Mundarija: kirish I. Bob. Ajralish holatlari kelib chiqishi va undan keyingi oqibarlar


Download 50.28 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.28 Kb.
#1593840
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ajrimga oid sud-psixologik ekspertizasida bola shaxsi muammosi tahlillari


MUNDARIJA:
KIRISH
I. BOB. AJRALISH HOLATLARI KELIB CHIQISHI VA UNDAN KEYINGI OQIBARLAR.
1.1. Ajralishga sabab bo’luvchi omillar…
1.2. Ajralish va uning oqibatlari ……
II.BOB. AJRALISH DAVRIDAGI BOLA SHAXSI MUAMMOSINING PSIXOLOGIK TAHLILI.
2.1. Ota-onaning ajralishining bolaning psixologik holatiga ta'siri.......
2.2. Ajralish davrida va undan so’ng bola shaxsida kechadigan psixologik inqiroz davri va uni oldini olish.
XULOSA……………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………..
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: 15 may – ajdodlarimiz qadri va kelajak avlodlarimiz tarbiyasi asosi bo'lgan hamda sinovlar, mashaqqat, yaxshilik, ezgulik va quvonchlarga to'la bo'lgan xalqaro OILA kuni.
Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunda «O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PQ-3808-son qarori hamda 2020 yil 18 fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5938-son Farmoni qabul qilingan. Ushbu ikki muhim hujjatga ko'ra respublikamizda ham «Xalqaro oila kuni»ni nishonlash belgilandi.
Yurtimizda oilani mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyatlarda yuksak e'tiroflarga sazovor bo'layotganligi ham bejiz emas. Qonunchiligimizga nazar solar ekanmiz oilaga katta e'tibor berilganligini, jumladan, uni qanday tashkil qilish, oila a'zolarining huquqlari va burchlari, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga urg'u berib o'tilganligini ko'rishimiz mumkin.
Inson hayoti oiladan boshlanadi. Bu yerda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila – bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida etuk jamiyatni barpo etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o'lchovi sifatida baholanadi. Zotan, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini ta'minlovchi, ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi maskandir.

Download 50.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling