13-ma’ruza kalorimetriya reja: Kalorimetriya


FEK-56M asbobida ishlash tartibi


Download 192.5 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1088601
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-маъруза Калориметрия (Lotincha)

FEK-56M asbobida ishlash tartibi.
1. Asbobda ta’minlash bloki va cho‘glanish lampasi ulanganidan 15-20 minut o‘tgach-asbob barqaror ishlash rejimiga o‘tgandan keyin o‘lchashni boshlash mumkin. Simob lampasi o‘lchash boshlanishidan 10-15 minut oldin zanjirga ulanadi.
2. Simob lampasini zarurat bo‘lmaganida ish xolatida qoldirish yaramaydi, chunki bunda uning xizmat qilish muddati qisqaradi.
3. Eritmaning yoruglik o‘tkazishi yoki optik zichligi o‘lchanadi.O‘lchashda kyuvetaning qopqogi berk bo‘ladi. Avvalo asbobning ; “elektr nolь” xolati o‘rnatiladi.Buning uchun dastani burab parda yordamida yorug‘lik oqimining yo‘li to‘siladi. Tutqich orqali mikroampermetr ko‘rsatkichi “nol-0” holatiga keltiriladi va parda ochiladi. Tutqich vositasida yorug‘lik oqimiga tanlangan yorug‘lik filьtri kiritiladi. Barcha o‘lchashlar elektrosxemaning sezgirligi mikroampermetrning 1-3 bo‘lmasiga teng keladigan holatda olib boriladi; bunda o‘lchov diafragmasi tutqich orqali 1 foiz yorug‘lik o‘tkazishiga moslab ochiladi. Asbobning ko‘rsatilgan sezgirligi tutqichini burib o‘rnatiladi. CHapki yorug‘lik oqimiga o‘lchashning boshidan oxirigacha erituvchili kyuveta o‘rnatiladi. Agar erituvchi rangsiz bo‘lsa, chapdagi fotoelement yorug‘lik oqimining issig‘i ta’sirida isishining oldini olish uchun chap yorug‘lik oqimiga distillangan suvli kyuveta o‘rnatish tavsiya etiladi. O‘ng yorug‘lik oqimiga tekshirayotgan eritmali kyuveta o‘rnatiladi. O‘ng baraban tutqichini burab yorug‘lik o‘tkazish shkalasini 100 bo‘limiga qo‘yiladi. CHap barabanni aylantirib, mikroampermetr ko‘rsatkichi “0” ga keltiriladi. Agar chap baraban yordamida “0”ga qo‘yishning iloji bo‘lmasa, unda o‘ng yorug‘lik oqimiga asbob komplektdagi susaytkich “1” yoki “2”ni o‘rnatish kerak. So‘ngra tutqichni burab o‘ng oqimidagi eritmali kyuveta erituvchili kyuveta bilan almashtiriladi. Bunda mikroampermetrning “0”ga o‘rnatilgan strelkasi siljiydi. O‘ng o‘lchov barabanni aylantirish yo‘li bilan strelka boshlang‘ich “nol” holatga keltiriladi va tekshiriluvchi eritmaning yorug‘lik o‘tkazishi o‘ng baraban shkalasi bo‘yicha hisoblanadi.



Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling