O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti O’zbek tilshunoslik kafedrasi “Hozirgi o‘zbek tili” fanidan


I BOB. SON VA UNING UMUMIY GRAMMATIK MA’NOLARI


Download 56.66 Kb.
bet2/12
Sana23.12.2022
Hajmi56.66 Kb.
#1046841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
umid kurs ishi

I BOB. SON VA UNING UMUMIY GRAMMATIK MA’NOLARI

    1. Sonning ma’no jihatdan turlari.

Sonning grammatik xususiyati. Son morfologik va sintaktik xususiyatining o‘ziga xosligi bilan boshqa turkumlardan ajralib turadi.
1. Sonda o‘ziga xos morfologik ifodasiga ega bo‘lgan quyidagi Grammatik xususiyat mavjud:
sanoq songa -(i)nchi affiksining qo‘shilishidan predmetning tartibiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi grammatik ma’no hosil bo‘ladi: birinchi, o‘ninchi.
– sanoq songa -ov, -ala affiksining qo‘shilishidan predmetning guruhini, to‘dasini ifodalovchi grammatik ma’no hosil bo‘ladi: (ikkovi), (uchalasi).
– sanoq songa -ta+cha, -lab affiksining qo‘shilishidan predmetning taxminiy hisobini ifodalovchi grammatik ma’no hosil bo‘ladi: (o‘ntacha), (yuzlab).
– sanoq songa -ta+dan affiksining qo‘shilishidan predmetning taqsimini ifodalovchi grammatik ma’no hosil bo‘ladi: (ikkitadan), (o‘ntadan).
2.Hisob so‘zi (juft, gramm, dona, metr) bilan qo‘llanilishi uning o‘ziga xosligini belgilovchi muhim belgidan biri.
3.Sintaktik kategoriya cheklangan voqelanishga ega.
4.Sonlar yasalish xususiyatiga ega emas. Biroq sondan boshqa so‘z turkumi yasaladi: birlashmoq, ikkilanmoq (fe’l), beshlik (ot) kabi.
Son quyidagi sintaktik xususiyatga ega.

  1. Son otdan oldin kelib, asosan, aniqlovchi vazifasini bajaradi.

  2. Sonlar cheklangan darajada bo‘lsa-da, gapning barcha bo‘lagi vazifasida kela oladi.

  3. Son ot oldida aniqlovchi vazifasida kelganda, u bilan birga ajralmas birikmani vujudga keltiradi: ikki talaba kelmadi birikuvida ikki talaba ajralmas birikma bo‘lib, bitta bo‘lak, ikki so‘zi esa bo‘lakning bo‘lagi vazifasida kelgan.

  4. Son va sifatni aniqlovchi sifatida qo‘llashga to‘g‘ri kelganda avval son, keyin sifat joylashadi: uchta a’lochi talaba, beshta ilg‘or terimchi.

Sonlar otlar bilan birga qo'llanib, bir necha predmetlarning yig'indisini, aniq miqdorini bildiradi. Shu jihatdan sonlar predmetlarning noaniq miqdorini ifodalovchi ko'p, oz, bir oz kabi so'zlardan farqlanadi. Sonlar ham predmet- larning aniq miqdorini (o'nta kitob) yoki noaniq miqdorini (beshtacha odam) ifodalaydi. Bu hollarda ham sonlarni yozuv- da raqamlar bilan ifodalash mumkin. Bir oz, ko'p, ancha kabi predmetlarning noaniq miqdorini bildiruvchi so'zlar esa raqamlar bilan ifodalanmaydi. Shuning uchun ham ular son hisoblanmaydi. Sonlar o'ziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi.
1.Sonlarda o'ziga xos formal ko'rsatkichga ega bo'lgan quyidagi kategoriyalar mavjud:
— Sanoq sonlarga -(i)nchi affiksiiing qo'shilishidan predmetlarning tartibiga, sirasiga ko'ra munosabatini ko'r satuvchi kategoriya hosil qilinadi: birinchi, o'n beshinchi.

  • Sanoq sonlarga -ov, -ala affikslarining qo'shilishidan predmetlarning gruppasini, to'dasini ko'rsatuvchi kategoriya hosil qilinadi: ikkovi, uchalasi.

  • Sanoq sonlarga -ta cha, -lab affikslarining qo'shilishidan predmetlarning taxminiy hisobini ko'rsatuvchi kategoriya hosil qilinadi: o'ntacha, yuzlab, minglab.

— Sanoq sonlarga -ta dan affiksining qo'shilishidan predmetlarning taqsimini ko'rsatuvchi kategoriya hosil qili- nadi: ikkitadan, beshtadan va hokazo.
2. Metr, dona kabi hisob so'zlari (numerativlar) bilan birga qo'llanishi ularning boshqa so'z turkumlaridan ajratib turuvchi o'ziga xos belgilaridan biri- dir.
3.So'z o'zgartuvchi qo'shimchalar sonning hamma turlariga ham otlardagi funktsiyasi kabi qo'shila bermaydi. (Bu haqda sonning har bir turi haqida ma'lumot berilganda maxsus to'xtab o'tiladi.)
4.Sonlar deyarli so'z yasovchi affikslarni qabul qilmaydi. Boshqa so'z turkumlaridan son yasalmaydi. Sondan esa turli so'z turkumlariga oid so'zlar yasalishi mumkin: uchlik, ikkilanmoq. Ba'zi sonlar hech qanday affikslarsiz ham ot va zifasida ishlatilishi — otlashishi mumkin: qirq, yetti, yigirma (aza marosimlari nomlari) va boshqalar.
Sonlarning sintaktik xususiyatlari quyidagicha:
1. Sonlar odatda otlar bilan qo'llanib, ularning aniqlov chisi bo'lib keladi. Bu ularning asosiy sintaktik xususiyatla ridan biridir.
2.Sonlar hech qachon o'zicha belgi ifodalovchi so'zlarni tobe qilib kelmaydi — aniqlovchi olmaydi.
3.Sonlar ot oldida aniqlovchi vazifasida kelganda ko' pincha keyingi hokim bo'lakka nisbatan ot bilan birikmali bo'lak hosil qilgan holatda munosabatga kirishadi: Uchta odam kelmadi gapini aniqlovchisiz — odam kelmadi holida qo'llab bo'lmaydi. Bunday holatlarda ot oldidagi son — aniqlovchi birga qo'llanishi shart.
4.Ba'zan son va sifat birga otning aniqlovchisi vazifasida kelishi mumkin. Bunday vaqtda o'zbek adabiy tili normasiga ko'ra ko'pincha oldin son — aniqlovchi, keyin sifat—- aniqlovchi keladi: ikkita baland uy, beshta ilg'or terimchi siz- lar, o'nta qora paxta gulli piyola.
5.Sonlar gapda ko'pincha aniqlovchi, kesim, ega, to'ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: Bir chetda gulzor oralab igskita chiroyli qiz gul terib yuribdi. (0.) Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta. (A. Q.) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to'rttasi bor. (S. Ahm.) Nimalar o'ylayotgani ikkalasiga ham ayon. (As. M.) Biri biriga o'rtoq. (G'. G'.)1 Sonlarning yuqorida qayd qilingan grammatik xususiyatlari ularning turlari ichida o'ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Bu xususiyatlar sonlarning kam yoki ko'p miqdor bildiruvchi ko'rinishlariga, ularning tuzilish turlariga ko'ra yana turli xususiyatlarga ega bo'ladi. Shuning uchun bu masalalar haqida tegishli bo'limlarda to'laroq ma'lumot beriladi.


Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling