13. 1Qxms-19 talabasi Zaripova Shahnozaning “Paxta xom ashyosini quritish va tozalash texnologiyasi” mavzusidagi taqdimoti
Download 24.05 Kb.
|
paxta xomashyosi
Paxtani quritish yoki quritish uskunalarining ishlash jarayoni, chigitli paxtaning sanoat va seleksion naviga, dastlabki namligiga, namlik olish miqdori hamda uskunalaming ish unumdorligiga bog‘liq. Tozalash sexida quritish jarayoni 11-jadvalga muvofiq tashkil qilinadi. Chigitli paxta iflosliklardan tozalanishiga qarab oddiy (normal) va qiyin tozalanadigan turlariga bo‘linadi. Qiyin tozalanuvchi turi — tola tarkibida nuqsonlarining ko'payishi hamda tolaga chiqindi va iflosliklarning yopishishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, qiyin tozalanadigan paxtaning ayrim seleksiya navlari tolasini ajratayotgan (jinlanayotgan) paytda yuqori namlikka ega bo'lib, keyinchalik bu hoi tolada maydalangan chigit va chigit qobig‘i aralashgan tola miqdorining ko'payishiga olib keladi.
Paxta tozalash zavodlarining tozalash sexlarida chigitli paxtaning oddiy va qiyin tozalanadigan seleksiya navlarini tozalash uchun ЗУХК va УХК parallel o'rnatilgan tozalash agregatlariga ega bo‘lgan majmualaridan foydalaniladi. Bulardan boshqa yirik iflosliklardan tozalash uskunalarini parallel ishlatadigan jamlangan majmualardan ham foydalaniladi. Chigitli paxtani qoziqchali va arrali barabanlarda tozalash soni, chigitli paxtaning sinfi, sanoat hamda seleksion naviga bog'liq hamda tozalashda barabanlar soni 12-jadvalda berilgan qiymatlarga mos bo‘lishi lozim.
Download 24.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling