13-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Temirbeton konstruksiyalarni saqlash. Amaliy mashg’ulotning nazariy qismi


Download 21.35 Kb.
bet1/4
Sana21.03.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1285376
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy VIII s


13-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Temirbeton konstruksiyalarni saqlash.

  1. Amaliy mashg’ulotning nazariy qismi:

Temir-beton konstruksiyalar zamonaviy qurilishda keng tarqalishiga avvalambor uning boshqa qurilish materiallariga qaraganda texnikaviy va iqtisodiy afzalliklarining ancha ko‘pligi sabab bo‘ldi. Temir-beton massasi 70-80% gacha qismini mahalliy tosh materiallar (qum, chaqich tosh yoki shag‘al) tashkil qiladi. Po‘lat va yog‘och konstruksiyalarini temir - beton konstruksiyalar bilan almashtirish xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun po‘lat va yog‘och sarfini tejashga imkon beradi. Ayniksa, tayyor usullar bilan korxonalarda va poligonlarda tayyorlanadigan yig‘ma hamda oldindan zo‘riqtirilgan temir - betondan foydalanishda texnikaviy iqtisodiy samaradorlik ancha yuqori bo‘ladi.
Temir-beton yana bir qancha texnikaviy afzalliklarga ega. Avvalambor u beton ichiga joylashtirilgan armatura ishonchli saqlanganligi tufayli juda uzoqqa chidaydi. Betonning mustaxkamligi esa vaqt o‘tishi bilan kamaymaydi, balki ortadi. Bu xil konstruksnyalarning o‘tga chidamliligi yuqori. Amalda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, betonning 1,5-2 sm qalinlikdagi himoya qatlami temirbetonning yong‘in chiqqandagi o‘tga chidamliligini ta’minlash uchun etarli ekan. Ularning o‘tga chidamliligini yanada oshirish shuningdek, issiqqa chidamliligini oshirish maqsadlarida maxsus to‘ldirgichlar (bazalt, diabaz, shamot, domna shlagi va boshqalar) dan foydalaniladi, shuningdek, himoya qatlamini 3-4 sm gacha oshiriladi.
Temir-beton konstruksiyalar boshqa materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarga qaraganda bir butunligi va bikrligi katta bo‘lganligi uchun zilzilabardoshligi juda yuqoridir. Unga istalgan konstruktiv va me’moriy shakllarni berish mumkin. Inshootlarni saqlash va konstruksiyalarga qarab turish bo‘yicha qilinadigan sarflar juda kam.
Temir-beton konstruksiyalarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
1) boshqa konstruksiyalarga nisbatan og‘irligi katta;
2) issiqlik va ovoz o‘tkazuvchanligi nisbatan yuqori, bu esa ba’zi hollarda maxsus izolyasiyalar qilishni talab qiladi;
3) ishlarni bajarish, ayniqsa, qish faslida ish bajarish murakkab, oldindan zuriktirilgan konstruksiyalar tayerlashda malakali kadrlar maxsus jihozlar, bug‘lash anjomlari talab etiladi; armaturaning tug‘ri joylashuvini muntazam ravishda nazorat qilib turish, beton qorishmasining tashkil etuvchilarini tozalashni, va boshqa ishlarni muntazam ravishda nazorat qilib turish talab etiladi;
4) favqulodda cho‘kishdan, texnologik sabablarga ko‘ra temir beton o‘z kuchlanishlaridan, shuningdek, betonning cho‘zilishga qarshiligi juda kamligidan tashqi yuklar ta’siridan darzlar hosil bo‘lishi ehtimoli bor.

Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling