O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti O’zbek tilshunoslik kafedrasi “Hozirgi o‘zbek tili” fanidan


Download 56.66 Kb.
bet7/12
Sana23.12.2022
Hajmi56.66 Kb.
#1046841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
umid kurs ishi

«Taqsim son» LMG. Taqsim son LMG -tadan lug‘aviy shakli orqali hosil qilinadi: (bittadan), (o‘ntadan). Taqsim son gapda ot yoki fe’l oldidan kelishi mumkin: o‘ntadan olma, beshtadan oldi.
Sonning butun yoki qismni ifodalashiga ko‘ra turi. Son butun yoki qismni ifodalashiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

  1. butun son;

  2. kasr son;

  3. aralash son.

Butun son narsa-miqdori yoki sanog‘ini uning butun holatida ifodalaydi: bir, yuz, ikki ming.
Кasr son butunning bo‘lagini, ulushini ifodalaydi: ikkidan bir, chorak, yarim.
Aralash son butun va kasr sonning birligidan tashkil topadi: bir butun uchdan ikki.
Sonning butun yoki qismni ifodalashiga ko‘ra turlarga bo‘linishini LMGga ajratishdan farqlash lozim.2
Aloqa-munosabat kategoriyalarning son turkumida voqelanishi. Son cheklanmagan muchalanuvchanlikka (gap bo‘lagi vazifasida kelishga) ega, ya’ni u istalgan gap bo‘lagi vazifasida kela oladi:

  1. Кesim: Bu xotinning joni bitta emas, balki mingta. (A.Qah.)

  2. Ega: Dushmanning yuz birinchisi qoldi. (A.Qah.)

  3. Hol: Samarqandni bir necha marta ko‘rganman. U marraga birinchi yetib keldi.

  4. Aniqlovchi: Bir chetda gulzor oralab ikkita chiroyli qiz gul terib yuribdi. (Oyb.)

  5. To‘ldiruvchi: Jurnalning birinchisini topdim.

Shunga muvofiq, son turkumi КК, EК va kesimlik kategoriyasini o‘z doirasida voqelantiradi.
Egalik kategoriyasi. Son turkumi EК UGMsini «keyingi sonni oldingi so‘zga bog‘lash va mansublik, xoslik ma’nosini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Matn va birikuvchi so‘zning semantikasiga bog‘liq ravishda turli-tuman grammatik ma’no ifodalanishi mumkin. Lekin «keyingi sonni oldingi so‘zga bog‘lash» kategorial ma’no xususiylashmasi sifatida o‘zgarmay qolaveradi. Quyida son turkumining EК UGMsini xususiylashtirishidagi o‘ziga xosliklarni ko‘rib o‘tamiz.
Egalik affiksi o‘zi birikkan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda EКdagi so‘z QКdagi so‘z bilan keladi: olmaning beshtasi, odamlarning o‘ntasi.
EКdagi so‘z ba’zan ChКdagi so‘z bilan ham birga qo‘llanilishi mumkin: odamlardan uchtasi.
EКning birlik va ko‘plik shakllari qo‘llanilishida farq bor. Кo‘pincha, miqdor bildiruvchi o‘zaklarga birlik son shakli qo‘shilmaydi: (beshtangiz), (ikkovimiz). Bu jihatdan III shaxs egalik affiksi farqlanadi: (biri), (oltovi).

Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling