O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti O’zbek tilshunoslik kafedrasi “Hozirgi o‘zbek tili” fanidan


Download 56.66 Kb.
bet3/12
Sana23.12.2022
Hajmi56.66 Kb.
#1046841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
umid kurs ishi

Sonning ma'no jihatdan turlari. Sonlar ma'no va grammatik xususiyatlariga ko'ra dastlab ikkiga bo'linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor sonlar predmetning miqdori, belgisini, tartib sonlar esa ularning tartibi, sirasiga ko'ra belgisini ko'rsatadi.
Miqdor sonlar predmetlarni sanash, donalash, taqsimlab yoki taxminlab ko'rsatish uchun qo'llanadi. Sonning bu turi quyidagicha grammatik xususiyatlariga ko'ra tartib sonlardan farqlanadi:

  • Miqdor sonlar o'ziga xos morfologik ko'rsatkichlarga ega. Tartib sonlar esa -(i)nchi affiksi orqali yasaladi. .

— Miqdor sonlar hisob so'zlari (numerativlar) bilan birga qo'llanadi. Tartib sonlar esa bu xil so'zlarsiz ishlatiladi.
— Miqdor sonlar juftlanib kela oladi, tartib sonlarda bu xususiyat yo'q.
— Miqdor sonlar birikmali holda uchdan bir, to'rtdan uch kabi formalarda ishlatiladi, tartib sonlar esa bunday qo'llanmaydi.
— Miqdor sonlar -lar affiksini olib ko'pincha taxminiy miqdor bildiradi, tartib sonlar esa ba'zan -lar affiksini olib otlashadi, ko'plikni ifodalovchi ot vazifasida keladi: Soat uchlarda yig'ilish boshlanadi.
Qodirning yoshi 30 larda bo‘lsa kerak. Birinchilarga mukofot berildi.
Miqdor sonlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1) sanoq sonlar; 2) chama s o n l a r; 3) jamlovchi sonlar; A) kasr sonlar.
Sanoq sonlar. Sanoq sonlar predmetlarni sanash, donalab ko'rsatish va taqsimlash ma'nolarini bildiradi. Masalan: Har uch bola bir komanda bo'lib, buning biri komandir bo'lar ekan
1. Bir so'zi tub so'z shaklida qo'llanganda: a) sanoq ma'nosini anglatib, predmetning miqdorini bildiradi. Yana bir masalani gaplashib olishimiz kerak; b) ot oldida noaniqlikni ko'rsatuvchi formant bo'lib keladi. Bu vaqtda u ma'lum miqdor ma'nosi bilan bog'lanmaydi: Keng yag'rinli bir o'zbek yigiti so'zlay boshladi. Bu misollarda bir so'zi ham miqdor, ham noaniqlikni ko'rsatishi mumkin. Jonli tilda bunday birikma farqlanib turadi: bir so'zi miqdorni ko'rsatsa, logik urg'u oladi (bir kitob); poaniq formant bo'lib kelsa, urg'u olmaydi (bir kitob). Bunday hollarda bir so'zining aniq yoki noaniq miqdor ifodalashini aniqlash uchun yuqoridagi tipli birikmani qaratqichli birikmaga aylantirib ko'rish, kerak. Agar qaratqichli birikmaga aylantirib bo'lsa,. aniq miqdorni; qaratqichli birikmaga aylantirib bo'lmasa, noaniq miqdorni bildiradi: bir o'quvchi — o‘quvchilarning biri. (Bunda aniq miqdor ifodalangan.) Bir so'zidan keyingi so'z egalik qo'shimchasini olgan ot yoki ko'rsatish olmoshlaridan bo'lsa, u doim aniq miqdorni ifodalaydi: bir kitobim; Bu yerda bir shu, uy qoldi. Noaniqlikni bildiruvchi formant bo'lib kelganda ba'zan sifat bilan birga birikmali aniqlovchini tashkil etishi mumkin. Masalan: qiziq bir kitob; v) harakatning belgisini bildirib, gapda hol bo'lib keladi: Mashina bir lapangladi-da, yana ilgariladi. (S. Ahm.) Ba'zan ma'noni kuchaytirish uchun shu xildagi gaplarda kesim takrorlanib keladi: bir urishdi, bir urishdi...; g) mazmunidai istak anglashilgan gaplarda biror voqea- hodisaning bajarilishi mo'ljal qilinganligini bildiradi: ertaga bir dam olsam; d) predmetniig bir turda yoki jinsdosh ekanligini ifodalab, «bir xil» degan ma'noii bildiradi. Masalan: Uning direktor Nishonxo'jaev bilan tili, dili, qilig'i bir. (Gazeta- dan.) Tiling bilan ko'nglingni bir tut. Karima bilan Erkin- ning 'eshi bir; s) ma'n?ni kuchaytirish uchun qo'llaiiladi. Bunday vaqtda bir so'zi kuchli intonatsiya bilan aytiladi: Oqsoydan o'tgani- mizda bir (ham) yomg'ir yog'di! (S. An.); yo) aniqlovchili birikmaga ioaniqlik ottenkasini qo'shadi: Safarov uni xunuk bir xabar bilan qarigi oldi. (A. Q.) Ularning yuzida bir chiroyli tabassum porlaydi. (S. Ahm.); j) navbatma-navbat yuzaga keladigan voqealarni nfoda- lab, ayiruv bog'lovchilari vazifasida qo'llanadi. Masalan: Bola bir bizga qaraydi, bir otasiga qaraydi. Ba'zai egalik affikslarini olib, o'xshashlik ma'nosini bnldirishi mumkin: O' ham mening birim (u ham menga o'xshash).
2. Bir so'zi ba'zi affikslar yoki yuklamalar bnlan birga qo'llanadi: a) jo'nalish kelishik qo'shnmchasini qabul qilib,. birgalik ma'nosini ifodalovchi holat ravishita ko'chadi: Studentlar bilan birga ishladik; b) chiqish kelishik qo'shimchasi bilan birga -kelib, to'satdats buladigan voqeani ifodalovchi holat ravishiga ko'chadi: Bola birdai qishmrib yubordi. Bir so'ziga qo'shilib kelg'ai jo'ia- lish(1 chnqish kelishik qo'shimchalari hozirgn tilda qogib qol- gan morfemalar. sanaladn; v); -day yasovchisina olib, ravish vlzifasida keladi: Bi- mornipg ahdoli birday. Uqituvchi hammamizga birday qaraydi; g') -oa afflksshsh olib,, nshyaiq, shaxs ma'noeiii bildirpdi: bnrov chaqiryapti. Ba'zi daalektlarda birov so'zi amiq shpxsii ko'rsatadi: Kelmasa, taqdirimdan ko'rayin, so'ngra men ham birovingman bo'layin. (E. Jumanbulbul.); d) -or(-on) affiksi qo'shilib keladi: Biror voqea yuz ber- dimikin? Ba'zan bu so'zdan keyin -ta affiksi qo'llanadi: Bu uyni bironta odamga topshiraman. (S. Ahm.); ye) -gina yuklamasini olib, chegaralash ma'nosini ifoda- laydi. Bu vaqtda - gina affiksi bir soniga qo'shilsa ham, shu so'z emas, keyingi so'z chegaralab ko'rsatiladi. Shuning uchun ham birgina so'zi fatsat so'ziga teng keladi. Masalan: Majlisga birgina siz kelmadingiz. Shuni ta'kidlash lozimki, -gina yuk- lamasi bir so'ziga yoki bu so'z tomonidan aniqlanayotgan so'zga qo'shilishidan qat'i nazar chegaralash ma'nosi aniqlanmish so'zga oid bo'ladi: Majlisga birgina siz kelmadingiz — Maj- lisga faqat (bir) sizgina kelmadingiz; yo) foietik jihatdan o'zgargan ham yuklamasi bilan qo'l- langanda belgining ortiqligini ko'rsatadi: Ko'zi biram o'tkir ekanki... (S. Ahm.) Tog' tizmalari biram ajoyib... (S. Ahm.);
j) -oq elementining qo'shilishi bilan bog'lovchiga aylana- di: Havo bulut bo'ldi, biroq yomg'ir yog'madi; z) bir so'ziga -(a)kay affiksi qo'shilib kelib, «butun- lay» yoki «tamoman» ma'nolarini bildiruvchi ravish bo'lib keladi: Suv birakay to'xtaydi.
3. Bir so'zi quyidagi so'zlar bilan qo'shilib keladi: a) rov, pas (nafas), zum, payt, yil, vaqt, oy, kun kabi so'zlar bilan birga qo'llanib gapda payt holi bo'lib keladi. .Masalan: Men sizni bir kuni kolxoz idorasida uchratdim. (A. K) Mehmonlar birrov kelib ketishdi. Urmonjonni bir- pas kutib turdik. (A. Q.) Yil, kun so'zlari bir so'zi bilan birga kelganda, III shaxs birlikdagi egalik affiksi bilan birga ham qo'llanadi: Bir yili biz shu yerda uchrashgan edik. Bir shni rais meni kolxoz idorasiga chaqirib qoladi. (A. Q.) Kun, vaqt, payt, yil so'zlari ko'plikni ifodalovchi -lar affiksini qabul qilishi ham mumkin. Masalan, bir kunlari, bir vaqtlari, bir paytlari, bir yillari...;
b) necha, qancha, sidir(g')a, oz, muncha, qadar so'zlari bilan qo'shilib, hol yoki aniqlovchi vazifasida keladi: bir necha stu- dent, bir qancha kitob, birmuncha (bir qadar) qarab chiqdim, bir oz ishladik, bir sidir(g')a ko'rib chiqdim;
v) bir so'zi nima, narsa so'zlari bilan birga kelib no- >aniqlik ma'nosini bildiradi. Bu vazifada kelgan nima va narsa so'zlari o'zaro sinonim bo'ladi: Unda kutilmagan bir narsa paydo bo'ldi. (S. Ahm.) ...unga bir nimalarni ko'rsatdi;
g) qator, talay so'zlari bilan birikib, predmetning bel- -gisini ko'rsatadi: Majburiyatni o'z vaqtida bajarish uchun bir sator tadbirlar belgilab chiqdim. («Qizil Uzbekiston» gaz.) 'Traktor bir yarim kunda bir talay qo'riq yer ochipti. (A.Q.);
d) xil so'zi bilan birikib kelganda ikki xil: «bir tur- dagi» yoki «g'alati» kabi ma'nolarni bildiradi: Chorbozordagi bog'imni pullashni uchini chiqarganimdayoq vajohati bir xil bo'lib, tutuni osmonga chiquvdi. (As. M.) Bir xil kitoblarni oldim; ye) bir so'zi bari, ba'zi, har, qay(si) so'zlaridan keyin ke- lib, qo'shma so'zni tashkil etadi: ba'zi bir, qay(si) bir so'z- lari sifat vazifasida, har bir — olmosh vazifasida, bari- bir (asli ega + kesim munosabatidan kelib chiqqan)—kirish so'z yoki so'z-gap funktsiyasida qo'llanadi: Bu odamlarning saysi birini ishontiradi! Bulardan tashqari bir so'zi juftlanib kela oladi. Bun- day vaqtda ular kelishik (qotib qolgan kelishik affikslari) va egalik affikslarini oladi: bir-biri, birdan-bir, birma- bir, bir-biriga, biri-biriga kabi. Shuningdek, bu so'z birin- sirin, birin-ketin kabi juft so'zlarning oldiigi komponenti bo'lib ham keladi. Bir so'zining juftlaiishida o'ziga xos xususiyatlar ham mavjud: Bir so'zi juftlansa, ravishga ko'chadi: ...ipak namunalariga bir-bir qarab chiqdi. (0.) Juftlangan bir so'zinipg oldingisi chiqish kelishik for- masida kelsa, yagona, yakka kabi ma'nolarni bildiradi: Bu mushtiparning birdan-bir orzusi shu-ku! (M. Ism.)
Juftlangan bir so'zining har ikkisi egalik, kelishik va ko'plik affikslarini olib kelgan bo'lsa, keyingi bir so'zi «ikkinchisi» yoki «boshqasi» degan ma'noni bildnradi: Biri- birining davomchisi, biri-biriga ustoz.

Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling