1. Iffatning qanday darajalari bor va qalb iffati nima?


Download 19.19 Kb.
Sana21.03.2023
Hajmi19.19 Kb.
#1285728
Bog'liq
Tanlov kitobxonlik


Kirish:
Muhabbat uchun ayriliq lozim edi. Qalbning tilga ko`chishi, kalomga o`tishi uchun sevganlariningdan ajralish kerak, kalo. Visol uchun hijron darkor, ayriliq vaqtida vasl zamonini tushundim, bolam ko`zlarimga qarab qalbimga boqdi, ona yuragi nima deydi degandek edi.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh, davramizning lobar, yuzlari quyosh nurlaridek porlab turgan, gulgun yuzlaridan tabassum arimagan betakror gulg`unchalari, aziz ustozlarimiz!
Savollar
1. 1.Iffatning qanday darajalari bor va qalb iffati nima?
Javob:tilning, ko`zning quloqning, oyoqning barcha a’zolarning iffati bor, shu tuyg`ularimizdagi iffat kamol topsagina qalbning iffati paydo bo`ladi, Qalb- Allohning mahramidir
2.Maryam ismining ma’nosi nima?
Javob:Ko`p ibodat qiluvchi, Allohga abadiy qullik qiluvchi
3.Tuyg`ularning basmalasi, tuproqni olmos qilgan jilo, inson amalining kimyosi, amalning javhari nima?
Javob; Niyat
4.Imronning taqdiri qaysi payg`ambarning qismatiga o`xshatilgan?
Javob: Ibrohim
5. Xanna qaysi payg`ambarlar nasabidan ?
Javob: Sulaymon, Dovud
6. Xanna onamiz nima uchun qiz farzand dunyoga keltirsa ham Maryam ismini o`zgartirmadi?
Javob: chunki Allohdan farzand so`rab duo qilgamda Maryam ismini qo`yishini aytgan va Baytul Maqdusga baxshida qilganligi uchun ya’ni Maryam o`g`il bolaning ismi bo`lsa ham o`zgartirmadi.
7.Maryam onamiz kimning Nabirasi edi?
Javob: Masun
8. Tug`ilgan bola borki tug`ilayotgan payti shayton unga tegadi va shayton unga tekkani uchun qichqirib ovoz chiqaradi, savol faqat kimlar bundan mustasno
Javob; Maryam va uning o`g`li
9.Har doim “Yo Moni’!” deyman. Qalbimda O`zidan tashqari hamma narsaga to`siq qo`yaman. Nomahramning kirishiga mone’ bo`laman.Qalbimda Asmoul husna saroyi bo`lishini istayman. Diqqat savol Asmoul husna nima?
Javob; Allohning 99 ismi
10.Nima uchun Baytul Maqdusdagi ulug`lar Maryamni o`z kafillariga olishmoqchi bo`lishdi?
Javob: Chunki Yaxudiylar qirol bo`luvchi Masih payg`ambarning kelishi yaqin va u bokira ayoldan tug`ilishi aytilgan edi.
11. Maryam onamizning kafillikka olmoqchi bo`lgan Baytul Maqdus a’zolari o`rtasida 2-marta o`tkazilgan qur’aning sharti nima edi?
Javob: Qalam tanlash va suvga tashlash cho`kmagan qalam egasi kafil bo`ladi
12. Jannatning har martabasi bir buyukning martabasi edi, kishi u buyuklarning ruhiy dunyosiga tuyģu eshiklarini ochsagina yetisha olardi, Diqqat savol mana shu eshiklarning 3-eshigi qaysi payg`ambar nomi bilan ataladi va u qanday his bilan ifodalanadi
Ayyub payģambar, Sabr
13.Inson ochishi kerak bo`lgan qalb eshiklaridan birinchisi nima va uning ma`nosi?
Javob: Tavhid ma’nosi – shirkining har qaysi turini o`zidan yiroq tutmoqdir
14. Farishtalar Maryamga malaklar ila so`zlashgan ma`nosidagi qanday ismni berishadi?
Javob: Muhaddasa
15. Ayol kishi erkak kishi bilan gaplashganda 4 ta narsaga e'tibor berishi kerak. Savol bular nimalar?
Javob: Beparvo gaplashmasligi,
sòzni qisqa qilishi, kulmasligi va samimiyat qurmasligi
16.Payg`ambarlar ustozi kim edi?
Javob: Jabroil
17.Hazrati Luqmonning o`g`li otasiga savol beribdi.
-ey otajon, odob, nasab, mol va ilmdan qaysi biri ustunroq?- deb so`rabdi.
Hazrati Luqmon o`g`liga shunday debdi:
-odob nasabdan, ilm moldan xayrlidir.
-eng yaxshi histla qaysi?
-dindor bo`lish
-bu hislat 2 ta bo`lsachi?
-dindorlik va mol sohibi bo`lish
.
.
-beshta bo`lsachi ?
- ………
Diqqat savol ! 5 ta eng yaxshi hislatni yozing.

Javob: Dindorlik,mol, hayo, go`zal axloq va jo`mardlik


18..... tur! Ona va bolani Misrga olib bor! .... bolani o'ldirish uchun qidirib yuribdi." degan nidodan uyg‘onganida oldida ..... ko‘ribdi

Diqqat savol nuqtalar o‘rniga tegishli ismlarni topib yozing

Javob: 1) Yusuf
2) Xerot
3) Zakariyo payg'ambarim

19. Endi opamni Maryamda kòraman. Maryam o`ksiz edi.


O`k ... degani
O`k... degani
O`k ...degani
O`k ... degani
Robbidan ayrilgan kishi eng achinarli òksiz edi.
Savol nuqtalar òrnidagi sòzni toping!

Javob: Ona, boģlovchi, yurak, aql


20. Bu joy Muso payg'ambar Alloh ila roz aytishgan makon edi. Markabdan tushdim. Oyog‘imdagilarni yechdim. Muso payg'ambarim ham bu yerda choriqlarini chiqargandi. Robbning huzurida avvalo poyabzal yechilardi.

Diqqat savol Maryam onamiz qayerga yetib kelganda Muso payg'ambar kabi oyoq kiyimlarini yech edilar



Javob: Turi Sino 138 bet
Maryam onamizga kafil bo`lmoqchi bo`lganlarning soni nechta edi?
Javob; 29 bazi manbalarda 40
Mantiqiy savol:
Payg`ambarlarning kasbi cho`ponlik bo`lgan. Savol nega aynan cho`ponlik?
“Qaniydi bundan oldin o`lgan va butunlay unutilib ketgan bo`lsam”
Diqqat savol bu jumlalar kimga tegishli
Javob Maryam
Odamlardek yagona bo`lgan meva nomini ayting.
Javob: Xurmo
Alloh xurmoni qanday yaratgan edi?
Javob:Odam Ato xalq qilingan tuproqning cho`kindisidan yaratgan edi.
Farishtalar qo`riqlagan Payg`ambar kim?
Javob:Iso payg`ambar
Iso payg`ambar tug`ilgan Shahar nomini keltiring?
Javon Falastin
Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling