Kartondan «Olmali daraxt» ko’rgazmali qurolini tayyorlash texnologiyasi
30x44 sm o’lchamdagi karton qog’ozi olinadi.
Karton qog’ozini usti oq qog’oz bilan muqovalanadi.
Kartonning yuqori va pastki qismidan bir-biriga to’g’ri qilib 8 ta teshik belgilanadi va nina yordamida teshib chiqiladi.
Ochilgan teshiklardan nina yordamida qalinroq ip o’tkaziladi va kartoning orqa tomonidan iplar bir-biriga bog’lab qo’yiladi. Ip teshiklardan bemalol harakatlanishi kerak.
Boshqa kartondan olma shakllari qirqib olinadi va shakllarga rangli qog’oz yopishtiriladi.
Qirqib olingan olma shakllari iplarga bittadan elimlab chiqiladi va orqa tomoniga oq qog’ozdan yopishtiriladi.
Olma shakllarini elimlashda ipning tuguni kartonning pastki qismida joylashgan bo’lishi kerak. Olma shakllarini esa kartoning yuqori qismidan elimlanadi.
Kartondan katta savat shakli chizib qirqib olinadi va o’nga ranglar yordamida ishlov beriladi.
Tayyor bo’lgan savatcha asos kartoning pastki qismiga chetlarini elimlab yopishtiriladi. Iplar o’tgan joyi elimlanmaydi.
Iplarni harakatlantirganda olma shakllari yerga va savatchaga tushishi kerak.
Olma shaklining orqa tomoniga ya’ni oq qog’ozlar ustiga har xil misollar, mashqlar va topshiriqlar yozib qo’yish mumkin.
O’quvchi ipni harakatlantirganda olma shakli savatchaga tushdi
O’quvchi shu olma shakli orqasidagi topshiriqni yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |