3- amaliy mashg‘ulot sifat yasalishi. Son turlari. Sanoq, jamlovchi, tartib sonlar, numerativ so‘zlar Reja


Download 43.74 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1630517
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'TT-3 amaliy

Sifat darajalari. Qadimgi turkiy tilda sifat darajalari sifatlar oldidan biror so’zni qo’llash yoki sifatlarga biror affiksni qo’shish orqali hosil bo’ladi. Xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, 3 xil daraja shakli mavjud:

  1. Oddiy daraja. Bu darajada belgining ortiq yoki kamligiga munosabat bildirilmaydi.

2. Qiyosiy (ozaytirma) daraja. Bu davr yodgomalarida hozigi o’zbek adabiy tilidagi -roq qalin (-raq) va ingichka (-rәk) variantlariga ega va u belgining ortiq yoki biroz kamligini ko’rsatadi. Masalan: yig (yaxshi) – yigrәk (eng yaxshi), qatїg’raq, artuq (ortiq) – artuqraq (eng ortiq).
3. Orttirma daraja. Orttirma daraja narsa va predmetdagi belgining boshqa predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aң, əң, anyїg’ - tugəl kabi so’zlar qo’llangan. Bu so’zlar hozirgi o’zbek tilidagi juda, hech kabi so’zlarga to’g’ri keladi: ayїg’ ədgu, əң ilki, anyїg’ yablaq, /Kt/.
Ishdan maqsad: Talabalarga qadimgi turkiy tildagi son va uning turlari haqidagi bilimlarni singdirish va mavzu yuzasidan ularning ko’nikma va malakalarini mustahkamlash.

Son qadimgi turkiy tilda ham narsa va predmetlarning soni, miqdori va tartibini bildirgan. VI-XI asrlardagi yozma yodgorliklarda songa oid bir hususiyat bor. Bunda birlik oldin aytilib, undan keyin shu songa oid o’nlik emas, undan keyin o’nlik aytiladi: yəti otuz - yigirma etti, bir qirq - o’ttiz bir, bir otuz -yigirma bir /Kt/. Sanashning bu tartibi XI asrgacha qo’llangan, XI asrdan keyin esa hozirgidek qo’llangan.2


Sonlar morfologik tuzilishiga ko’ra quyidagi bir necha gruppalarga bo’linadi.
Sanoq son. Bu turdagi sonlar morfologik ko’rsatkichlarga ega emas.Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, əki, uch, tөrt, bəs, altї, yəti, yigirmi, otuz, əlik, yuz, miң, tumən /10000/ va h.Tabg’ach atlїg’ süsi bir tümәn artuqї yәti biң süg ilki kün өlürtüm (Bx).Qug’ Sәngün bashadu, tөrt tümәn sü kәlti (Bx).
Sanoq sonlar orasida bir soni o’zining funktsiyasiga ko’ra boshqa sonlardan ajralib turadi. Bir soni konkret aniq miqdorni ko’rsatishdan tashqari, ba’zan noaniqlikni ham bildiradi.

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling