Ma`ruza №2: Korxonada ta’mirlash xizmatini tashkil qilish
Download 360.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish
Ma`ruza №2: Korxonada ta’mirlash xizmatini tashkil qilish Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida uskunalarni montaj qilish – yangi obyektlarni qurish vaqtida, shuningdek, ishlab turganlarini ta’mirlashda va qayta tiklash amalga oshiriladi. Oxirgi ikki holatda montajdan oldin demontaj о‘tkaziladi, uni qoida bо‘yicha teskari ketma-ketlikda olib boriladi. 2.1. Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish. Barcha montaj ishlari texnik hujjatlarga asoslanib olib boriladi. Hujjatlar: birlamchi, ijro qilinuvchi (oraliq) va ishni topshirish hujjatlariga bо‘linadi. Birlamchi hujjatlar. Har qanday yangi qurilish yoki qayta tiklash ishlari avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan loyihaga mos ravishda о‘tkaziladi. Yirik obyektlar maxsus topshiriq bо‘yicha loyihalash tashkilotlari tomonidan loyihalanadi. Ushbu tashkilotlar bu soha obyektlarini loyihalashga ixtisoslashgan bо‘lishi kerak. Ular buyurtmachi-qurilayotgan korxonaga kerakli bо‘lgan barcha loyihalash hujjatlarini beradilar. Mayda qurilish obyektlari korxonaning loyihalash bо‘limlarida loyihalanadi. Buyurtmachi tomonidan berilayotgan loyihalash topshirig‘i asosida loyihalovchi tashkilot obyektning narxi, uning о‘rganilganligi, namunaviy loyihalarning mavjudligi yoki sinalgan yechimlardan kelib chiqib, loyihalashni bir yoki ikki bosqichda amalga oshiradi. Bir bosqichli loyihalashda buyurtmachiga texnik-ishchi deb ataluvchi loyiha beriladi. Yirik obyektlar ikki bosqichda loyihalanadi – texnik loyiha va ishchi chizmalar. Texnik loyiha (birinchi bosqich) barcha masalalarni aniq ishlab chiqish va ularni yechilishini о‘z ichiga oladi. Ishchi chizmalar (ikkinchi bosqich) aniqlangan va tasdiqlangan texnik loyiha asosida tuziladi. Birlamchi hujjatlarga montaj texnologiyasi loyihalari ham kiradi. Download 360.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling