O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti O’zbek tilshunoslik kafedrasi “Hozirgi o‘zbek tili” fanidan


Download 56.66 Kb.
bet6/12
Sana23.12.2022
Hajmi56.66 Kb.
#1046841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
umid kurs ishi

«Dona son» LMG. Dona son -ta qo‘shimchasi va dona, nafar, bosh kabi hisob so‘zi bilan hosil qilinadi. -ta qo‘shimchali dona son predmetning miqdorini donalab ko‘rsatish uchun ishlatiladi: Bitta bargni uzib Zokir otaga uzatdi. (A.Qah.).
Bu affiks har qanday son o‘zagiga qo‘shilib kela oladi: (to‘qqizta), (o‘n to‘rtta), (uch yuzta), (yetti yuzta). Undan keyin ko‘plik shakli qo‘shilmaydi.
Egalik affiksining dona son qo‘shilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, bunda III shaxs birlik ((bittasi), (oltmish oltitasi)) va boshqa shaxsning ko‘plik (sizning beshtangiz, bizning o‘ntamiz) shakli faol.
Dona son fe’l oldida kelganda tarz ma’nosini ifodalab, gapda hol bo‘lib keladi: Men bitta gapiraman. Yuklama olib «chegaralab, ayirib, donalab, kamaytirib ko‘rsatish» ma’nosini ham ifodalaydi: (to‘rttagina), (uchtagina).
Dona son ko‘rsatkichi nafar, bosh, jon, dona so‘zi bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi: bitta – bir dona, o‘nta – o‘n nafar, beshta – besh jon kabi.
«Chama son» LMG. Chama son -tacha, -lab, -larcha qo‘shimchasi, sonning juft shakli, taxminan, qariyb, taqriban, chamasi, yaqin, kamida, ortiq/mo‘l(roq) kabi ravish va boshqa turkum so‘zi orqali hosil qilinadi: o‘nta ishchi, millionlab yurtdoshlar, o‘nlarcha mashina, soat o‘n birlar, uch-to‘rt kun, taxminan o‘nta, yuzga yaqin, kamida besh mingta, sakson besh mingdan ortiqroq.
Hisob so‘zi bilan kelgan son -cha qo‘shimchasi bilan chama ma’nosini beradi: uch yilcha burun, besh kilometrcha.
«Jamlovchi son» LMG. Jamlovchi son bir turdagi predmetning miqdoriy yig‘indisini ifodalaydi va sakkiz sonidan quyi turuvchi songa qo‘shiladi. Ular quyidagicha hosil qilinadi:

      1. ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti soniga -ov/-ovlon affiksi qo‘shiladi: (ikkov(lon)), (uchov(lon)), (to‘rtov(lon)), (beshov(lon)), (oltov(lon)), (yettov(lon)) (Bu shaklli son haqida so‘z turkumlarining ko‘chishi muammosi haqida fikr bildirilgan edi). Jamlovchi son EКda kelishi mumkin: (beshovimiz), (ikkovi). Bu hodisa otlashuv sanalmaydi.

      2. ikki, uch, to‘rt so‘zi -ala qo‘shimchasini olib jamlash ma’nosini ifodalaydi: (ikkala), (uchala), (to‘rtala), (beshala).


Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling