13-laboratoriya. Bredford usulida oqsil tahlili
Download 14.08 Kb.
|
Bredford usulida oqsil tahlili
13-laboratoriya. Bredford usulida oqsil tahlili. Kerakli jihozlar. Lyofillangan buqa qon plazmasi gamma globulini yoki buqa qon albumini (BQA), brilliant ko`ki, 0.15 M NaCl, Spektrofotometr, probirkalar, mikropipetkalar. ISHNING BORISHI. (Standart tahlil, 20-150 mg oqsil; 200-1500 mg/ml) BQA ni turli standartlarda yuqorida aytilgan konsentratsiyalar oralig`i-dagi eritmalarini 0.15 M NaCl eritmasi bilan suyultirib(kontrol uchun esa, faqat NaCl eritmasi quyilgan probirka oling) teng tayyorlab, probirkalarga quyib, ularni aralashtiring, uning konsentratsiyalari esa 250-500-750-1500 mg BQA/ml bo`lsin. Hamda, ko`pkina o`lchangan noma`lum namunalarini ham tayyorlab qo`ying. Har biri uchun alohida 100 ml li probirkalar yoki spektrofotometr uchun kyuvetalar oling. Agar “Spec 20”dan foydalansangiz. Har bir probirkaga 5 ml dan brilliant ko`kidan quying va qo`lda yoki sentrifugada aralashtiring. Spektrofotometrni yoqib, 595 nm to`lqinuzunligiga sozlang, konrolga olingan probirkada 0 BQA bolishi kerak. Ya’ni faqat tuz solingan eritma. 5 min. kutib turing so`ngra, spektrofotometrga solib 595 nm to`lqin uzunligidagi har bir namunani va kontrolga olinganini o`qib chiqing. Har bir standart qarshisiga konsentratsiyalarini yozib qo`ying. Ularning cho`kish koeffitsientini hisoblang va noma`lum konsentratsiyali eritmalarni konsentratsiyasini ham aniqlang. Ishning borishi (Mikro tahlil, 1-10 mg oqsil) Standart konsentratsiyali BQA ning 1, 5, 7.5 va 10 mg/ml li eritmalarini tayyorlang. Va yana faqat NaCl qo`shilgan kontrol eritmani ham. Bir qator suyultirilgan BQA bilan NaCl eritmasi namunalarini bir biriga qo`shib, aralashtirib tayyorlang. Faqat kontrolga hech narsa qo`shmang. Har biri uchun 100 ml li mikrosentrifuga ependorflarini oling va ularni quying. 1 ml dan brilliant ko`kidan quying. Spektrofotometrni yoqib, 595 nm to`lqin uzunligiga tayyorlang va 1.5 ml li kyuvetalardan foydalaning. 2 min. kuting va har bir namunani va konrolni (faqat NaCl bo`lgan eritmani) 595 nm li standartga qo`yib, spektrofotometrga soling. Har bir standart qarshisiga konsentratsiyalarini yozib qo`ying. Ularning cho`kish koeffitsientini hisoblang va noma`lum konsentratsiyali eritmalarni konsentratsiyasini ham aniqlang. Download 14.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling