydir. Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi uning bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo`ladigan murakkab tabiatga egaligidir. Aniqrog`i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi - shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir. O`qidim gapida kesimlik shakli maxsus ko`rsatgichlarga ega bo`lsa, Bu yer shahar gapida u nol shakllidir. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli ma‘nolari anglashilib turibdi. Morfologik shakllardan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakllargina gap qurilishiga daxldor bo`lib, ulardan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga tegishlidir. Chunki, kesimlik kategoriyasiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligiQkesimlik qo`shimchalari» tarzidadir. Aloqa-munosabatning boshqa shakllari (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so`zlarni bog`lash uchungina xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling