Bolalik paytlari bir saroy ekan Saroy eshiklari dur-gavhar ekan
Download 45.53 Kb.
|
Kitob
Shunchaki kuling
Tabassum qiling Yig'lashga arzimas asli bu hayot Shunchaki kuling Kulgu sizga yagona najot Arzimas gaplarga bermang e'tibor Bu foniy dunyoda ertaga kim bor Oilangiz qadrlang yonida turing Shunchaki kuling, bo'ling beg'ubor Dunyo tashvishlarin o'ylamang hecham O'ylab siqilishga arzimas u ham Shunchaki Ollohga qiling tavakkal Shukr, sabr bo'lsa ishlaringiz hal Kulib savob ulashing mayli barchaga Kimlardadir kulishga hatto sabab yo'q Bizda shuncha sabab bo'lsada nega Tabassum qilmaymiz birdek hammaga Istagim.. Ba'zan uzoqlarga qochgim keladi Dengiz,daryolarga borgim keladi Baland cho'qqilarga chiqgim keladi Osmonga bir parvoz etgim keladi. Ko'nglimga qo'ysam hatto oyga ham Bir uchib aylanib borgim keladi Lekin hozi faqat sabr qilibon U dunyoda jannatga kirgim keladi. Imkonsiz ish bo'lmas albatta Yagona Ollohdan so'raymiz faqat Orzu qilaman yana bir marta Borib qolsaydim men Madinaga. Kabatulloh qoshiga borish istagim Tunlar tahajjudlar bo'lar najotim Barcha uchun ham ezgu niyatim Makkaga boraylik nasib, ilohim. Qiziq ekan… Qalbingizga yaqin inson Yoningizda bo’lmasa Sabr qilsakda har on Oxiri ko’rinmasa. Qiziq ekan-a hayot Har qadamda sinasa Bu qalb istaydi najot Sinovlar tugamasa. Yurak yig’lama faqat Ba’zan sabring yetmasa. Kutilgan kun kelar albat Qalblar taslim bo’lmasa. Vaqtdir oily hukmdor Hali bari oldindadir Sabr qil yana bir bor Tinglaguvchi robbing bor! SOG'INDIM Dardlarimni ichimga, yutmay, Siqildim-da ko'p yurib aytmay, Bugun esga solaman atay Yaqinlarim sizni sog'indim. Diydor shirin bo'lib kettiku, Telefondan ko'ngil to'lmaydi. Ta'riflashga so'zlar yetmaydi Yaqinlarim sizni sog'indim. Eslamasam, eslamaydigan, Hatto ko'nglimni hadya etgan Jondan ortiq ko'rganimsizlar Yaqinlarim sizni sog'indim. Bir kun o'zim turib boraman, Sovg'alarni terib boraman, Duo qiling o'qib olayin Chet ellarga olib boraman.! Download 45.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling