O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti O’zbek tilshunoslik kafedrasi “Hozirgi o‘zbek tili” fanidan


Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug‘aviy shakl hosil qiluvchi vositalar


Download 56.66 Kb.
bet4/12
Sana23.12.2022
Hajmi56.66 Kb.
#1046841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
umid kurs ishi

Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug‘aviy shakl hosil qiluvchi vositalar. Son ma’no va grammatik xususiyatiga ko‘ra dastlab ikki LMTga bo‘linadi: «miqdor son» LMTsi va «tartib son» LMTsi. «Miqdor son» LMTsi predmetning miqdorini, «tartib son» LMTsi esa tartibi, sirasiga ko‘ra xususiyatini bildiradi.
Bu LMTlar o‘zaro quyidagi munosabatga ega:
– miqdor son ichki LMGlarga ega. Tartib son LMTsi bir vaqtning o‘zida LMG ham;
– miqdor sonlar hisob so‘zi bilan qo‘llana oladi, tartib son esa bunday xususiyatga ega emas;
– miqdor sonlar juftlasha oladi, tartib sonda esa bunday xususiyat yo‘q;
– miqdor sonlarga (beshdan bir), (uchga bir) kabi birikmali qo‘llanish xos, tartib songa esa xos emas;
– miqdor sonlar ko‘plik shaklini olganda taxminiy miqdor bildiradi (uchlarda keldi), tartib son esa bunday holda otlashib ketadi: birinchilar – birinchi odamlar.
«Tartib son» LMGsi. Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi o‘rnini bildirish, shuningdek, boshqasidan farqini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Tartib son sanoq songa -(i)nchi affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
-(i)nchi affiksi o‘rnida ba’zan -lamchi shakli ham ishlatiladi. Masalan: Birlamchi, g‘alamis odamlarning gapiga quloq solmanglar, ikkilamchi, o‘zlaring bilasizlar, mardikorlikka ketganlar ko‘pi bilan olti-yetti oylarda qaytishadi...(A.Qah.)
Tartib son fe’l bilan bog‘langanda miqdorni ham anglatadi: Bu gapni birinchi eshitishim. (S.Ahm.)
Tartib sonlar oy kunining tartibini bildirganda vaqt ifodalovchi otlardan oldin keladi: ikkinchi aprel, yigirma uchinchi aprel, o‘n sakkizinchi mart, yigirmanchi noyabr kabi. Bu rus tilining ta’siri, albatta. Sof o‘zbekcha oy kuni hisobi aprelning ikkinchi kuni, noyabrning yigirmanchi kuni tarzida bo‘ladi.
Tartib sonning otlashgan va otlashmagan holatini farqlash lozim. Odamlarning birinchisi, o‘quvchilarning beshinchisi birikuvida sondagi egalik qo‘shimchasidan oldin tushirilgan otni qo‘yib bo‘lmaydi. Demak, bu son otlashmagan. Birinchi kitobni sen olasan, ikkinchisini men gapida ikkinchi tartib soni otlashgan.

Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling