6 Laboratoriya ishi Chigitli paxtani navlarga ajratishda andoza (etalon) lar bilan tanishish va qo‘lda terilgan chigitli paxtaning navini aniqlash
Download 22.9 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
- Paxtaning sinflar bo‘yicha iflos aralashmalarning vazniy ulushi va namlikning vazniy nisbati
- Nazorat savollari. 1.
6 - Laboratoriya ishi Chigitli paxtani navlarga ajratishda andoza (etalon) lar bilan tanishish va qo‘lda terilgan chigitli paxtaning navini aniqlash. Ishdan maqsad: O‘z RST 615 standartida berilgan tavsifnomasidan foydalanib chigitli paxtani sanoat navlariga ajratishni o‘rganish. Kerakli jihozlar: Maxsus taglik, tola namunalari, texnik tarozi, qisqichlar. Nazariy qism: Chigitli paxtani sanoat navlariga ajratish ikki xil usulda bajariladi, qurilma yordamida va tashqi ko‘rinishiga qarab. Tashqi ko‘rinishiga qarab (organoleptik) aniqlash o‘zi ikkiga bo‘linadi, laboratoriyalarda tayyorlangan etalonlar yordamida va bevosita chigitli paxtaning tashqi ko‘rinishiga qarab. O‘z RST 615 standartda chigitli paxtaning tashqi ko‘rinishi, pishib yetilganlik darajasi va zichligi bo‘yicha beshta sanoat naviga bo‘linadi. Har bir sanoat navi uchun belgilangan namlik va ifloslikning me’yorini bilish zarur. Chigitli paxtani bevosita tashqi ko‘rinishiga qarab sanoat navlarini aniqlash uchun 500 g dan uchta namuna olinadi va chanoq bo‘laklariga ajratiladi. Barcha olingan sonlar jamlanadi. Olingan natijalar yordamida har bir guruxning foiz miqdorlari aniqlanadi. Guruxlar paxta tarkibidagi boshqa sanoat navlariga ta’luqli bo‘lgan bo‘laklarning foiz miqdori quyidagicha bo‘lishi kerak: I-sanoat navi uchun tarkibida I-sanoat naviga tegishli bo‘laklar 90%, II-sanoat navi bo‘laklari kamida 8%, III-sanoat navi bo‘laklari 2%. II-sanoat navi uchun tarkibida II-sanoat naviga tegishli bo‘laklar miqdori 90%,III-sanoat navi bo‘laklari kamida 10% bo‘lishi kerak. Paxtaning sinflar bo‘yicha iflos aralashmalarning vazniy ulushi va namlikning vazniy nisbati 1-jadval
Nazorat savollari. 1. Chigitli paxtaning tashqi ko‘rinishiga qarab sanoat navini aniqlang. 2. Standart necha xil bo‘ladi? Download 22.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling