O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


-ma’ruza. So`z birikmasi – atov birligi sifatida


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

3-ma’ruza. So`z birikmasi – atov birligi sifatida. 
 SBning nominativ tabiati.
 
Reja: 
1.Nutqiy so`z birikmasi (SB) haqida tushuncha.
2. SB va so`z.
3. SB va ibora.
4. SB da hokim va tobe kengayuvchi va kengaytiruvchi so`z. 
 
Nutqiy so`z birikmasi (SB) haqida tushuncha. Nutqda tushunchalarni aniqroq 
va muayyanroq ifodalash zarurati tug`iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha 
ifodalovchi so`z o`rniga nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so`z birikmasini afzal qilib 
qo`yadi. qiyoslang: o`qimoq - tez o`qimoq. Keyingi nutqiy hosilada «harflarni 
urishtirib ma‘nosini tushunish» harakati (o`qimoq) so`zidagiga nisbatan aniqroqdir. 
Chunki unga (tez) so`zi ko`maklashgan. Ko`rinadiki, so`z ham, so`z birikmasi ham 
tushuncha ifodalaydi. So`z ifodalaydigan tushuncha noaniq va, demak, kengroq 
(masalan, (o`qimoq) fe‘lida harakat tez ham, sekin ham bo`lishi mumkin), so`z 
birikmasida esa ikki tushuncha o`z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va 
muayyan harakatni («harflarni tez urishtirib, ma‘nosini tushunish») ifodalagan. 
Demak, so`z o`z ma‘noviy imkoniyatini to`laroq va ravshanroq namoyon qilishi 
uchun boshqa bir mustaqil so`zga ehtiyoj sezadi. Bu so`z uning ma‘noviy ehtiyojini 
qondirmog`i uchun ham ma‘noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo`lmog`i 
lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga diqqat qilaylik: olmani 
termoq, osmonni ushlamoq, Salim keldi, kitobni o`qimoq 
Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so`zlari ma‘noviy jihatdan 
muvofiq bo`lib, biroq ularning grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. 
Ikkinchi birikuv (osmonni ushlamoq) da so`zlar grammatik shakli jihatdan mos 
bo`lsa-da, ma‘noviy tabiatlarining «beo`xshovligi» ularning birikuv hosil qilishlariga 
yo`l qo`ymaydi. Uchinchi birikuvda a‘zolar ham ma‘noviy, ham shakliy jihatdan 
muvofiqdir. Bu ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To`rtinchi birikuv 
(kitobni o`qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so`zning 


ma‘no va grammatik jihatdan tobelashuvidan tashkil topib tushuncha ifodalashga 
xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so`z tobe, ikkinchisi hokim bo`lib, ular 
tobelik va hokimlik xossalari hamda vositalariga egadir. Bu ularning ma‘noviy 
mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) 
xususiyatlaridir. Demak, nutqiy so`z birikmalari uchun quyidagi belgilarni 
ko`rsatish mumkin: 
a) birdan ortiq mustaqil so`z; 
b) a‘zolarning ma‘noviy va grammatik jihatdan mosligi
v) tobelik; 
d) tushuncha ifodalashi. 
So`z birikmasi bu to`rt belgisining har biri bilan o`ziga yondosh hodisalarga 
o`xshaydi ham, bir vaqtning o`zida farqlanadi ham. Masalan: Birdan ortiq mustaqil 
so`zdan tashkil topganligi bilan so`zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan u bilan 
o`xshashlik kasb etadi. Gaplar birdan ortiq mustaqil so`zning ma‘noviy va grammatik 
jihatdan tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SB dan farqli o`laroq, fikr 
ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o`xshashlari munosabatiga alohida-alohida 
to`xtalish lozim bo`ladi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling