Va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar


Download 299.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi299.61 Kb.
#1560457
  1   2   3   4
Bog'liq
3-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN USTIVORLIGI



3-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN USTIVORLIGI 
VA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR 
Reja: 
1. Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.
2. Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar.
3. O’zbekistonda ekologik siyosat.
4. O’zbekistonda diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi.
 
Tayanch iboralar.
 
Oʻtish davri. Ijtimoiy islohotlar. Kuchli ijtimoiy himoya. Urbanizatsiya, Ekoharakat. 
Millatlararo totuvlik. “Sogʻlom avlod uchun”. Yillarning nomlanishi. Kambag‟allikka qarshi 
kurash. Terrorizm. Diniy ekstremizm. Diniy bag‟rikenglik. 
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. 
O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olingan yetakchi 
tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bu har qanday iqtisodiy 
islohotning xalq manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‘minlashga qaratilishini anglatadi.
 
Mustaqillikkacha bo’lgan davrda, sobiq Ittifoqning mustabid siyosati natijasida 80-
yillarning ikkinchi yarmiga kelib, O’zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya 
darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat 
samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy-
siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
 
Ushbu davrda respublika aholisining o’sish sur‘atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga 
nisbatan 3 barobar yuqori bo’lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar 
davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida 
ishsizlik darajasining o’sishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi aholi daromadlarining 
kamayishiga olib keldi. Bularning umumiy oqibati esa aholi farovonligi darajasining tushib 
ketishiga sabab bo’ldi. Statistik ma‘lumotlarga ko’ra, ushbu davrda mamlakat aholisining 45 % 
daromadlari yashash minimumidan past darajada bo’lgan.
 
Bu davrda respublika aholisining ijtimoiy holati, ijtimoiy ta‘minoti va ijtimoiy himoyasi 
masalalari qoniqarsiz holatda bo’lgan. Bunda qishloq aholisining 5 foizigina vodoprovod va 
kanalizatsiya bilan, taxminan 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta‘minlangan 
edi xalos. Uy-joy, sog’liqni saqlash muassasalari, maktablar, bolalar bog’chalari, madaniyat 
obyektlari yetishmas edi.

Download 299.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling