13-laboratoriya ishi
Mavzu:O`simliklarda suv bug`lanishiga kutikula va po`stloqning
ta’sirini aniqlash.
Ishning maqsadi. O`simliklarda sodir bo`lib turadigan suv bug`lanish jarayonida
kutikula va po`stloqning ahamiyatini har xil o`simlik turlarida o`rganib farqlarini
aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1.Kartoshka, 2. Olma, 3. Eksikator, 4.
Laboratoriya pichog`i, 5. konsentrlangan sulfat kislota, 6.. Elektron tarozi.
13-rasm. Laboratoriya elektron tarozi.
Umumiy tushuncha. Ma`lumki ba’zi bir to`qimalarning ustki qatlamlarida
bo`ladigan kutin moddasi va shuningdek o`simliklarning po`stloq qavati himoya
vazifasini bajaribgina qolmasdan balki o`simlik to`qimalaridan suvning kam
bug`lanishga ham yordam beradi.Bu esa o`z navbatida o`simliklar mevasida
suvning uzoq vaqtlar normal holda saqlanib qolishiga olib keladi.Shu sababli ham
meva va sabzavotlar so`limasdan uzoq vaqtlar o`zining normal holatini saqlab
turadi.
Ishning tartibi va topshiriqlar. Bu ishni bajarish uchun og`irlik jihatidan bir-
birlariga yaqin bo`lgan ikkita olma va ikkita kartoshka olinadi mana shu olma va
kartoshkalarning bittasi ustki po`stidan tozalanadi. Po`stdan tozalangan va
tozalanmagan mevalar vazni tarozida tortish bilan aniqlanadi so`ngra esa
tozalangan (archilgan) va archilmagan olmalar bitta petri kosachasiga archilgan va
archilmagan kartoshka esa ikkinchi petri kosachasiga qo`yiladi. Har ikkala petri
kosachalari tagiga CaCl
2
(kalsiy xlorid) yoki konsentrlangan sulfat kislotasi
solingan eksikatorga tushiriladi va uni qopqoq bilan germetik ravishda berkitiladi.
Archilgan, archilmagan olma va kartoshkalarning og`irliklariga bo`layotgan
o`zgarishlarni har kuni ma`lum bir soatlarda yetti kun davomida tarozida tortish
bilan aniqlab boriladi. Jadvalga qayd qilib boriladi.
6-jadval
Meva turlari
Mevalarning
boshlang`ich
og`irliklari
(gr)hisobida
Sutka davomida meva
og`irliklarining o`zgarishi
(g hisobida)
1 2 3 4 5 6 7
7 sutka
davomida
yo`qotilgan
suv
Nazorat savollari.
1. Ichki omillarning transpiratsiya jadalligi ko`rsatkichiga ta’siri?
2. So`lish nima?
3. Kutikulyar transpiratsiya nima?
Vazifa.
1. Olingan natijalar tubandagi jadvalga yozib boriladi
2. Archilgan va Archilmagan meva og`irliklarining o`zgarishini aniqlash.
3. Tajribadan oligan ma`lumotlar asosida tegishli xulosalar chiqariladi.
(g hisobida)
Olma
archilmagan
Olma
archilgan
Kartoshka
Archilmagan
Kartoshka
archilgan