Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 11
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
- Asosiy qism Satira janrining yaratilishi va tarixi.
Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 11 | Nov - 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz 245 SATIRA JANRINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI Soliyev Rahimjon Ibroximovich Farg„ona davlat universiteti Chet tillari kafedrasi o„qituvchisi Annotatsiya: Maskur maqolada jahon adabiyotida, jumladan G„arbiy Evropa adabiyotida satira janrining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi masalalari yoritilgan. Shuningdek, satiri janrining asoschilari,satira janriga xos xususiyatlar, satira asarlarida qo„llanilgan badiiy uslublariga oid ma‟lumotlar berilgan. Kalit sozlar: satira, janr, anekdot, satirik she‟riy roman, metafora, sinekdoxa, metonimiya, parafraza, oksimoron, maqol, metal. Kirish Ta'rif. Satirik janr deganda jamiyat hayotining har qanday hodisalari keskin qoralangan va masxara qilingan asarlar tushuniladi. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obʼyektiga "ishlov" beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq satira uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi. Asosiy qism Satira janrining yaratilishi va tarixi. Satira janri Rim adabiyotida vujudga kelgan. Goratsiy, Yuvenal, Persiy va Lutsiliy asarlari namunali hisoblanadi. Rim notig„i Kvintilian birinchi bo„lib satirani adabiy janr sifatida tavsiflagan. Oʻrta asrlarda satira xalq ogʻzaki ijodi va xalq “hajviy madaniyati”ga tayanadi. Anekdot, satirik she‟riy roman, hayvonlar haqidagi satirik dostonlar va farslar mashhur. Satira tarixida italyan xalqining "maskalar komediyasi" katta ahamiyatga ega bo'lgan. Uygʻonish davridagi satira oʻrta asrlar hayotining oʻrnatilgan shakllarini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan (J.Bokachcho, S.Brant, E Rotterdamlik va boshqalar). Shunday qilib, fransuz yozuvchisi F.Rable “Gargantua va Pantagruel” romaniga grotesk, giperbolik kulgi obrazlarini kiritadi. Bu bilan yozuvchi rasmiy o„rta asr mafkurasining jiddiyligiga putur yetkazadi. Mashhur “Don Kixot” romani muallifi M. de Servantes ikki davr chegarasida dunyoning universal hajviy panoramasini qayta yaratadi. 17-asr asarlarda kulgi darajasi pasaydi, shuning uchun satirik janr biroz mavqeyini yuqota boshladi. Biroq, fransuz komediografi J.-B.Molyerning satirasi gullab-yashnaydi, yangi turdagi personajlar paydo bo'ladi ("Xasis, Tartuf, Jurden). Bu davrdagi satirik shoirlar qadimiy andozalarga amal qiladilar (N.Bualo, J. Lafonten ertaklari). Ma‟rifatparvarlik davrida satira D.Defo, T.J.Smolettaning makkorlikka oid romanlari va P.Bomarshe komediyalarida o„z aksini topgan. Vaqt o'tishi bilan satirik parodiya va satirik roman rivojlanadi (D. Didro, Volter, G. Filding, L. Stern). Bu davrdagi badiiy asarlarda tub oʻzgarishlarni talab qiluvchi nomukammal dunyo tasvirlangan (masalan, J. Sviftning “Gulliver Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling