Bolalik paytlari bir saroy ekan Saroy eshiklari dur-gavhar ekan


Oqibatni yo'qotmaylik azizlarim


Download 45.53 Kb.
bet3/9
Sana22.02.2023
Hajmi45.53 Kb.
#1219914
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kitob

Oqibatni yo'qotmaylik azizlarim

Bir davrada o'tirib kulishganlarim,


Goho arazlab goh,yarashganlarim.
Qalbimdan joy olgan qadrdonlarim,
Oqibatni yo'qotmaylik aziz do'stlarim!

Unut bo'lib ketmasin bu kunlarimiz,


Sho'xligimiz,quvonchimiz,bolaligimiz,
Abadiy bo'lsin endi,bu do'stligimiz,
Oqibatni yo'qotmaylik aziz do'stlarim!

Qalbim sinib,daryo bo'lsa ko'z yoshlarim,


Dalda berib yonimda,turganlarim.
Yuragim tubidan ,joy olganlarim,
Oqibatni yo'qotmaylik aziz do'stlarim!

Do'stlik bu nimadir,misli bir ummon,


To'lqinlari hech,to'xtamas hamon.
Bir-biriga bog'lanib bo'lgan qadrdon,
Oqibatni yo'qotmaylik aziz do'stlarim!



Yoz oʻtmoqda soz

Yoz faslini barchadek,


Men ham yaxshi ko'raman.
Yaxshi ko'raman-u lek,
Maktabim sog'inaman.

Yozgi ta'til uzun-da,


Yuraklarni g'ashlaydi.
Maktabga oz qolganda,
Qalbimiz ham yashnaydi.

Kitoblar olamiga,


Sayohatga kiramiz.
Ilmimiz ko'paytirib,
Oldinga intilamiz.

Qolganlarni bilmadim,


Men maktabni sog'indim.
Ming afsuslar aytaman,
Lekin uni tark etdim.

To'qqiz yil bir fursatda,
O'tibdi-yu ketibdi.
Diydor juda shirin-da,
Qadr ham bilinibdi.

Ustozlarim, do'stlarim,


Kitoblarim, maktabim,
Xayr deyish osonmas
Unutilmas onlarim.

O'tar oylar, o'tsa ham yillar,


Unut bo'lmas aslo bu damlar.
Ustozlarim, aziz do'stlarim
Unutmasman asli chin so'zim!





Boringizga shukur ustozlar

Ilm nurin dunyoga keng taratgan,


Qancha-qancha olimlarni yaratgan,
Hatto odob axloqni ham oʻrgatgan,
Boringizga shukr aziz Ustozlar!

Bilim eshigin ochib,yoʻl boshlagan kim?


Yetuk inson boʻlsin deb,jon kuydirgan kim?
Baralla aytaman budir muallim,
Boringizga shukur aziz Ustozlar!

Ilmingizni Alloh ziyoda qilsin,


Qaddi baland,qadri baland ustozlarim,
Oʻquvchilar oʻqishlarga, grantga kirsin,
Boringizga shukur aziz Ustozlarim!


Download 45.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling