Bolalik paytlari bir saroy ekan Saroy eshiklari dur-gavhar ekan


Download 45.53 Kb.
bet8/9
Sana22.02.2023
Hajmi45.53 Kb.
#1219914
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kitob

Jannatingdan umidvorman

Robbim sendan iltimosim,


Sajdaga qo'yib boshim jim,
Istaydi shu jajji qalbim,
Jannatingdan umidvorman.

Gunohimizni avf etgin,


Savob yo'llar tomon burgin.
Iymonimiz hamroh qilgin,
Jannatingdan umidvorman.

Solih, mo'minlarni uchrat,


Oshiqlaring tomon yo'llat,
Rosulimiz bir bor ko'rsat,
Jannatingdan umidvorman.

Ilmimizni etgin ziyod,


Qur'onni ham olaylik yod.
Nafsimizdan etgin ozod,
Jannatingdan umidvorman.

Kabatulloh tomon chorlat,


Madinaga bir bor yo'llat,
Gunohimiz qil mag'firat
Jannatingdan umidvorman.

Dunyo sig'mas bu qalbimga,


Mahzun, ammo sabrdaman,
Abadiy duolarimda,
Jannatingdan umidvorman!



Jonimiz olma

Dunyo, hoyu havas bir o'tkinchi matoh,


Bilmas ekan odamzod, qoqilmaguncha,
Qoqildik,yiqildik, qildik ko'p gunoh,
Jonimiz olma yo Rab shu holimizcha.

Savob eshigin ochib yo'l boshla bizga,


Shaytonning makridan panoh so'raymiz.
Iymonni singdirgin tub qalbimizga,
Jannatiy bo'lmaguncha, olma jonimiz.

Hech qachon kech bo'lmagay asli,


Tavba qil, ko'zing och, ey odam zoti,
Kechirimli aslida olamlar Robbi,
Sajda qil ko'rarsan keng marhamati.

Bo'lmoq nasib etdi bizga, Rasul ummati,


Bilsaydik bu ulug' nomning qiymati,
Bo'laylik Allohning sevimli quli,
Marhamati uning go'zal jannati.

Ayol ojiz emas...

Biz kimmiz? Nazdingizda bir oddiy ayol,


Bilsangiz aslida go'zal,pokiza,
Ojiz deb aslo surmangiz xayol,
Ayol ojiz emas,Ayol mo'jiza.

Ilm olsa buyuk ham daho,


Dunyo olimlarin onasi ayol.
Sinovlarga yengilmas aslo,
Ayol ojiz emas, mo'jiza Ayol.

Oyoqlari ostida jannat dedilar,


Sabr va matonat timsoli ayol.
Savob amallarni jamlab qo'ydilar,
Ayol ojiz emas mo'jiza Ayol.

Qahrmas mehrga loyiq zot asli,


Baland imoratga aylangan sabri.
Dard ila to'lsada aytmagan qalbi,
Ayol ojiz emas mo'jiza Ayol!




Download 45.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling