Dariy adabiyoti


Download 64.64 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi64.64 Kb.
#1381295
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISH


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK
FAKULTETI

ERON- AFG‘ON FILOLOGIYASI KAFEDRASI

DARIY ADABIYOTI”


fanidan


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Mavzu: BABRAK ARG‘AND HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VA USLUB MASALALARI

Bajardi: 4-kurs dariy-ingliz guruhi talabasi


Hasanova N
Ilmiy rahbar: PhD Kabirova N.K

Toshkent 2022


MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA AFG‘ONISTONDA DARIY ZABON ADABIYOTI

    1. Afg‘onistonda zamonaviy adabiyotida hikoyanavistlik

    2. Babrak Arg‘and hayoti va ijodi

II BOB. BABRAK ARG‘AND HIKOYALARI KOLORISTIKASI VA OBRAZLAR TAHLILI
2.1 Babrak Arg‘and hikoylarida badiiy tasvir
2.2 Obrazlar talqinida drammatizmning ustuvorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT
ILOVA


KIRISH
Yangi O'zbekiston - Yangi o'zgarishlar davri. Bugungi kunga kelib ushbu jumlalar har bir O'zbekiston fuqarosining shioriga aylandi. Yurtimizda kundan kunga yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda biz uchinchi uygonish davri ostonasida turibmiz. Agar Oʻzbekiston Prezidentining keyingi besh yilda hayotimizning birgina yoʻnalishi, ya’ni ma’rifat, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida imzolagan qonun, farmon va qarorlari, tasdiqlagan. Davlat dasturlari, ilgari surgan yangidan-yangi tashabbuslarining mag‘zini toʻla chaqib koʻrsak ham, navbatdagi Ma’rifat Renessansining markazi Yangi Oʻzbekiston ekaniga xech kimda shubha qolmaydi. 1
Ohirgi yillarda qardosh xalqlar bilan munosabatlarimiz yanada yaxshilanib bormoqda. Shu jumladan dini, tarixi, madaniyati bizniki bilan mushtarak bo‘lgan Afg‘oniston bilan munosabatlarimizda ham sezilarli darajada islohotlar olib borilmoqda. Masalan bir necha bora Afg‘onitonga O‘zbekistonning moddiy do‘stlik yordamlari yuborildi. O‘zbekiston yordamida Mazori Sharif xalqaro airporti tiklandi. Termiz shahrida yangi "Internex" xalqaro savdo kompleksining loyihasi ishlab chiqildi. Shunday ekan biz ham ushbu qo‘shnichilik aloqalariga Afg‘oniston tili, madaniyatini va albatta adabiyotini o‘rgangan holda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq butun insoniyat bezavol yashaydi”,2 deb nomlangan nutqida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, deb ta’kidlab o‘tganlar. Ushbu kurs ishimizda Afg‘oniston adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan Afg‘on yozuvchisi Babrak Arg‘and hayot va ijodi, yozuvchi asarining o‘ziga hos hususiyati boshqa yozuvchilardan farqli taraflari yoritib beriladi.

Babrak Arg‘and hijriy 1325 yilda Kobulda tug‘ilgan. U 30 yildan ortiq yozuvchilik bilan shug‘ullanadi va mamlakatdagi tarixiy va muhim, ammo baxtsiz va qayg‘uli voqealarning guvohi bo‘lib kelgan – shaxsiy, ijtimoiy, siyosiy, partiyaviy va me’yoriy qarama-qarshiliklarga guvoh bo‘lgan, adolatsizlik, zo‘ravonlik, dahshat, ko‘z yoshlari, G‘am-g‘ussa va musibatlarga guvoh bo‘lgan. Umuman olganda, Babrak Arg‘and qahramonlari va voqealari muallif atrofida yashagan yoki sodir bo'lganlardir. Rivoyatchi bu achchiq voqealarga uzoq-yaqindan guvoh bo‘lgan. Muallif: “Men bu asarni o‘z avlodim uchun yozganim yo‘q, mendan kiyingi avlod uchun” deb aytgan.


Babrak Arg‘andning boshqa yozuvchilardan farqli tarafi shundaki yozuvchi faqat adabiyot sohasi bilangina cheklanib qolmaydi. Balki asarlarida badiiylikni ifodalash uchun boshqa fanlarga ham murojaat qiladi. Birgina misol “Iblis tabassumi”. Bu asarni tahlil qilish, baholash va tarozida ko‘rsatish uchun, shubhasiz, ko‘p kuch va yuk – xalq adabiyotidan tortib, tilshunoslik, sotsiologiya, psixologiya va hokazolargacha qo‘llaniladi. Bu sanoqli satrlarni yozishdan mamlakatning haqiqiy va sermahsul adabiyotiga ta’zim qilishdan boshqa iloj yo‘q.

Download 64.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling