Eslatma: Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Asosiy mavzuga kirishdan oldin, kichik bir eslatmaga e'tibor qaratishingizni xohlab qolar edik. Satrlarda keltirilgan “siz” deya qilingan murojaat va boshqa har qanday mulohaza muallifning o’ziga


Download 234.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.10.2023
Hajmi234.05 Kb.
#1709327
Bog'liq
So\'ngi ziyofat



Eslatma: 
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Asosiy mavzuga kirishdan oldin, kichik bir eslatmaga 
e'tibor qaratishingizni xohlab qolar edik. Satrlarda keltirilgan “siz” deya qilingan murojaat va boshqa har 
qanday mulohaza muallifning o’ziga qaratilgan. Ibrat maqsadida, o’quvchining uni qabul qilishi o’z 
xohishida. 
 
“So'ngi Ziyofat” 
 
 
“Har bir jon o’limni totguvchidir..” (Oli Imron surasi, 185-oyat.) 
Ushbudan faqat musulmon vafot etadi yoxud faqat keksalar tatishadi degan ma’noni anglamaslik kerak. Bu 
yerda “har bir jon” deyilmoqda. Demak, kishi tug’ilganining o’zi unga jon kirganidan dalolat qiladi. O’sha 
odam xoh endigina jon kirgan yosh go’dak bo’lsin, xoh ko’rkam yoxud kasalmand bo’lsin, xoh yoshi bir 
joyga yetib kelgan keksa bo’lsin, shubhasiz, o’sha sharbatni – o’lim sharbatini totadi, albatta vafot etadi. 
Bu “ziyofatning” vaqti esa, kishi bu dunyoga kirishdan oldingi bekat - onaning qornidaligidayoq belgilab 
qo’yilgan bo’ladi.
O’limdan qochib qutilib bo’lmaydi. O’limni eslagan va undan ibrat olgan kishida bu dunyoga muhabbat 
xirsi bo’lmaydi; bu dunyo ahamiyatsiz ekanligini, vafo qilmasligini, poyoni yo’qligini anglab yetadi. Kishi 
o’zidan boy yoki har qanday sohada yuqori kishini o’ylasa, o’shalarning ming chirangani, boylik va mansab 
ortidan quvgani bilan oxir-oqibat so’ngi manziliga yetib, o’lganini va uning o’zi ham bir kunmas, bir kun 
- shu kuyga tushushini biladi. Endi oddiy insonni, gadoni, faqirni ham tenglashtirishingiz mumkin. Ming 
qiynalgan taqdirda ham, pirovardida u ham o’ladi. Natijada esa, qissadan hissani qanday chiqarishni aql 
egalari o’zlari bilishadi. Qolganlarga nishona sifatida aytadigan bo’lsak, ular solih amallar ustida 
sobitqadam bo’lishadi, tiriklik manbai dunyolarini xayrli amallarga to’ldirib, Allohni rozi qilish yo’lida 
bardavom bo’lishadi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, o’lim yosh tanlamaydi, ya’ni o’sha “ziyofatdan” qochishga imkon topa 
olmaysiz. Sizga aytadigan gapim, buni avval ham eshitgandursiz, balkim yo’q, yana qaytarib o’taman: 
oyog’ingiz ostiga nazar solib, fikr qiling. Kimlar yotibdi, qanday yotibdi, e’tibor qarating. Barchalari 
pinhondir, yoz-u qish o’tganidan behabarlar. Oldilariga arjumamdlari-yu, do’stlari keladimi, yo’qmi, Alloh 
bilguvchi. O’shalar ham sizga o’xshagan inson edi. Tiriklik chog’larida yerning ustida edilar, ziyofatdan 
so’ng uning ostiga tushib ketdilar. Ba’zilar solih amallar qilishgan bo’lsa, ba’zilar esa bad amallar – befoyda 
narsalarga kuch va vaqt sarflashgan, umuman, o’zini Allohdan uzoqlashtiradigan har qanday ishlar bilan 
mashg’ul bo’lishgan.
*Misol va eslatma tariqasida aytaman, uzoqqa bormaylik, O’zbekistondagi bo’layotgan voqealarga, aynan 
o’lim statistikasiga e’tibor qarating – qanchadan qancha o’zingiz tengxo’r yigitlar, yoki sizdanda yosh 
yigitlar o’lib ketishyapti. Ibrat olib, xulosa chiqaring. Balkim ularni ham ertangi kunlar uchun tuzib qo’ygan 
rejalari bo’lgandir; balkim taqdirot tufayli erisha olishmadi, lekin sizda vaqt bo’lishi mumkin.


*Shuning uchun, bu dunyoda abadiy yashaydigandek bo’lib emas, balki – bir kunmas, bir kun, o’sha 
muqarrar ziyofat kelgunicha, siz o’zingizni taqvo libosi bilan, kamtarlik toji bilan, hayo ziynati bilan 
o’zingizga zeb berib turing.
Oxiratga nazar soling, e’tiboringiz o’shanda bo’lsin, lekin bu … (davomi ikkinchi qismda.) 
Endi, ushbu munozaramizning ikkinchi qismi chiqqunicha, bu qism siz birodarlarga muhokama bo’lib 
tursin. Keyingi qismda, biz u ziyofatning chuqur fazilatlarini teranroq bayon etishga harakat qilamiz. 
“*” – ushbu belgi bilan kelgan abzaslar (paragraflar) qisqartirilganligi bois, o’z yaxlitini, to’liq shaklini 
keyingi qismlarda uchrashidan darak, degan ma’noda ishlatilgan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Muallif ro’xsatisiz maqolani o’zlashtirish, unga o’zgartirish kiritish qat’iyan taqiqlanadi. Manbaa 
ko’rsatilgan holdagina, ulashish mumkin. 
Muallif: Izzatillo Mirzayev.
Tarmoq: @IzzatilloMirzaev 

Download 234.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling