Journal Citation Reports - iqtibos keltirish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan, yuqori sifatli statistik axborotlarga ega bo‘lgan yetakchi jahon ilmiy jurnallani tanqidiy baholashning tizimli va obyektiv vositalarini taqdim etadi. Journal Citation Reports Web foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tadqiqot toifasi va jurnal darajasida tadqiqot ta’sirini baholashga yordam beradi, shuningdek iqtibos keltirilgan jurnal va iqtibos keltirish o‘rtasidagi aloqani ochib beradi. Bu vositadan Science va Social Sciences nashr sonlarida erkin foydalanish mumkin.
Essential Science Indicators - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi nufuzli olimlar, ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va mamlakatlarni, shuningdek ilmiy ish uchun muhim bo‘lgan tadqiqot jihatlarini aniqlash uchun hamma kerakli resurslarga ega. Bu Thomson Scientific ma’lumotlar bazalarining iqtibos keltirishdagi ma’lumotlariga va jurnallardagi nashrlar hisob-kitobiga asoslangan ilmiy ko‘rsatkichlar va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha noyob va mukammal statistik to‘plam hisoblanadi. Bu mukammal tahliliy resurs davlat tashkilotlari, universitetlar, korporatsiyalar, xususiy laboratoriyalar, nashriyotlar va fondlarning rahbarlari, tahlilchi va axborot mutaxassislari, shuningdek, ilmiy OAV a’zolari va ishga qabul qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
ResearcherID nashrlar tarixini namoyish etish uchun interfaol holatda profil yaratishga imkon beradi. Bu resurs foydalanuvchi va uning ilmiy ishini bir-biri bilan bog‘lash orqali mualliflik va chiqarilayotgan ma’lumotlarning aniq yozilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, foydalanuvchi chop etgan nashrni tez topish va uni hammuallif sifatida belgilash uchun yaratilgan.
Web of Science ma’lumotlar bazasining tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
Web of ScienceTMCore Collection Web of ScienceTMCore Collection (1990-yildan hozirgi vaqtgacha)
Ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar, san’at va xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, kollokviumlar, s’ezdlar va amaliy ishlardagi tadqiqot materiallari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish.
«Поиск по пристатейной библиографии» - «Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati bo‘yicha qidiruv» va «Система поиска автора» - «Muallifni izlash tizimi» vositalari yordamida yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirish.
«Отчёт по цитированию» - «Iqtibos keltirish bo‘yicha hisobot» vositasi yordamida iqtibos keltirishlar va yo`nalishlarning o‘zgarish grafigini tuzish.
Yo‘nalishlarni va xususiyatlarni belgilash uchun tahliliy vositalaridan foydalanish.
1900-yilgacha bo‘lgan arxivlardan foydalanish.
Foydalanish uchun to‘plamlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |