Dariy adabiyoti


II BOB BABRAK ARG‘AND HIKOYALARI KOLORISTIKASI VA OBRAZLAR TAHLILI


Download 64.64 Kb.
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi64.64 Kb.
#1381295
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISH

II BOB BABRAK ARG‘AND HIKOYALARI KOLORISTIKASI VA OBRAZLAR TAHLILI
2.1 Babrak Arg‘and hikoylarida badiiy tasvir
Adabiyot nazariyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg`u va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" dеb ataladi. Badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning bеlgilovchi xususiyati emas, balki bеlgilovchi xususiyat bo‘lmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kеrakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi dеyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy adabiyot so‘z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. Ya’ni, ko‘p hollarda bitta vositaning o‘zi ham tasvir, ham ifodaga xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qo‘llaniluvchi ayrim vositalar (masalan tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga kеladi. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan og‘adi (ya’ni, til unsurlarini odatdagidan o‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat qo‘llaydi) va shu "og‘ish"dan ma’lum badiiy-estеtik maqsadni ko’zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida — fonеtik, lеksik, morfologik, sеmantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estеtik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga kеladi, ular tasvirning jonli va to‘laqonli bo‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi.
Fonеtik sathdagi normadan og‘ish muayyan badiiy-estеtik maqsadni ko‘zlagan holda so‘zlardagi nutq tovushlarining odatdagidan cho‘zib, orttirib yoki tushirib talaffuz etilishi, bir tovush o‘rnida boshqasining talaffuz qilinishi kabi shakllarda kuzatiladi. So‘zdagi tovushning cho‘zib talaffuz etilishi ma’noni kuchaytirishga, bеlgini orttirib ifodalash, ruhiy holat yoki muayyan munosabatni aniqroq ifodalashga xizmat qila oladi.8 Masalan Babrak Arg‘andning “Tovusning onasi” (ننه طاووس) asarida
ما طاووس یک‌راست به طرف ننه آمد:
-ننه! بیا که جنگ تمام شد... بیاکه اشرف و افرادش کشته شدن!9
Tovus tog‘ri onasining oldiga keldi va:

  • Ona! Kelaver jang tugadi… Kelaver Ashraf va uning gumashtalari halok bo‘ldi!

Kelaver (بیا که) so‘zini bir gapda ikki marotaba qo‘llash orqali Tovusning ichidagi his hayajon, onasining oldiga talpinish kabi his tuyg‘ularni yanada ochib berishga harakat qilgan.
Boshqa bir parchada esa huddi shu usul yana boshqa ma’noni ifodalayotganini ko‘rishimiz mumkin:
و باز صدا زد
-ننه بخير !... بخير که مریض میشی!10
Bu gal Tovusning hayajonini emas balki havotirini ifodalash uchun muallif badiiy tasvirdan foydalandi.
Ma’lumki, umumxalq tilidagi so‘zlar o‘zlarining nominativ holatida ham tasviriylik va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. Ya’ni, ijodkor ifoda va tasvirni so‘z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so‘z xazinasidan "so‘z tanlash" hisobigagina kuchaytirishi mumkin bo‘ladi.
Ba’zi hollarda yozuvchi xalqning tilidagi so‘zlardan o‘zgacharoq maqsadda foydalanadi. Bunday holatda quyidagicha badiiy istetik bo‘yoqlar vujudga keladi:
1, Davr ruhiyatini aks ettirish uchun. Tarixda ishlatilingan ammo xozir so‘zlashuv nutqida ifodalanmaydigan so‘zlardan o‘sha davr kayfiyatini yetqazib berish uchun foydalanish Masalan:
در حویلی قلعه که مثل ته چاه تاريك و چقر بود اطفال زنان و پیر مردا ن ده گردهم آمده بودند.11
2. Asarda shevaga oid so‘zlarni ishtrok ettirish orqali asar voqealari aks etgan zamon va makonni ifoda etish. Masalan qahramonning qaysi viloyatdan ekanligini, shevaga doir bo‘lgan so‘zlar orqali ifoda etish. Shunday ekan, asarda tasvirlanayotgan hududga xos bo`yoqlarni bеrish, unda harakatlanayotgan pеrsonaj xaraktеrini to`laqonli badiiy talqin etish uchun dialеktizmlardan foydalanish zarurati yuzaga kеladi. Babrak Arg‘andning Shayton tabassumi hikoyasida foydalanilgan dialektlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

«اینجا نی صدای آذان اس و نی نوبت ِنان ِ ملا ! اینجام مثل ِ ده دانای خود ما نی برق داره و نی نانبایی ! »



دخترش گفتش :
«مادر شکر خدا ره کو که همی رام به مـا داده بودن . پدرم اگر واسطه نه می کرد و پیش اِی رفیق و او رفیق نه می رفت،کسی همی دو اتاقه رام به ما نه می داد. همه گی مست جان خود شده ن .12
Ushbu asarda Hazora, hirot va Kobuliy klahjasidan keng foydalanilgan bo‘lib dialekti aynan fors iliga yaqin hisoblanadi.
3. Badiiy obraz konkrеtlilik xususiyatiga ega. Asardagi pеrsonaj konkrеt muhitda harakat qiladi. Muhitga mansublikni ifodalashda varvarizmlar, vulgarizmlar, argo va jargonlarning ahamiyati katta. Muhit koloritini ifodalash bilan birga, ular pеrsonaj nutqini individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi
4. Tasvir prеdmеtiga munosabatni ifodalash. Tilimizda mavjud so`zlar emotsional bo`yoqdorligi nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Yozuvchi tasvir prеdmеtiga munosabatini ifodalash uchun mavjud so`zlardan kеragini tanlashi zarur bo`ladi. Masalan, sinonim so`zlar qatoridan ijobiy bo`yoqqa yoki salbiy bo`yoqqa ega so`zning tanlanishi yozuvchining tasvir prеdmеtiga munosabatini yorqin ifodalab bеrishi mumkin13
So’z ma’nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ancha batafsil o’rganilgan. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan. 1. So’z ma’nosining miqdoriy ko’chishiga asoslangan ko’chimlar: a) giperbola b) meyozis. 2. So’z ma’nosining sifatiy ko’chishga asoslangan ko’chimlar a) metafora b) metonimiya v) ironiya. Boshqa tasvir vositalari mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida beriladi. “Simvol, jonlantirish, epitit, apastfora-metaforaning, perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet-metonimiyaning; antifraza, sarkazm-ironiyaning; litota-meyozisning ko’rinishlaridir. Tasviriy vositalarning deyarli barchasida o’xshatish, chog’ishtirishdan iborat tushuncha yotadi. Maxsus ifoda tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi. Maxsus ifoda-tasviriy vositalari tilda obrazlilik, hissiylik keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari bayonda qisqalikka, aniqlikka erishiladi. Buning uchun esa ma’lum shart-sharoitlar kerak bo’ladi: birinchidan, notiq ifoda tasviriy vositalarning tabiatini, xususiyatini yaxshi tushungan bo’lishi kerak; ikkinchidan , ifoda tasvir vositalariga, nutqni bo’yash, haddan tashqari ko’p o’rinli-o’rinsiz murojaat qilmasligi kerak. Ularning ishlatish o’rni, payti vazifasini yaxshi tushunish kerak. Aks holda nutq madaniyati buziladi, tinglovchi yoki o’quvchida o’sha nutqga u orqali muallifga nisbatan salbiy munosabat uyg’onishi mumkin. Ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash niyatida, biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish, o’xshatish yoki so’zlarni shu maqsadda ko’chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.14 Metafora, o’xshatish, sifatlash, metonimiya, sinekdoxa, mubolag’a, allegoriya, jonlantirish, prafraza kabi usullar ko’chimlarning turlaridir.15 Metafora – narsa-buyum, voqea – hodisalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslangan ma’no ko’chishiga metafora deyiladi.16 Mumtoz adabiyotshunoslikda metafora “isteora” deb yuritiladi. Metaforaning ikki turini farqlash lozim. Lingvistik metafora, xususiy muallif metaforalari mavjuddir. Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog’liq hodisa. Bunday metaforalar asosan nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda ekspressivlik, binobarin ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi. Faqatgina ma’lum bir so’zning ma’no doirasi kengayadi. Masalan: odamning oyog’i – stolning oyog’i. Xususiy – muallif metaforalari yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi. Metafora va o’xshatish konstruksiyasining o’zoro farqi haqida tilshunoslar o’zlarining fikrlarini aytib o’tishgan. 1. O’xshatishda so’zlar o’z ma’nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so’zlar ko’chma ma’noda bo’ladi. 2. O’xshatishda ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo’ladi. 3. O’xshatishda maxsus ko’rsatkichlar bo’ladi; -dek, - day, - simon, kabi, singari va boshqalar. Metaforalarda bunday ko’rsatkichlar bo’lmaydi. Tilshunoslikda mazmuniy jihatdan metaforalarning uch turi ya’ni odatiy metaforalar, jonlantirish va uslubiy metaforalar farqlanadi. Jonlantirish – badiiy nutqda obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarini jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usulidir. Tashxis – shaxslantirish. Jonsiz narsalarning insonlarday qilib tasvirlash. Jonsiz narsalarga insonlarga murojaat qilgandek munosabatda bo’lish ham jonlantirishning bir ko’rinishi hisoblanadi. Bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. Masalan, “Bebosh yaproqlarning shivir – shiviri, mungli yomg’irkuyi, mayinharir maysalar, injiq shamol, siz soddagina daraxtlarim va men egilishni eplolmagan asov g’alayon – hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’langanmiz. Intoq – nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demakdir. Insonlarga xos ba’zi qusurlar, kamchiliklar, narsa-buyumlar misolida obrazli qilib ko’rsatib beriladi. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allegoriya deb atalgan bu ko’chim ham “gapirtirish” usuliga asoslanadi. Intoq jonlantirishda, narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi Uslubiy metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsatushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga o’xshatiladi. Masalan: shirin tabassum, shirin gap ,yengil tabassum, yengil nigoh. Metonimiya – voqea – hodisa, narsa buyumlar o’rtasidagi o’zaro yaqinlik va bog’liqlik asosida ma’no ko’chishiga aytiladi. Masalan: Saroy tinch uyquda tun yarim. Bu misolda saroy so’zi orqali. “Saroydagi odamlar” ma’nosi ifodalangan. Sinekdoxa – butun bo’lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko’chishiga aytiladi. Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik shakllarini qo’llash yo’li bilan ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, qo’limni kesib oldim, daraxtlar sarg’aydi birikmalarida butunning nomi bilan bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi butun bilan ifodalanayapti. Kinoya deb, til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko’chimga aytiladi. Yevropa adabiyotshunosligida bu hodisa “ironiya” atamasi ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (mas’hara, u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgu, kalaka yo’li bilan inkor qilish) hamda sarkazm (zaharxanda ta’na, istehzoli piching, sha’ma) deb ataluvchi ko’rinishlari farqlanadi. Mohir so’z ustasi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish mumkin. Parafraza deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri. Parafraza deb narsa va hodisani o’z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi- xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalashga aytiladi. Masalan: yoshlik sevgi fasli… Mubolag’a va kichraytirish- narsa, voqea va hodisalarni, his tuyg’ularni o’ta bo’rttirib tasvirlash mubolog’a (giperbola) deyiladi. Mubolag’aga asoslangan ko’chim, badiiy matnga, nutq predmetiga nisbatan tinglovchi e’tiborini tortish va nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlash maqsadi bilan kiritiladi. Hayot haqiqatga mos kelmaydi.17 Babrak Arg‘andning “Pahlavon Murod” “Kabutarbozon” “Qanotsiz qushlar parvozi” “Sharora”, Shaytonning tabassum kabi bir qancha mashxur asarlarida ham metafora, senekdoxa kabi badiiy tasvirlarga boy hisoblanadi. Masalan:
لحظاتی پس دیدم که پلکهایم سنگین شده اند. گفتی خواب و یا بیحسی و یا یک نوع کرختی به سراغم آمده بود و گمان میبردم که جهان پایان می یابد و زمین زیر پایم خالی میشود و من به زودی در یک خلاء سقوط خواهم کرد.18
Ushbu parchada جهان پایان می یابد و زمین زیر پایم خالی میشود dunyo tugayotgandek va oyog‘im ostidagi yer yo‘qolib qolayotgandek tuyular edi qismi metafora hisoblanadi. Yozuvchi qahramonning ruhiy holati va his tuyg‘ularini ifodalash uchun yuqoridagi badiiy tasvirdan foydalangan.
Yoki
نور چراغی که از آسمانۀ اتاقم آویزان بود، به اثر بادی میلرزید و اوراق کتابی نیمه باز، بر تاقچه یی شرشر کنان تکان میخوردند و صدای غمناک و جادویی یک نی، آرام آرام از راه پنجره ها داخل اتاقم میشد و نالۀ دردناک ِ کمانه یی که روی تارهای غیچکی ِ داغدیده، سوگوار میلغزید، شیون میکرد. گفتی کسانی غم سترگ شان را با آن آوا ها و سرود ها بیرون میدادند و تمام آن غم ها و درد هایی را که در ناخود آگاه من خفته بودند، بیدار میساختند19.
ر تاقچه یی شرشر کنان تکان میخوردند و صدای غمناک و جادویی یک نی، آرام آرام از راه پنجره ها داخل اتاقم میشد ushbu qismida esa g‘amnok nay ovozi xona panjaralidan asta sekin yurib kelishi noreal vaziyat bo‘lin shunchaki atrofdagi ovoz ta’sirini kuchaytirish uchun foydalanailgan.


Download 64.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling