13-ma’ruza kalorimetriya reja: Kalorimetriya


Download 192.5 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1088601
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-маъруза Калориметрия (Lotincha)

Optik analiz usullari. Optik analiz usullari tekshirilayotgan moddaning optik kursatkichlarini o‘lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga ta’sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu o‘zgarishlardan birortasi yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi hakida xulosa chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligi va biologiyaga taalluqli izlanishlarda optik analiz usullaridan biri kolorimetrik analiz keng qo‘llaniladi. Turli ob’ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi. Kalorimetrik analiz o‘ta sezgirligi va analiz o‘tkazish uchun kerakli vaqtning qisqaligi bilan boshka usullardan farq qiladi. Kalorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bulgan komponent rangli birikmaga o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponent mikdori hakida xulosa chiqariladi. Eritmaning rangini solishtirishda fotoelementdan xam foydalanish mumkin, bu usul fotokolorimetrik usul deb ataladi. Hozirgi kunda laboratoriyalarimizda FEK-56M markali fotokolorimetr ishlatilmoqda.
Fotokolormetrlar. Ishlatilishi, texnik ma’lumotlar. KFK,FEK-56M,FEK-56 tipidagi fotoelektrokolorometrlar 315-630 nm oraligida o‘tkazish yoki optik zichligini o‘lchashga va eritmadagi modda konsentratsiyasini fotometrik usullarda aniqlashga mo‘ljallangan. Bu asboblar emulьsiyalar, suspenziyalar va kolloid eritmalarning o‘tuvchi yoruglikni tarqatish intensivligini nisbiy o‘lchash imkonini ham beradi.



Fotokolorimetr KFK-2:
1 - mikroampermetr; 2 - 100%-li o’tkazish uchun asbobni to’g’rilash uchun ushlagich (rukoyatka); 3 - sezgirlik ushlagichi; 4 - taqqoslash eritmasi va tekshirilayotgan eritmali kyuvetalarni joylashtirish uchun ushlagich; 5 – rangli svetofiltrni kiritish uchun ushlagich; 6 - yoritgich.



Vneshniy vid kolorimetra fotoelektricheskogo konsentratsionnogo KFK.
Barcha fotometrik asboblarda nurning 100% dan 5% gacha o‘tkazilishini (A=0-1,3)o‘lchash mumkin. O‘tkazish shkalasining 5 dan 0,1% gacha (A=1,3-3) bo‘lgan qismi taxminiy aniqlashlar uchun xizmat qiladi. YOruglik o‘tkazishni o‘lchashdagi asbobni mutloq xatoligi T=1%dan oshmaydi.
FEK-56M, FEK-56 asboblarda yorug‘lik manbai sifatida cho‘g‘lanish lampasi rN-35(8V,-35Vt)va quvvati 120 Vt li o‘ta yuqori bosimli simob-kvars lampasi DRK-120 dan foydalaniladi, ular 315-630 nm oralig‘ida ishlashga imkon beradi. Barcha asboblar tor palasali yorug‘lik filьtrlari bilan ta’minlangan. KFK, FEK-56 va FEK-56 M turidagi fotokolarmetrlarning umumiy va optik sxemalar keltirilgan.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling