Bolalik paytlari bir saroy ekan Saroy eshiklari dur-gavhar ekan


Download 45.53 Kb.
bet1/9
Sana22.02.2023
Hajmi45.53 Kb.
#1219914
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kitob



Bolalik

Bolalik paytlari bir saroy ekan


Saroy eshiklari dur-gavhar ekan,
Yil o'tib, ulg'ayib, uni bolalar
Ko'z yumib, ochguncha tark etar ekan.

Bolalik, quvonchli, baxtli onlarim,


Eng go'zal, beg'ubor shirin damlarim,
Yoshlikni eslaydi barcha odamlar,
Aslida bolalik qaytmas baxt ekan.

Bolalik gulzordir aslida aytsam,


Ko'zimga yosh kelar, shu on eslasam,
Qaniydi balalikka bir bora qaytsam,
Beg'ubor damlarni shu onda topsam.

Topolmay qolamiz

Hayotda ko’rarkanmiz,har xil insonni,


Ba’zan farqlash zarur yaxshi-yomonni.
Goho kezib chiqib, butun dunyoni,
Topolmay qolamiz, bir oqibatni.
Yuraklar yig’larkan, izlab mehrni,
Vijdon qiynaladi, yupatib qalbni.
Odamlar sochganda achchiq zahrini,
Topolmay qolamiz, bir oqibatni.
Ba’zida unutib barcha g’amlarni,
Ichimizga yutib alam-dardlarni,
Yodimizdan chiqarib gap-u so’zlarni,
Topolmay qolamiz, bir oqibatni.
Do’stlarning ko’zida, ko’rsak nafratni,
Unutib qo’yishsa, hurmat-izzatni,
Izlab butun, dunyo kezsak ham,
Topolmay qolamiz, bir oqibatni!!



Haqiqiy do’st

Do’st degani nima o’zi,


Hamroh, hamfikr, hamdo’st.
Farqlang dushman-la do’stni,
Eng yaxshisi haqiqiy do’st.

Xatolaringiz aytib,


Vaqtida tuzatadi.
To’g’ri yo’l sari boshlab,
Ezgulikka chorlaydi.

Iymonli bolgin deydi,


Juda vafoli bo’lar.
Yaqinlashma yomonga,
Deya ogohlantirar.

Og’ir kunda yoningizda,


Faqat chin do’st turadi.
Dushmanlarning barisi,
Kulib,tashlab ketadi.

Haqiqiy do’st bilsangiz,


Juda sodiq bo’ladi.

Bolalik baxtimni topishga

Men ketayin bog’-u rog’larga,


O’sha gulzor keng dalalarga.
Izlayin tog’larda yo’qotgan,
Bolalik baxtimni topishga.

Har safar o’ylasam o’ylarim bedor,


Bolalik baxtimni topayin bir bor.
Eslasam ko’zimda yoshlar shashqator,
Bolaligim izlab qolmadi mador.

Yulduz, bo’lib porlagim kelardi har on,


Bolaligim kechagidek yodimda hamon.
Bolalik seni sog’indim yomon,
Bolalikka qaytaman siz bo’lmang hayron.

Orzular jo’sh urardi jajji qalbimda,


Qanotlarim bor edi parvoz qilardim.
Bolaligim yo’qotdim shu osmonlarda,
Uni qayta topsam ko’p quvonardim.





Onalar

Barchamizning uyimizda ,


Jannat bor bilasizlar-a.
Bu jannatning nomi-ona,
Aziz, mehribon, yagona.

Onamiz asli farishta,


Uyimizda toza sarishta.
Suyanchig’imizdir har ishda,
Buyukdir, mo’tabar ona.

Qancha bermang unga ta’rif,


Til ham ojizlik qiladi,
Hatto so’z topilmas shu on,
Go’zal so’z yetmay qoladi.

Doim sog’ bo’ling onalar,


Uyimizdagi dur-gavharlar.
Jannat der sizni farzandlar,
Har vaqt hurmatda bo’linglar!


Download 45.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling