Xudoyormamatov
Download 13.34 Kb.
|
777(1)
Tarixning bisoti –– xalqning zakosidan hosil bo‘lgan mahzan aslida. Ma’dani yadun –– ma’naviy boylik, deb ham ataymiz uni. Millatning intellektual salohiyati ana shu bisotning salmog‘i bilan belgilanadi. Zero, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” degan purma’no so‘zlar zamirida ham shu hikmat zohir. Xalqimiz chin ma’noda ulug‘vor o‘tmish sohibi. Dunyoga dong taratgan bunyodkorlik namunalari, shon taratgan o‘g‘lonlariga ega. Zero, ota-bobolarimiz yaratgan barcha o‘lmas qadriyatlar – bebaho merosimiz ulug‘ ishlarga qodir xalqning davomchilari ekanimizdan shahodat berib turibdi. XudoyorMAMATOV, Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor. Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan, inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta’minlovchi huquqiy maydon – umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ularning asosiga qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik, jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi odilona prinsiplar qo‘yilgan.
Sud-huquq tizimini takomillashtirish va liberallashtirishning dolzarbligi bir qator omillar bilan izohlanadi. Ular asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan asoslab berilgan. Xususan, 2017 yil 13 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev – adolat xalqimiz uchun azal-azaldan tinch va farovon hayot mezoni, barcha ezguliklar manbai bo‘lib kelgani, Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Kuch – adolatda” degan hikmatga amal qilib, davlat boshqaruvini tashkil qilish, el-yurtning tinchligi va obodligini ta’minlashga erishganini qayd etib, bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash eng muhim vazifa bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. “Bu borada davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i bo‘lgan sud tizimining o‘rni va ahamiyati g‘oyat katta. Bu haqiqatni biz bugungi kunda, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida tobora chuqur his etmoqdamiz", dedi Prezidentimiz. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning muhim vositasi bo‘lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga qayd etilgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev bu borada hali o‘z yechimini topmagan kamchilik va muammolarni atroflicha tahlil qilib, muhim amaliy xulosalar chiqarishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmas vazifalarni belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Harakatlar strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan Konstitutsiyamizning yettita moddasiga sud-huquq sohasidagi islohotlar bilan bog‘liq prinsipial o‘zgartishlar kiritilgani, sudyalikka nomzodlarni tanlash va lavozimga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining yangi organi – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etilgani,O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan holat – sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga qaytarish amaliyotiga chek qo‘yilgani tizim rivoji yo‘lida muhim qadam bo‘lib, bu yo‘nalishdagi islohotlar izchil davom ettirilayotganining yaqqol isbotidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, istiqlolning dastlabki yillaridanoq adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida tashlangan katta qadamlardan biri, bu – huquqiy-demokratik jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimizda hokimiyatlar bo‘linishi va mustaqil sud hokimiyatining vujudga kelishi bo‘ldi. Bu bosh Qomusimizning 106-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”degan huquqiy normada o‘z aksini topdi. Davlat o‘z vakolatini davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari bilan bo‘lishar ekan, bundan, uning kuchi qirqilib, hokimiyat sifatidagi ta’sir quvvati zaiflashib qoladi degan xayolga bormaslik kerak. Chunki, kuchli davlatning qudrati– fuqarolarining unga nisbatan xayrixohligi, davlatning o‘z xalqiga qanchalik erkinlik va imkoniyatlar yaratib berganligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 400ga yaqin sud mavjud bo‘lib, bu sudlarda qariyb 1400 nafar sudya faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatimizda nafaqat qonunchilik sohasida, balki qonunlarni amaliyotda qo‘llash, jazo tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Sud-huquq tizimini isloh qilish bilan bog‘liq amalda joriy etilayotgan chora-tadbirlar, xususan, sudlar to‘g‘risida, prokuratura to‘g‘risida, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida, sudlarni jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilishi munosabati bilan qator kodekslar va qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi odil sudlov darajasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarib,ishlarni ko‘rib chiqish muddatlarini anchayin qisqartirish imkonini ta’minladi.
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 400ga yaqin sud mavjud bo‘lib, bu sudlarda qariyb 1400 nafar sudya faoliyat yuritib kelmoqda. Islohotlar, pirovardida sudlar vositasida jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rish asnosida, bu jarayonning istisnosiz barcha bosqichlarida har ikkala tomonning tengligi va o‘zaro bellasha olishi uchun imkon yaratib berish, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazolarni sezilarli tarzda yengillatish holatlarini amalda ta’minladi. Sud-huquq tizimidagi bu kabi o‘zgarishlar ko‘pchilik tomonidan qizg‘in ma’qullangani bejiz emas, chunki xalqimiz sho‘rolar tuzumi davrida, hattoki mustaqillikning dastlabki yillarida ham bu kabi nohaqliklardan juda ko‘p marta jabr chekkan, zada bo‘lgan edi. “Paxta ishi” bilan qatag‘on qilingan ming-minglab yurtdoshlarimizning mol-mulki musodara qilinib, oila a’zolari nochor ahvolga tushib qolgan kunlarni eslashning o‘zi kifoya – ortiqcha izohga hojat yo‘q. Endi kimningdir jinoyati hisobiga uning oila a’zolari, bolalarining rizqi kesilmaydi. Bugun sud-huquq tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar, faqat so‘zdangina iborat bo‘lib qolmasligi, balki amaliy qiyofa kasb etishi uchun islohotlar jarayoni sobitqadamlik bilan davom ettirilmoqda. Tabiiy bir savol tug‘iladi: mavjud tizimni yangilash, uni modernizatsiya qilish uchun qanday zarurat bor edi? Erkin fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “xalq davlat idoralariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi lozimligidan iborat”. Islohotlar jarayonida sudlarning mavqeini ilg‘or mamlakatlardagi odil sudlov idoralari bilan tenglashtirish maqsadida, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga amal qilish yo‘lidan borilayotgani ham sudlarning xalqqa tobora yaqinlashayotganidan, jamiyatning ma’nan sog‘lomlashib borayotganidan darak beradi. Bugun sud-huquq tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar, faqat so‘zdangina iborat bo‘lib qolmasligi, balki amaliy qiyofa kasb etishi uchun islohotlar jarayoni sobitqadamlik bilan davom ettirilmoqda. Tabiiy bir savol tug‘iladi: mavjud tizimni yangilash, uni modernizatsiya qilish uchun qanday zarurat bor edi? Javob axtarib uzoq ketishning hojati yo‘q, uni yaqin o‘tmishimizdan topamiz. Ma’lumki, sobiq totalitar tuzum sharoitida sud hukmron partiyaning to‘qmog‘i vazifasini o‘tardi. Xuddi ertakdagidek, unga xo‘jayin tomonidan “ur to‘qmoq” deb topshiriq berilsa bas, aybdormi, aybsizmi barchani birvarakayiga savalardi. Shuning oqibatida sud odamlarning ko‘z o‘ngida jazolovchi, qoralovchi, ozodlikdan mahrum etuvchi organ sifatida gavdalandi. Fuqarolar sudning odilligiga, uning haqiqat yoki adolat posboni ekaniga ishonmay qo‘yishdi. Shuning uchun ham, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining tub mohiyati – sudlarni tom ma’noda xalqning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini chinakam himoya qiladigan organga aylantirishdan iborat bo‘ldi. Sud, tom ma’noda xalqning suyanchig‘iga aylanmog‘i darkor. Uning oldida turgan endigi vazifa, sud hokimiyati, sud organlari o‘z mustaqilligini mustahkamlab, hammaga ham bir ko‘z bilan qarashi – bu oddiy fuqaromi yoki mansabdor va amaldormi – har qanday holatda ham qonun ustuvorligini ta’minlashi darkor.
Darhaqiqat, 13 iyun kuni Toshkentda boshlangan “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sudlov tizimi: zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchisi, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining sudyasi Yuriy Ivanenko o‘z ma’ruzasida Buyuk bobokalonimiz, atoqli shoir Alisher Navoiyning sudya (qozi) shaxsiga nisbatan bildirgan quyidagi so‘zlariga alohida e’tibor qaratib: “Sudyaning yuragi ma’nan toza, uning tafakkuri esa aniq bilimlarga tayanishi kerak. Uning yuragi shaxsiy manfaatlardan xoli, o‘zidan ikkiyuzlamachilikni soqit qilgan bo‘lishi lozim. U har bir insonni odil tarzda sud qilish lozim”. Mening fikrimga ko‘ra, shoirning fikrlari odil sudlovning zamonaviy standartlarini o‘zida aks ettirgan”, deydi Rossiya Oliy sudi sudyasi. Bir narsani tan olishimiz kerak: sudlarning mustaqilligi, fuqarolarning ularga nisbatan ishonchining ortishi, jamiyatimizda keng kuzatila boshlandi. Sotsiologik tadqiqotlar, o‘z muammolariga yechim topish uchun, arzlarini ikki enlik qog‘ozga tushirib, turli katta-kichik tashkilotlarning qabulxonalarida sarg‘ayib yurguvchilarning soni kamayib, sudlarga murojaat etishlar ko‘paya boshlaganini e’tirof etmoqdalar. Bu esa yurtdoshlarimizning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati yuksalib borayotganidan ham darak beradi. Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, Farmonga asosan quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:
birinchidan, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash; ikkinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish; uchinchidan, yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o‘rgatish; to‘rtinchidan, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish va boshqalar. Basharti, hukmlar elning moli va joniga joriy ekan, bunda to‘g‘rilik va adolat qozi va quzzotning shiori bo‘lishi darkor. Amaliyotda qo‘llanilayotgan bu kabi o‘zgarishlar yuridik soha xodimlari oldiga ham ulkan vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ya boshladi. Kasb malakalarini oshirish, mahorat sirlarini tinmay o‘qib, o‘zlashtirish talabini qo‘ymoqda. Birinchi navbatda ulardan to‘g‘rilik va odillik, so‘ng bilim va tajriba so‘raladi. Inson taqdiriga mas’ul bo‘lgan kasbu kor egalariga doimo shunday talab qo‘yilgan. Xususan, Navoiy hazratlariqozi-yu quzzot zikrida qalam tebratib shunday yozadilar: “Mustaqim xat, har qayonkim, mayl qildi egri bo‘ldi. Soz toridekkim, e’tidoldin tajovvuz qildi, tuzuki buzildi. Ulki hukmi el moli va jonig‘a joriy bo‘lg‘ay, kerakkim, da’bi muqmir shiori bo‘lg‘ay ”. Ya’ni, mustaqim (jimjimdor) yozuv har qayoqqa qiyshanglagani bois harflari egri bo‘ldi.Zero, qonun sozning toridek nozikki, bir pardaga adashish,musiqani izdan chiqaradi. Basharti, hukmlar elning moli va joniga joriy ekan, bunda to‘g‘rilik va adolat qozi va quzzotning shiori bo‘lishi darkor. Shu o‘rinda farang faylasufi Deni Didroning quyidagi fikrlarini ham keltirib o‘tish o‘rinli bo‘ladi: “Ikki turdagi qonunlar mavjud, – deydi u o‘sha zamondagi sudlar haqida fikr yuritib. – Birisi, so‘zsiz adolatli va umumiy ahamiyatga ega. Boshqasi esa odamlarning omiligi yoki zamona zayli tufayli e’tirof etilgan bo‘ladi. Mana shu turdagi ajrimlar sudlar va xalqlar sha’niga dog‘ bo‘lib tushadigan badnomliklarga sabab bo‘ladilar. Endilikda kim sharmanda – Suqrotmi yoki uni nohaq zahar ichishga majbur qilgan sudyami?”
Konstitutsiyaviy-huquqiy sohada davlat tuzilmalari faoliyati natijalarini baholashning yana bir muhim sharti, jamiyatdagi huquqiy ong, yuridik madaniyat darajasidir. Ya’ni sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning natijasi huquqiy ongning mavjud darajasidan kelib chiqqan holda baholanadi. Huquqiy tarbiya bilan bog‘liq faoliyatni, shu jumladan davlat-huquq sohasidagi faoliyatni huquqiy ong – shaxs, guruhlar va jamiyat huquqiy onglariga bo‘linishiga asoslangan holda amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bunda yakka shaxs va guruhlar huquqiy ongi ijtimoiy tusga ega. Jamiyat va guruhlar huquqiy ongi yakka tartibdagi (shaxsiy) huquqiy ongdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Huquqiy voqealikni aks ettirish chuqurligi nuqtai nazaridan huquqiy ong uch darajaga, ya’ni: odatiy (empirik), ilmiy (nazariy) va kasbiy darajalarga bo‘linadi. Konstitutsiyaviy madaniyat darajasini oshirish bo‘yicha ishlar ana shuni hisobga olgan holda o‘tkazilmog‘i lozim. Odatiy ong o‘z-o‘zidan, muayyan turmush sharoitlari, shaxsiy hayotiy tajriba va aholi foydalana oladigan huquqiy ta’lim ta’siri ostida paydo bo‘ladi, nazariy ong esa ancha keng va chuqur huquqiy umumlashtirishlar, huquqiy voqelikni bilish asosida shakllanadi. Avvalo aynan nazariy huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi O‘zbekiston qonun hujjatlari sifatini, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Ilmiy huquqiy ong – huquqiy me’yorlarni ishlab chiqishning bevosita manbai. U yuridik amaliyotni takomillashtirishga xizmat qiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – “...fuqaro, agar uning qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari poymol etilgan taqdirda, har qanday masala bo‘yicha himoya uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmog‘i darkor!” . Huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri, uni barpo etishning majburiy sharti – yuristlar, aholi, mansabdor shaxslar huquqiy madaniyatining yuksak bo‘lishidir. Yuristlarning huquqiy tayyorgarligi, shubhasiz, qonunga itoatkor fuqarolarnikidan yuqori bo‘lishi, o‘z ko‘lami va chuqurligiga ko‘ra farqlanib turishi, bilimlar, huquq prinsiplari va normalarining tartiblilik xususiyati, huquqiy ko‘rsatmalarni qo‘llay olish mahorati bilan ajralib turishi kerak. Bu O‘zbekiston Konstitutsiyasi, umuman konstitutsiyaviy qonun hujjatlari normalarini amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatiga ham taalluqli. Yuristlar uchun qonunga, Konstitutsiyaga ijobiy munosabatda bo‘lish – ishga kasbiy munosabatda bo‘lishning asosidir. Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida o‘z tanlagan taraqqiyot yo‘lidan olg‘a siljimoqda. O‘tgan shu tarixan qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i beqiyos. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida sud islohotlari alohida o‘rin tutadi. U davlatimizdagi uch zabardast hokimiyatning biri sifatida, fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari daxlsizligi, qonun oldida barchaning barobarligi, mamlakat manfaati va el faravonligi yo‘lida qabul qilinayotgan qonunlar va ijroning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash – bir so‘z bilan aytganda jamiyatda qonun va adolat tamoyillarini barqaror tutish kafolatidir. Uning kelajak istiqboli haqida gapirganda shuni yodda tutmoq kerakki, sudning adolatliligi sudyalarning odilligi bilangina belgilanmaydi, balki har bir fuqaroning o‘z haq-huquqini nechog‘lik bilishi – huquqiy madaniyati adolat tarozisining muvozanatini belgilaydi. Yoki buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy“Fozil odamlar shahri“ asarida ta’kidlaganidek: “Bilim va fan, axloq va ma’rifat sohasida yuksak darajaga ko‘tarilgan jamiyatgina ijtimoiy taraqqiyotda samarali natijalarga erisha olishi mumkin”. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, “...ayni paytda qo‘lga kiritilgan natijalar bilan kifoyalanib qolmasdan, soha rivojiga tanqidiy yondashish, hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan muhim va dolzarb vazifalarni samarali hal qilish yo‘llari va mexanizmlari haqida bildirilgan aniq takliflar, amaliy tashabbuslar asosida sud idoralari, sudyalar faoliyatini butunlay yangicha asosda, samarali tashkil etish lozimligiga alohida e’tibor qaratish lozim”. Download 13.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling