3- amaliy mashg‘ulot sifat yasalishi. Son turlari. Sanoq, jamlovchi, tartib sonlar, numerativ so‘zlar Reja


Download 43.74 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1630517
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'TT-3 amaliy

Asliy sifatlar. Asliy sifatlar narsa va predmetning
a) rang- tusini bildiradi: ala, aq, qara, yashїl. Masalan: qїzїl qan /Bx/, qara tər /Bx/, sarїg’ altun /Kt/, aq kümüsh /Ung/, kөk təңri /Kt/, qїzїl qaya /Suj./. yag’їz ( kulrang) yər, torїg’ at (Bx);
b) shaklini, hajmini: əgri tөbə, səmiz buqa, torїq buqa (To’n), az bodun, өküsh bodun(Kt);
v) xususiyatini: arїg’-toza, sog’ug’-sovuq; әdgü kisi, silig bəg (Kt), yablaq kisi (Kt), anyїg’ kisi (Kt), chїg’an bodun (Bx); yablaq ag’ї bərür, yag’uq ərsər ədgü ag’ї bərür(Kt);
g) maza-ta’mini bildiradi: süchüg sab (Kt). Süchüg sabї, yїmshaq ag’їn, arїn, їraq budunug’ (Kt);
Nisbiy sifatlar. Qadimgi turkiy tilda nisbiy sifatlar affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Quyidagi affikslar sifat va boshqa so’z turkumlaridan sifat yasaydi:
1. -lїg’, -lig, -lug’, -lüg. Bu qo’shimchalar otdan sifat yasaydi va egalik hamda nisbatni bildiradi. Ekin (ekin) – ekinlig (ekinli)
2. -sїz, -siz, -suz, -süz, Bu qo’shimcha otdan egasizlik va yo’qlik bildiruvchi sifat yasaydi. Bilig(bilim) - biligsiz(bilimsiz).
3. -saq, -sәk. Bu istak bildiruvchi fe’l yasovchi -sa, -sә hamda fe’ldan sifat va ot yasovchi -q, -k qo’shimchasining birlashuvidan hosil bo’lgan. Bag’їr(jigar) - bag’їrsaq(ko’ngilchan).
4. -sїg’, -sig. Bu qo’shimcha otdan sifat yasaydi va o’xshashlik ma’nosini bildiradi. Qul (qul) – qulsїg’ (qulsimon); bәg(bek) –bәgsig (beksimon).
5. -qї, -ki;(-g’ї, -gi). Bu qo’shimcha ot, ravish va olmoshdan nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga -, ingichkasiga -ki; jarangli undosh bilan tugagan qalin negizga -g’ї, ingichka negizga -gi qo’shiladi: ay (oy) – ayqї (oyga oid); yay (yoz) – yayg’ї (yozgi); ichrә (ichda) ichrәki (ichidagi).
6. -z qo’shimchasi. Bu qo’shimcha fe’ldan sifat yasaydi. u-(qila bil), uz (mohir).
7. -l qo’shimchasi. Bu qo’shimcha yashїl(yashil), qїzїl(qizil), tükәl (tugal) singari so’zlar tarkibida uchraydi.

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling