O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


-ma’ruza(davomi). Hol. To`ldiruvchi va aniqlovchilar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

7-ma’ruza(davomi). Hol. To`ldiruvchi va aniqlovchilar.
 
Reja: 
1. Holning gap qurilishidagi o`rni. 
2. Holning ma‘noviy turlari va tuzilishiga ko`ra turlari. 
3. To`ldiruvchining ma‘no va tuzilish turlari. 
4. Aniqlovchining turlari va ifodalanishi. 
5. So`z kengaytiruvchi va gap kengaytiruvchilarning muvofiqlashuvi va 
farqlanishi. 
 
Holning gap qurilishidagi o`rni. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik 
shakillari 

Pm 
ning 
ma‘noviy 
xususiyatlarini 
muayyanlashtiruvchi, 
oydinlashtiruvchi bo`lak, Ya‘ni gap kengaytiruvchisi sanaladi. quyidagi gaplarni 
qiyoslaylik: 
1.Jamshid ishladi. 
2.Jamshid kecha ishladi. 
3.Jamshid ertaga ishlaydi. 
Keltirilgan gaplardagi ishladi va ishlaydi so`zshakllari gap kesimi vazifalarida 
kelgan 
bo`lib, 
boshqa 
bo`laklar 
ana 
Shu 
markaziy 
bo`lakning 
muayyanlashtiruvchilaridir. 
Jamshid leksemasi har uchala gapda ham kesimdagi Pm ning shaxs-son, kecha, 
ertaga so`zlari esa payt ma‘nolarini muayyanlashtirgan. Ega va gap markazidagi 
shaxs-son ma‘nolari kabi, hol va kesimlik kategoriyasi (Pm) voqelanishidagi zamon 
ma‘nolari ham bir-biriga muvofiqlashgan. Aniqrog`i, kesimlikda o`tgan zamon 
ma‘nosi voqelanganda hol hozirgi yoki kelasi zamon ma‘nosida bo`lmaydi. Demak, 
ma‘lum bo`ladiki, gap qurilishida gap markazidagi kesimlik kategoriyasi ma‘nosi 
bilan uzviy bog`langan gap kengaytiruvchisi payt holidir. Payt holi kesimga 
bog`lanar ekan, undagi lug`aviy qism ma‘nosi bilan emas, balki kesimlik kategoriyasi 
tarkibidagi zamon ma‘nosi bilan bog`liq ekanligi ot kesimli gaplarda yanada yaqkol 
ko`zga tashlanadi. Masalan, ot leksema o`z semantlik valentligini to`ldiruvchi har xil 
aniqlovchilar bilan erkin birikuvlar hosil qila oladi: a‘lochi talaba, shaharlik talaba, 
o`nta talaba va h. Bunda birikuv hosil qilish uchun talaba so`zining gap hosil qilishi, 
gap tarkibidan o`rin egallashi shart emas. qiyoslang: a‘lochi talaba, Jamshid a‘lochi 
talaba. Har ikkala holatda ham hosil bo`lgan birikuv me‘yoriydir.Chunki aniqlovchi 
so`z kengaytiruvchisidir. Biroq bugun talaba, ertaga talaba, kecha talaba kabi so`z 
birikmalari g`ayrime‘yoriydir. Lekin ular gap tarkibiga kiritilganda, talaba so`zi 
kesim mavqeini egallaganda, bu g`ayrioddiylik yo`qoladi. 1.Men bugun talabaman. 
Sen kecha talaba eding. Demak, bugun, kecha so`zlari gap kengaytiruvchilari 
bo`lganligi sababli va gap markazidagi Pm ga tortilganligi, bog`langanligi sababli 


so`z birikmasidagi nome‘yoriylik gap tarkibida barham topadi. 
O`rin hollari ham so`z kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi 
ekanligi bunday vazifada keluvchi so`zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil 
qilish uchun ot leksemalarga tobelab ko`rish asosida amin bo`lish mumkin. 
qiyoslang: 1.qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2.Halim shaharda 
o`qituvchi, g`afur zavodda ishchi. 
Ko`rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g`ayrime‘yoriy, ikkinchi guruh 
birikuvchilar esa o`zbek nutqiga xos me‘yoriy qurilma ekanligi hech kimda Shubha 
uyg`otmaydi. Demak, o`rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir. 
Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz: 
1.Ilgari ikkalamiz birga talaba edik. 
2.Bu payt sen kabi o`qituvchiman. 
3.Shu boisdan dadam ishchi edi. 
Birinchi gapda birga so`zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o`xshatish, 
uchinchi gapdagi Shu boisdan so`z shakli sabab hollaridir. Ular gap 
kengaytiruvchilarimi
yoki so`z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun 
birikuvlarni gap tarkibidan Chiqarib, zikr etilgan so`zshakllar talaba, o`qituvchi, 
ishchi so`zshakllarining ma‘noviy valentligini to`ldirayotgan-to`ldirmayotganligini 
tekshiramiz: 
1)birga talaba; 
2)sen kabi o`qituvchi; 
3)Shu boisdan ishchi. 
Ko`rinadiki, birikuvlar nome‘yoriy va tobe so`zshakllar hokimlarning 
lug`aviy-ma‘noviy birikuvchilari emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqei bilan 
bog`langandir. Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir. 
Biz holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot-kesimli gaplardan 
foydalandik. Chunki hollar otga ular kesim vazifasida kelgandagina bog`lanadi. 
Fe‘llar bilan esa kesim vazifasida kelganda ham, boshqa hollarda ham 
bog`lanaveradi. 
Hol gap markazini shakllantiruvchi Pm bilan bog`lanar ekan, u, umuman, gap 
konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo`ladi? 
Hol gapning mutlaq konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil 
topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko`pincha holning gap 
tarkibiga kiritilishi Pm ma‘nolari bilan zich bog`lanmaydi. Shu boisdan hol egadan 
ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni 
tiklashdan ancha o`ng`aydir. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo Shuni 
takidlash lozimki, ba‘zan kesimning W si maqomida o`rin, payt, sabab, maqsad va 
boshqa ma‘noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo`ladigan leksemalar yuzaga 
chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko`ra zarurroq foliyatga ega bo`ladi. 
Masalan, yurish fe‘llari (bormoq, kelmoq, yetmoq, ketmoq) kesim vazifasida 
kelganda gapda o`rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi. 
SHahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu albatda, kesimlik kategoriyasi 
birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe‘lning ma‘noviy
xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo`lak darajasiga ko`tarilishi kesimdagi W 


ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo`laklari 
sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o`rinni egallaydi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling