O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Jurnalistika fakulteti
O’zbek tilshunoslik kafedrasi
“Hozirgi o‘zbek tili” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Sodda gap haqida ta’limot
Bajardi: Xayrullayev Umidjon
Tekshirdi: Xamidova Mahfuza
Toshkent – 2022
Mundarija:
Kirish.
I BOB. SON VA UNING UMUMIY GRAMMATIK MA’NOLARI
Sonning ma’no jihatdan turlari.
Hisob so‘zlar (numerativlar).
Bob bo‘yicha xulosalar.
Kirish
Son predmetlarning mavhum sanog'ini, tartibini bildirishi bilan boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. Sanaladigan predmet nomini anglatuvchi ot bilan qo'llanmagan (besh, o'n, belidan ikki kabi) sonlar matematik son ma'nosini ifodalab, mavhum ma'noli bo'ladi va faqat sonlarning nomini anglatadi. Sonlar sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi so'zlar bilan qo'llanganda esa son turkumini tashkil qiladi. Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan o'sha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish belgining (harakatning) belgisini bildiradi, son esa. predmetning miqdori, sanog'i va tartibiga ko'ra belgisini ifodalaydi. Sanoq son predmetiing miqdor jihatidan belgisini ko'rsatadi. Bunday vaqtda, deydi N. Dmitriyev, u aniqlanadigan predmet bilan sintaktik aloqaga kirib (aniqlovchi vazifasida kelib) sifatga yaqinlashadi. «Predmetlarning sanog‘i va asosan aniq miqdori uchun ishlatiladigan so‘z» – sonning so‘z turkumi sifatidagi UGMsi. Sanaladigan predmet uchun ishlatilganda ularning sanoq va miqdorini anglatadi. Son so‘z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan munosabatga kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin turadi. Biroq aniq miqdor bildiruvchi bu so‘zlar predmetning noaniq miqdorini bildiruvchi oz, ko‘p, mo‘l kabi sifatdan ajralib turadi. Sifat raqam bilan ifodalanmaydi. Son esa noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan beriladi: uch-to‘rt kun (3-4 kun). Bu esa ular anglatgan miqdor noaniqligi ham nisbiy ekanligidan dalolat beradi.
Songa oid so‘z matematik son ma’nosida esa faqat sonning nomini bildiradi. Demak, predmet nomini anglatuvchi so‘z bilan munosabatda namoyon bo‘ladigan ma’nosi bilan son so‘z turkumini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |