13-amaliy mashgʻulot. Mavzu: Analizning xromotografik usullariga doir masala va misollar yechish
Download 271.66 Kb. Pdf ko'rish
|
13-amaliy mashg\'ulot
13-amaliy mashgʻulot. Mavzu: Analizning xromotografik usullariga doir masala va misollar yechish. 1-masala. Namuna yuborilgan joydan yutilmaydigan komponent chiqishi orasidagi masofa 2,3 mm, 2-metilfenol chiqish joyigacha 51 mm. 2-metilfenol xromatografik choʻqqisining asosi eni 7 mm. Kolonka uzunligi 3 metr. Nazariy tarelkalar ekvivalent balandligini aniqlang. 2-masala. Xromatogrammada pentan va geksanning tutilish vaqtlari mos ravishda 37 va 54 sekund. Ularning xromatografik choʻqqi yarim balandliklaridagi eni mos ravishda pentan uchun 4,7 s va geksan uchun 6,8 s. Moddalarning bir-biridan ajratish kriteriyasini aniqlang ( R 1 ). 3-masala.Nazariy tarelkalar soni 200 boʻlgan, diagramma lentasining tezligi 720 mm/soat, xromatografik yarim choʻqqi eni 3 mm, gaz oqimining tezligi 30 ml/minut holat uchun komponentning tutilish vaqti va tutilish hajmi qiymatlarini aniqlang. 4-masala. Harakatsiz fazaning massasi 3.829 g boʻlgan kolonkada propanning xromatogrammasi olingan. Gaz oqimining tezligi 60 ml/min, diagramma lentasining tezligi 720 mm/ soat. Kolonka harorati 120 °C, xonaning havo harorati 24 °C (shu haroratda suvning parsial bosimi 23,1 mm. sim. ust.), atmosfera bosimi 762 mm. sim. ust . Namunani yuborishi bilan yutilmaydigan komponent va propannning xromatografik choʻqqilari orasidagi masofa 0.8 va 3.4 mm ni tashkil etadi. Nisbiy tutilish hajm qiymatlarini hisoblab toping. 5-masala. Metanolning xromatografik choʻqqisi asosining eni (µ) 16 mm ni tashkil etadi. Xromatogrammadagi namuna kiritilgandan metanol xromatografik choʻqqisi orasidagi masofa 8 sm. Kolonkaning nazariy tarelkalar sonini aniqlang. 6-masala. Harakatli faza geliyning oqim tezligi 30 ml/minut. Agar ushbu kolonkada geliyning tutilish vaqti 40 sekund va is gazining tutilish vaqti 6 minut boʻlsa, is gazining tutilish hajmi va tuzatilgan tutilish vaqtlarini hisoblab toping. Geliy ushbu kolonkada deyarli yutilmaydi. 7-masala. Aralashma tarkibida metan va is gazi mavjud. Keltirilgan sharoitlarda ushbu moddalarning xromatografik kolonkada tutilish vaqtlari mos ravishda 5,50 va 7,00 minutga teng. Ularning xromatografik choʻqqilarining yarim balandlikdagi enlari mos ravishda 30 va 95 sekund. Ushbu moddalarning ajralish kriteriyasini aniqlang. Xromatografik choʻqqi simmetrik koʻrinishga ega. 8-masala. Etanol xromatografik choʻqqisining asosining eni 20 mm. Etanol uchun kolonkaning nazariy tarelkalar soni 2000 ga teng. Diagramma lentasining tezligi 1200 mm/soat. Etanolning minutlarda tutilish vaqtini hisoblang. 9-masala. Xromatogrammada tutilish vaqti 0,84 minut boʻlgan choʻqqi (yutilmaydigan N komponent) 10,6 minutda chiqqan choʻqqi (B komponent) va 11,08 minutda chiqqan yana bir choʻqqi (G komponent) hosil boʻldi. B va G komponent choʻqqilari asosining eni mos ravishda 0,56 va 0,59 minut. Kolonkaning uzunligi-28,3 sm, turgʻun fazaning hajmi -12,3 ml, harakatli fazaniki esa 17,6 ml. Quyidagi kattaliklarni hisoblang: a) kolonkaning nazariy tarelkalar sonini; b) nazariy tarelkalarning ekvivalent balandligini, B va G komponentlar uchun tutilish koeffitsiyentini; g) B va G komponentlar uchun taqsimlanish koeffitsiyentini; d) B va G komponentlar choʻqqilarining selektivlik koeffitsiyentini. 10-masala. Harakatsiz fazaning hajmi 1,5 ml va yutilmaydigan moddaning tutilish hajmi 2,5 ml boʻlgan xromatografik kolonkada B va G moddalarning taqsimlanish koeffiensiyentlari mos ravishda 5,0 va 15,0 ga teng. Kolonkaning nazariy tarelkalar soni 20 teng. Ushbu sharoitda B va G moddalarning ajralishi mumkin yoki mumkin emasligini hisoblab chiqing. Moddalarni bir-biridan ajratish uchun nazariy tarelkalar qiymatini hisoblang. Download 271.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling