13-ma’ruza magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar


Download 1.38 Mb.
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1101309
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-ma\'ruza. Magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. El

Amper Andre Mari. Buyuk fransuz fizik va matematik olimi. Elektr toki va magnetizm sohasida ulkan kashfiyotlar qilgan va tokning magnitik ta’sirlarini o‘rgangan. Uning sharafiga tok kuchi birligi Amper deb qabul qilingan. Amper o‘z davrining mashhur shaxslaridan bo‘lib, ko‘plab davlatlar akademiyalarining, shu jumladan Peterburg fanlar akademiyasining a’zosi bo‘lgan.



  • Avogadro bilan birgalikda kimyo faniga ham katta hissa qo‘shgan, birinchi bo‘lib telegrafni kashf etgan. Fanga kibernetika terminini ham (1830 yilda) Amper kiritgan edi.

5- rsm. Amper tajribalari


Toklarning magnit maydonlari va ularning ta’sirlashishlari bo‘yicha Amper juda oddiy, lekin katta amaliy ahamiyatga ega tajribalar o‘tkazgan. Bu tajribalar keyinchalik elektr mashinalarini yaratilishiga asos bo‘ldi.




  1. Gisterezis hodisasi.

Moddalar magnitik xususiyatlariga ko‘ra uch xil turga ajratilib qaraladi:

diamagnetiklar-ularda µ < 1, bunday materiallarga masalan qo‘rg‘oshin, rux, azot kiradi, ular deyarli magnitlanmaydi;

paramagnetiklar – ularda µ >1, bunday materiallarga kislorod, nikel kabilar kiradi. Ularni magnitlash qiyin kechadi;

ferromagnetiklar- ularda µ >>1, bunday moddalarga temir, po‘latning maxsus turlari, kobalt kiradi. Ularning magnit singdiruvchanliklari bir necha o‘n ming, hatto yuzlab minggacha boradi, masalan temirning nikelli qotishmasi uchun µ =250 000.Bunday moddalar elektr mashinalarining o‘zak-larini yasashda ishlatiladi.

Moddalarning magnitik xususiyatlarini o‘rganishda shu narsa aniq langanki, agar biror moddani magnitlantirsak undagi qoldiq magnitlanish saqlanib qoladi va shu moddani yana qayta magnitlashda jarayonlar endi butunlay boshqacha kechadi. Bu hodisa magnit gisterezisi deb yuritiladi.

Magnit gisterezisi V-magnit maydoni induksiyasini N-magnit maydoni kuchlanganligiga bog‘liqligi egri chizig‘i bilan xarakterlanadi. Bu bog‘lanish o‘ziga xos xalqani tashkil qiladi.

6-rasm. Magnit gisterezis chizig‘i

Gisterezisning ma’nosi shundaki, agar moddadagi magnit maydon kuchlanganligi ortib borsa, magnit maydoni induksiyasi ham ortadi. Bu bog‘lanish o‘ziga xos egri chiziqdan iborat (1-chiziq). Endi kuchlanganlikni kamaytirib borsak maydon induksiyasi hamma nuqtalarda oldingi qiymatlariga qaraganda kattaroq qiymatlardan o‘tadi (2-chiziq).

Magnit maydon induksiyasining bunday ortib qolishi qoldiq magnitlanish deb aytiladi. Bu hodisa elektrotexnika va elektronikada juda keng amaliy tadbiqlarga ega.

Bugungi kunda magnit maydoni generator, dvigatel va transformatorlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanish jarayonining asosiy mexanizmlarida va elektron qurilmalarda juda keng ishlatilmoqda.

Magnit maydonidan mashina va mexanizmlarda foydalanishning amaliy asoslari quyidagi 4 prinsipga tayanadi31:



  1. Tokli o‘tkazgich atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladi;



  1. G‘altakdagi magnit maydonining o‘zgarishi, shu g‘altakda elektr yurituvchi kuchni (e.yu.k.) induksiyalaydi

(transformatorning ishlash prinsipi);




  1. Tokli o‘tkazgich magnit maydoniga kiritilsa, bu o‘tkazgichga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch paydo bo‘ladi (dvigatellarning ishlash prinsipi);



  1. O‘tkazgich magnit maydonida harakatlanganda unda elektr toki hosil bo‘ladi (generatorlarning ishlash prinsipi).




  1. Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling