O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Kesim tuzilishiga ko`ra sodda, murakkab va tarkibli bo`ladi. 
1. Sodda kesim bir mustaqil so`z bilan ifodalanadi:
Sen bahorni sog`inmadingmu? (A.O.) 
Majlis Shunga qaror qildi. 
Mana bu - yer yong`oq. 
SHerzod yulduzni benarvon uradi. 
2. Murakkab kesim so`z birikmasi holidagi kengaygan so`z bilan ifodalanadi. Bu 
kun biz uchun og`ir kun.
SHerzod yulduzni benarvon uradigan yigit. 
3. Tarkibli kesim yetakchi va yordamchi komponentdan tuzilib, yetakchi 
komponent lug`aviy ma‘noga ega bo`ladi, yordamchi komponent esa grammatik 
ma‘no tashiydi. Misollar: 
Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi. (O.): yumshoq - yetakchi 
komponent, edi - yordamchi komponent.
Hammasi sen uchun, dilovar uchun. (A.H.): senQ yetakchi komponent, uchun - 
yordamchi komponent, dilovar - yetakchi komponent, uchun - yordamchi komponent. 
Bunday odamlarni nodon hisoblashadi. («Kalila va Dimna») : nodon - yetakchi 
komponent, hisoblashadi - yordamchi komponent. 
Hamma ham halqiga xizmat qilgisi keladi. (N. Safarov.) - xizmat qilgisiQ 
yetakchi komponent, keladi - yordamchi komponent. 
Tayanch tushunchalar: Kesim, gap markazi, gap bo`laklarining darajalanishi, 
kesimning tarkibi, kesimlik shakllari, QG uzvlari, lison va nutq. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Абдураҳмонов Ғ., Холиѐров Х. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – 
Т., 1979. 
2. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т., 
1995. 
3. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. 
– Т., 2006. 
4. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.
5. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили (содда гап синтаксиси учун 
материаллар). – Т., 2002. 
6. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Kesim haqida ma‘lumot bering 
2. Kesimlik kategoriyasining a‘zolarini sanang. 
3. Grammatik shakllangan gaplar haqida ma‘lumot bering. 


4. Semantik-funktsional shakllangan gaplar haqida ma‘lumot bering. 
5. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari haqida ma‘lumot bering. 
6. Kesimning [W] ga ko`ra turlarini sanang.
7. Kesimning tuzilishiga ko`ra turlarini sanang.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling