3- amaliy mashg‘ulot sifat yasalishi. Son turlari. Sanoq, jamlovchi, tartib sonlar, numerativ so‘zlar Reja
Download 43.74 Kb.
|
O\'TT-3 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsimizning shiori
3- AMALIY MASHG‘ULOT Sifat yasalishi. Son turlari. Sanoq, jamlovchi, tartib sonlar, numerativ so‘zlar Reja: Sifat darajalari. Sifatning otlashishi. Sifatda egalik kategoriyasi. Sifatda kelishik kategoriyasi. Son va ularning turlari haqida Sonlarning morfologik tuzilishiga ko’ra tasniflanishi Qadimgi turkiy tilda sonlarning darajalanishi Darsimizning shiori: Hayot og’ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi (Goratsiy). Ishdan maqsad: Talabalarga qadimgi turkiy tildagi sifat, son va ularning turlari haqidagi bilimlarni singdirish va mavzu yuzasidan ularning ko’nikma va malakalarini mustahkamlash. Qadimgi turkiy tilda sifatlar ham mustaqil so’z turkumlaridan biridir. Sifatlar ma’nosi va tuzilishiga ko’ra asliy va nisbiy sifatlarga bo’linadi.1 Sifat predmetning (keng ma’noda) doimiy, turg‘un belgisini bildiruvchi so`z turkumidir. Bu sifatlarning asosiy xususiyatidir, chunki ular ba’zan harakatning belgisini ham anglatishi mumkin. Masalan, barcha turkiy tillarda ayrim sifatlar ham predmet, ham harakat belgisini anglatgani holda, ba’zi sifatlar faqat predmet belgisini anglatishga xoslangan. Qiyoslang: yaxshi//jaxsi//җaңsы va oq, qora, sog‘ sifatlari. Morfologik xususiyatlariga ko`ra sifatlar boshqa turkumdagi so`zlar (masalan, ot va fe’llar) kabi keng taraqqiy etgan emas, ular turlanmaydi va tuslanmaydi, ayrim belgilari ozaytiruvchi va kuchaytiruvchi ko`rsatkichlariga (-raq//-ыraq kabi) ega. Shuning uchun ayrim turkshunos olimlar qadim turkiy tilda sifatlar mustaqil so`z turkumi sifatida mavjud bo`lmagan, chunki ular boshqa turkumlardan farqlantiruvchi maxsus grammatik ko`rsatkichlariga ega emas, degan fikrni bildiradilar. Bu u qadar to`g‘ri emas, chunki inson u qaysi til oilasiga mansubligidan qatiy nazar, predmetni anglash bilan bir davrda unga xos bo`lgan ayrim belgi va xususiyatlarni ham mushohada qila boshlagan bo`lishi kerak. Bunga barcha hozirgi turkiy tillarda negiz jihatdan ularning tub va yasama sifatlarga ajratilishi ham dalil bo`la oladi. Masalan: turk, qumiq, no`g‘ay, qozoq, qoraqalpoq, oltoy, o`zbek, uyg‘ur, qirg‘izda qara, ozarbayjon, gagauz, turkmanda gara, tatar. qaora, chuvash. xura; turk, turkman, gagauz. ak, qipchoq guruh tillarida aq, tatar, boshqird. aoq; o`zbek, uyg‘ur. yangi, no`g‘ay, qumiq. yaңы, qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. җaңa, turk, ozarbayjon. yeni kabi. Sifatlarning boshqa turkumlardan, xususan otlardan ajralishi turkiy tillarning qadim turkiy davrida ikki yo`l bilan yuzaga kelgan: otlarning sifatlarga semantik-vazifaviy transformatsiyasi, ko`chishi, to`g‘ridan to`g‘ri otning sifatga o`tishi yo`li bilan va mustaqil holda sifatlarni boshqa turkumlardan farqlantiruvchi morfologik belgilarning kelib chiqishi yo`li bilan. Otlarning semantik transformatsiyasi natijasida sifatga ko`chishi, sifatlarning kelib chiqishini, hozirgi turkiy tillardagi tub asliy sifatlar orqali izohlash mumkin: kѳk (rang-tus) < kѳk (osmon), qara (rang-tus) < qara (tun, zulmat), yash (belgi) < yash (yigit, odam) kabi. Sifatlarning bu xususiyatlariga e’tibor berish ularni sintaktik jihatdan tasnif qilishning ham imkonini beradi. Shunga ko`ra harakatning belgisini bildirmaydigan, faqat otga bog‘lanib, predmet belgisini bildiruvchi sifatlarni semantik jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin: 1) rang-tus bildiruvchi sifatlar: aq, qara; kѳk, sarы; 2) maza, ta’m bildiruvchi sifatlar: o`zbek. sho`r, qozoq. sor, ozarb., turkman, uyg‘ur, qirg‘iz, shor, turk. shur; o`zbek. achchiq, qozoq. achы, qirg‘iz. ajыg‘; 3) hajm-shakl bildiruvchi sifatlar: ozarb. bѳyuk, qirg‘iz. biyik, shor. mozuk, o`zbek. baland, uyg‘ur. yegiz, yoqut. urduk, tuva. bedik, uzun, ulug‘, biche (kichik); 4) kishi va hayvonlarning fizik xususiyatlarini anglatuvchi sifatlar: turk. sagыr (kar), kѳr, yash, kosa (keksa), shishman (semi z), kuchuk (kichik); 5) odam va hayvonlarning fiziologik holatini anglatuvchi sifatlar: ach, toq, sag‘; 6) narsa va hodisalarning xususiyatlarini bildiruvchi sifatlar: tuva. sook (sovuq), aar (og‘ir), chiik (yengil); 7) kishilarning turli holatini anglatuvchi sifatlar: ozarb. garib, turk. garip, tatar. garip, o`zbek. bechora, ozarb. faxыr, tatar. meskin, qozoq. bayg‘us va boshqalar. Sifatlarning bu semantik bo`linishi ularning an’anaviy asliy va nisbiy sifatlarga bo`linishiga ham asos bo`ladi. Download 43.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling