13-ma’ruza: Geografik axborot tizimining zamonaviy rivojlanishi Reja
Download 0.53 Mb.
|
13-ma\'ruza 2
GAT va multimedia vositalari
Multimedia – bu turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan koʻrinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Bu texnologiyani qoʻllagan holda tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperli nklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi. Hozirgi kunda GAT muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda , jumladan karta va planlarning chegarasi yanada mustahkamlanib, sifati ham oshib bormoqda. Lekin foydalanuvchiga ma’lumotni faqatgina ikki oʻlchamli tasvirlar orqali oddiy qilib yetkazib berishning oʻzi kifoya qilmaydi. Hozirda geografik ma’lumotga boʻlgan talab ortmoqda va ma’lumot koʻrinishi turlicha (video, uch oʻlchamli va h.k.) boʻlishini taqozo etmoqda. Bu muammoni GAT va multimedia texnologiyalarini oʻzaro birlashtirish orqali hal qilish mumkin. Multimedia orqali aloqa matn, grafik, animatsiya va video bilan amalga oshirilishi mumkin. Multimedia GAT birlashmasi yakka holda bajarishi mumkin boʻlmagan operatsiyalarni bajarishga qodir. Multimedia GATning geografik va boshqa axborotlarni tasvirlash imkoniyatini kengaytiradi. Bir necha turdagi multimediani ishlatish k oʻpincha axborotni va fikrlarni yanada boyitib va kengroq tushuntirib berishga xizmat qiladi. Multimedia ham, oʻz navbatida, GATdagi fazoviy ma’lumotlar tahlili ma’lumotlaridan foydalanadi. Multimedia va GAT 3 xil usulda birlashtirilishi mumkin: 1. GAT multimediada. 2. Multimedia GAT va internet. 3. GAT yoki veb-GAT. Multimedia va GATning oʻzaro birlashuvi koʻpgina yangi xizmat turlarini keltirib chiqardi. Global navigatsiya tizimi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Mobil GAT Mobil GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali real vaqt oraligʻida geografik ma’lumotlarni olish mumkin. An’anaviy ma’lumot toʻplash jarayonida daladan ma’lumot toʻplash koʻp vaqt talab qiluvchi ish hisoblangan. Bundan tashqari, ma’lumotlar qogʻozda yozilib, keyin qoʻlda qaytadan kompyuter xotirasiga kiritilgan hamda kameral ishlar bajarilgan. Mobil GAT bunday vaqt talab qiladigan ishlarni bartaraf qildi. Mobil GATni tushuntirishdan oldin mobil qurilma toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz. Mobil qurilma bu axborot uzatuvchi qurollar turkumiga mansub boʻlib, ular jumlasiga shaxsiy raqamli yordamchilar, mobil telefonlar, ch oʻntak kompyuterlari kiradi. Koʻpgina mobil qurilmalar hozirgi GPS qabul qilgichlar, GSM karta, raqamli kameralar, MP3 pleyerlar bilan qoʻshimcha jihozlangan. Mobil qurilmalar bir-biridan ekran oʻlchami, rangi, aniqligi, operativ xotirasi va quvvat manbayi bilan farqlanadi. Mobil qurilmalar hozirgi kunga kelib dala ma’lumotlarini ofisda joylashgan serverlarga real vaqt oraligʻida uzatish uchun internet bilan ham bogʻlangan (13.3-rasm). 13.3 - rasm. Mobil qurilma Bunda dala ma’lumotlari simsiz (wireless) internet orqali bir zumda yetkaziladi. Bu tizim Wireless LAN yoki qisqacha WLAN deb ataladi. Bundan tashqari, infraqizil port va blutuz (Bluetooth) orqali ham ma’lumotlar uzatilishi mumkin. Mobil GAT oʻzining afzalliklaridan tashqari noqulayliklarga ham ega va bular jumlasiga, avvalambor, foydalanuvchi doimiy harakatda boʻlib, buning natijasida axborotni olish qiyinlashishi mumkinligini kiritish mumkin . Bu noqulaylik mobil qurilmaning siljishidagi har xil qoʻpol xatoliklar natijasida kelib chiqadi. Vaqt ham, agar foydalanuvchi shoshilsa va tezda qaror chiqarsa , xatolikka olib kelishi mumkin. Yuqoridagi noqulayliklarni hisobga olib , bu muammolarni mobil qurilmani ishlatishning markaziy muammosi deyishimiz mumkin. Yana bir noqulayligi quvvat manbayidir. Dala sharoitida ofis sharoitiga qaraganda quvvat manbayining doimiyligini ta’minlab boʻlmaydi. Masalan, akkumulatorlar quvvati tugab qolishi mumkin. Bu , oʻz navbatida, ishning birmuncha choʻzilishiga olib keladi. Mobil GATning eng muhim yutugʻi, bu shubhasiz, oradagi qogʻoz ishlarining olib tashlanganligidir. Internet va simsiz aloqaning rivojlanishi mobil GAT orqali eng yangi va aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Bunday oʻtkazish simlari albatta tekshiriladi, lekin hozirda uzatishlar avtomatik ravishda amalga oshirilganligi uchun xatoligi boʻlmaydi. Mobil GATning yana bir qulayligi dala ma’lumotlari raqamli koʻrinishda saqlanganligi uchun uni bemalol boshqa tizim yoki qurilmalarga oʻtkazish imkoniyatining mavjudligidir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling